Inkasso topshiriqnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi
2. Kechki kassalarning faoliyati; pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi. Hozirgi kunda mijozlar tomonidan bankka topshirilishi lozim bo‘lgan naqd pul tushumi inkassatorlar tomonidan shartnomaga asosan belgilangan vaqtda inkassasiya qilinadi va bankka topshiriladi.
Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablaglari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablag‘lari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim ro’yxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga, ikkinchi nusxasi esa bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro’yxati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi:
inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo’yicha mablag‘lar shu bank mijoziga tegishli bo’lsa:
Debet19903 – «Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar»
Kredit20200 Hisobvarag‘ nomerini mustaqil ko‘rsating
inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo’yicha mablag‘lar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli bo‘lsa:
Debet19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit29804 – “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari”
Bankning qayta sanash kassasida inkassatorlar tomonidan olib kelingan naqd pullar tegishli tartibda qayta sanaladi. Qayta sanash vaqtida naqd pullarning to‘g‘ri, ortiqcha yoki kam ekanligi aniqlanadi. Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tartibda sanab bo‘lgandan keyin, naqd pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida naqd pul mablag‘larining ortiqcha ekanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi:
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 29816 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa, u mijozning hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet29816 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit20200 – (Har bir mulkchilik shakli bo‘yicha).
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari boshqa bank mijoziga tegishli bo‘lsa, shartnomaga asosan 29804 – “Boshqa bank mijoz larining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga orqali boshqa bankka o‘tkazib beriladi.
Qayta sanash kassasida naqd pullar sanalganda kamomad aniqlanishi mumkin. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag‘lari kam chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet19935 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar”
Kredit19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijoz bilan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshirildi.
Debet. Kredit 19935- «Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomad Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar
qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
Pul mablag‘lari bank aylanma kassasidaga lektron to‘lov tizimi yopilgandan keyin kirim qilingan bo‘lsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda o‘kazib beriladi.