Turizm yo'nalishi 3-kurs 121-guruh talabasi Alijonov Lochinbekning
“Turizm va Mehmonxona xo'jaligida Buxgalteriya hisobi va audit” fanidan mustaqil ta'lim
Har doim korxonada turli xildagi xo‘jalik operatsiyalari sodir boiadi va korxonaning faoliyati ushbu operatsiyalardan tashkil topadi. Korxona omboriga materiallar kelib tushdi, ular ishlab chiqarishga berildi, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot qabul qilindi, tayyor mahsulot xaridorlarga sotildi va sotilgan mahsulot uchun pul mablag‘I olindi, yana xomashyo materiali sotib olindi, xodimlarga ish haqi to‘landi, olingan foydadan soliq, yig‘im va to‘lovlar to‘landi. Har bir xo‘jalik operatsiyasi mulk tarkibi yoki uning tashkil toppish manbai yoki bir vaqtning o‘zida ham mulkda ham uning tashkil topishida o‘zgarishlarga olib keladi. Barcha xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya balansiga ta’sir ko‘rsatadi va balansda to‘rt tipdagi o‘zgarishga olib keladi.
Aktiv
Summa
Passiv
Summa
Asosiy vositalar
1 200 000
Ustav kapitali
1 250 000
Tovar-m oddiy zaxiralar
600 000
Taqsim lanm agan foyda
450 000
H isob-kitob schyoti
750 000
ToManadigan schyotlar
848 750
K assa
10
Byudjetga qarzlar
1 260
Balans
2 550 010
Balans
2 550 010
Hisobot davrining boshida korxonani qisqartirilgan balansi
1.1 jadval
Ikkinchi tur o‘zgarish. Sodir bo‘lgan muomala balansning passiv qismidagi moddalarga ta’sir ko‘rsatib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir moddaning ko‘payishi va boshqa bir moddaning shu summaga kamayishi tushuniladi. Balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi. Xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning passiv moddalarida o‘zgarish yuz beradi. O‘zgarish natijasi balansning umumiy summasiga ta’sir ko‘rsatmaydi
Misol: taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25 000 ming so‘m ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirildi. Taqsimlanmagan foyda schyoti 25 000 ming so‘mga kamayishi, ustav kapitali schyoti esa 25 000 ming so‘mga ko‘payishi aks ettiriladi. Ikkinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi tur o ‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda va passiv qismida boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi ham shu summaga kamayadi. Xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv va passiv moddalari bir xil summaga kamayadi.
Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 600 000 ming so‘mga kamaydi, passiv qismidagi to‘lanadigan schyotlar ham 600 000ming so‘mga kamaydi.
To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yuqoridagilardan quyidagi xulosalami qilish mumkin: • I va II tipdagi o‘zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon o‘zgartirmaydi. • III va IV tipdagi o‘zgarishlar albatta oldingi balans summasini о zgarishiga olib keladi, jumladan uchinchi tip o‘zgarishlar balans summasini oshishiga, to‘rtinchi tip o‘zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo‘ladi.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari bir vaqtning o‘zida aktivni bir summaga oshirib, passivni esa o‘sha summaga kamaytirishi mumkin emas.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari aktivni bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas.