Inkasso topshiriqnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi
3. Valyuta ayirboshlash shaxobchalaridani naqd pullarning hisobini yuritish. Pul almashtirish shoxobchalari har kuni ertalab operasiyalarni boshlashdan avval yetarli miqdorda naqd pulga ega bo‘lishlari lozim. Buning uchun bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinadi. Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinganda, madad puli shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi shart.
Bank 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad pulini jo‘natganda, har bir valuta bo‘yicha alohida, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qiladi:
Debet10109 vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”
Kredit10101vvv – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Qabul qilingan madad puli 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriyasi o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet10103vvv – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit10109vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to’lov hujjatlari”
Bankning bosh buxgalteri bank amaliyot kuni oxirida o‘zlarining pul almashtirish shoxobchalarining «09009» ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan “Debet” va “Kredit” aylanmalari umumiy summasiga quyidagilarni amalga oshiradi:
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valuta sotib olish uchun sarflangan naqd pulning umumiy summasiga:
Debet17101000 – “Valuta pozisiyasi hisobvaraqlari”
Kredit10103000 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Pul almashtirish shoxobchasi xorijiy valutani sotishdan tushgan so’mdagi naqd pulning yukxatda ko‘rsatilgan alohida har bir xorijiy valutadagi umumiy summasiga:
Debet10103000 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
Kredit17101000 – “Valuta pozisiyasi hisobvaraqlari”