Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun go‘shai mehrob manga,
Ne fisq qilurg‘a bordur asbob manga,
Ne zohid o‘lurg‘a toqatu tob manga.
* * *
To bo‘lg‘ali dildor o‘shal oy manga,
Holimni bilib, qilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko‘p mustag‘niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!
* * *
Xush ulki, ko‘zum tushti sening ko‘zushta,
Bevosita holimni desam o‘zungga,
Bermay so‘zuma javob achig‘lanasen,
Qilding meni muhtoj chuchuk so‘zungga.
* * *
Asru ko‘p emish jur’atu ximmat sizga,
Ro‘ziy qilg‘ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig‘ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!
* * *
To qildi meni firoq aro yod habib,
Mahjur ko‘ngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar o‘lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!
* * *
Ey qomati sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, — yetkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr qoldi, ne sabot,
Yo kel bu sorig‘a yo meni o‘zungga qot!
* * *
Bu qoziyi fosiqki, yibordim sanga bot,
Sen dog‘i uzatqil botu ham badraqa qot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg‘ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.
* * *
Keldi ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o‘ldi-yu, zikri, may qilurmen payvast.
Ne ro‘zayu ne namoz yillar, oylar;
Tun-kun mayu ma’jun bila devonayu mast.
* * *
Bo‘ldum meni oshuftai hayron mardud,
Qilg‘il madadeki, bo‘ldi imkon nobud.
Dunyo bila uqboda ruju’um sangadur,
Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud!
* * *
Mutribki, unini har kishi go‘sh qilur,
Jon birla ko‘ngulni zoru madhush qilur.
Maqsud nedurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush qilur?
* * *
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur.
G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
* * *
Ko‘zung bori sog‘larni mast etgusidur,
G‘amzang bori mastlarni past etgusidur.
Ko‘p zohidu porsoni Bobur yanglig‘
La’ling xavasi bodaparast etgusidur.
* * *
Ishlar bori ko‘nguldagidek bo‘lg‘usidur!
In’omu vazifa — bori buyrulg‘usidur!
Ul g‘allayu muxmalki, deb erding, berdim,
Muhmalg‘a bo‘yu g‘alladin uy to‘lg‘usidur!
* * *
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur!
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur!
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur!
* * *
Bu telba ko‘ngulki, ishq aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti maqsudidur.
Hijron chekib, ahbobni har kimki ko‘rar,
Xush davlatiyu tolei mas’udidur.
* * *
Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,
G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav’ bitay firoqu g‘urbat sharhin —
Kim, ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
* * *
Jismimda isitma kunda maqkam bo‘ladur,
Ko‘zdin uchadur uyqu chu axsham bo‘ladur.
Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek,
Borgon sori bu ortadur, ul kam bo‘ladur.
* * *
Yo Rab, menda ne yaxshi tole’ bordur —
Kim, baxti muti’yu yori tobe’ bordur.
Ma’zur tut ar vaslingga kechroq yetsam,
Ne chora qilay, ozg‘ina mone’ bordur.
* * *
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko‘z nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu fasldakim, latifu dilkash toladur!
* * *
Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur!
Po‘loddurur ko‘nglushtu bag‘ring toshtur!
Nomamg‘a agar yaxshi javobing yo‘qtur,
So‘kmak bila yod aylasang xam xushtur!
* * *
Hajri aro oromu qarorim yo‘qtur,
Vaslig‘a yetarga ixtiyorim yo‘qtur.
Kimga ochayin rozki, yo‘q maxrami roz,
G‘am kimga deyinki, g‘amgusorim yo‘qtur.
* * *
Ulkim, anga ilm ichra g‘olib yo‘qtur,
Derlarki, beri kelurg‘a rog‘ib yo‘qtur.
Dedimki, bu so‘z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo‘qtur.
* * *
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
* * *
Qayg‘ungni cheka-cheka qoribtur Bobur,
Rahm aylaki, o‘zidin boribtur Bobur.
Noranj yibordi yeengaki, bilgaysen,
Ya’niki, bu nav’ sargoribtur Bobur.
* * *
Bobur, necha bu dahr meni zor aylar,
Sabrimni kamu g‘amimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budur aning rasmikim,
Oyrib kishini azizidin xor aylar.
* * *
Qish bo‘ldi-yu, bo‘ldi borcha tomu tosh qor,
Jam’iyati bor kishiga bordur xush qor.
Bu qishda yomon yo‘lu parishon holim,
Yo Rab, meni yaxshilig‘ sori boshqor!
* * *
Arbobi hasad so‘ziga buttung o‘xshar,
Begonalig‘ atvorini tuttung o‘xshar.
Bir dog‘i sog‘inmading bu fursatta meni,
Men xastani, ey yor, unuttung o‘xshar.
* * *
Vaslingga ko‘ngul qiyossiz tolibtur,
Hajring aro ixtiyorsiz qolibtur.
Mushtoqlig‘im sharhini dey olmasmen,
Diydoringa ishtiyoq ko‘p golibtur.
* * *
Ey bodi sabo, ayla Xurosong‘a guzar,
Mendin degil ul yori parishong‘a xabar.
Necha safar o‘z ko‘nglung uchun qilg‘aysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yong‘a safar.
* * *
Ko‘pdin berikim, yoru diyorim yo‘qtur,
Bir lahzayu bir nafas qarorim yo‘qtur.
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.
* * *
Qish garchi zamoni manqalu otashtur,
Lekin bu shito Hindta ko‘p dilkashtur.
Hangomi nishotu bodai beg‘ashtur,
May bo‘lmasa, ma’jun dog‘i bo‘lsa xushtur.
* * *
Ahbobki, bazmida guliston xastur,
Yo‘q lek alar bazmida bizga dastur.
Gar sizda hzur birla jam’iyat bor,
Yuz shukr, bu jam’ behuzur ermastur.
* * *
Yuz shukr de, Boburki, karimi G‘affor,
Berdi sanga Sindu Hindu mulki bisyor.
Issiklig‘ig‘a gar senga yo‘qtur toqat,
Sovuq yuzini ko‘ray desang, G‘azni bor.
* * *
Ko‘nglumda o‘tu ikki ko‘zumda sudur,
Men xastag‘a rahm qilki, holim budur.
G‘am kunduziyu firoq shomi yanglig‘,
Tun-kun menga ne qaroru ne uyqudur.
* * *
Bu yog‘lig‘kim, «Bog‘i jahon» chog‘liqdur,
Jon rishtasi har rishtasig‘a bog‘liqdur.
Tan tori yuzum oltunidektur sensiz,
Ko‘r ul ikkidin namuna bu yog‘liqdur.
* * *
Jismimda isitma tobidin otashdur,
Jonimg‘a baloyu g‘ussa bebarkashdur.
Ko‘p dard ila g‘amdin manga noxushluq edi,
Sen so‘rg‘ali, ey habib, ko‘nglum xushdur.
* * *
Devonima ne rabtu ne tartibdurur,
Ne jadvalu ne lavhu ne tazhibdurur.
Gar sanga yibordim ani, ayb aylamakim,
Devoningni tilarga taqribdurur.
* * *
Ey qo‘rg‘on eli, qoldimu darmonlaringiz?
Chiqmay, nedurur bu jaxl qilgonlaringiz?
Jondek kishilar ochlig‘idin chun chiqadur,
Siz chiqmasangiz — chiqsa kerak jonlaringiz!
* * *
Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz!
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kuni g‘animat tutungiz!
* * *
Hajring g‘amidin oqibat o‘lgum, qaro ko‘z,
Yuz g‘ussayu andux. ila borgum, qaro ko‘z.
Vasling bila qilmading ilojin, Bobur,
Mushkilki, firoqingda tirilgum, qaro ko‘z.
* * *
Ozor ila necha guftugo‘ qilg‘aysiz?
Ozurda bo‘lurni justujo‘ qilg‘aysiz.
Munchaki, ko‘ngullarga yetishti ozor,
May birla magarki shustusho‘ qilg‘aysiz?
* * *
Hammomki, to maskani jonona emish,
Anda parilar husnig‘a devona emish.
Ul xud paridur, borcha mulozimlari ham,
Alqissaki, hammom parixona emish!
* * *
Husn axlig‘a zoru mubtalo ko‘z ermish,
Jonim bila ko‘nglumga balo ko‘z ermish.
Faxm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra
Ko‘zumni qorortqon qaro ko‘z ermish.
* * *
Qar hazki, xaloyiq andin ayrilmas emish,
Ul haz mazasiyu qadrini bilmas emish.
Ma’junu basitu bo‘zayu luteki,
Bir jur’a chogar durdi ishin qilmas emish.
* * *
Bu xasta ko‘ngul erdi visoling bila xush,
Jonim ham erur sening jamoling bila xush.
Hijron g‘ami garchi asru noxushtur, lek,
Fikring bila shodmen, xayoling bila — xush.
* * *
Chun bordi Xudoy rahmatig‘a ul yosh,
Ne foyda to‘kmak g‘ami hijronida yosh.
Ul yosh g‘ami hijronida ko‘p yosh to‘ktung,
Bir yoshing uchun Xudoy bersun yuz yosh!
* * *
Gar vodiyi xajring aro bo‘ldum noqis,
Ayb aylamakim, xrdisayedur xodis.
Qavmi ajabe chog‘irg‘a qildi targ‘ib,
Amri ajabe xajrg‘a bo‘ldi bois.
* * *
Eykim, bori she’r ahlig‘a sen xon yanglig‘!
She’ring bori she’rlarga sulton yanglig‘!
Mazmuni aning xatti savodiy ichra,
Zulmat arosida obi qayvon yanglig‘!
* * *
Ne yor vafo qilg‘usi oxir, ne harif,
Ne sayfu shito qolg‘usi boqiy, ne harif,
Yuz xayfki, zoe’ o‘tadur umri aziz,
Afsuski, botil boradur umri sharif.
* * *
Andin berikim, qasdim uchun turdi firoq,
Yuz dardu alamni manga yetkurdi firoq,
Meni eshikingdin, netayin, surdi firoq,
Qil chora, yo‘q ersa meni o‘lturdi firoq.
* * *
May tarkini qilg‘ali erurmen g‘amliq,
Bor tiyra ko‘ngulga har zamon darhamliq.
G‘am birla fasurdaliq xalok etti meni,
May birla emish shodlig‘u xurramliq.
* * *
Oludai yuz tuman maosiy bo‘lmoq,
Yuz ranju tuman azob xosi bo‘lmoq.
Ko‘p yaxshi ekin ax,li xiradning qoshida —
Kim, og‘ritibon atoni osiy bo‘lmoq.
* * *
Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo‘q,
Men bormen ilm tolibi — ilm kerak.
* * *
Yuzung bila lablaring erur gul, muldek,
Balkim, yuzung olida erur gul quldek.
Bobur kibi ishqdin dam urmaydur edim,
Ey gul, meni ishqing ayladi bulbuldek.
* * *
Boburni burun mahrami asror etting,
Vaslingg‘a berib yo‘l, o‘zunga yor etting,
Oxir bording, dog‘i oni zor etting,
Hijron alami birla giriftor etting.
* * *
Lutf ettingu ko‘ngul bila jon o‘rgatting,
Vasling bila, ey jonu jahon, o‘rgatting.
Bu qotla yomonroq o‘lsa holim sensiz,
Ayb aylamagaysenki, yomon o‘rgatting.
* * *
Xatting bila ko‘nglakingki, irsol etting,
Qayg‘u bila mehnatimni pomol etting.
Ul xat bila xotirimni xursand aylab,
Bu ko‘nglak ila ko‘ngulni xushhol etting.
* * *
Ko‘z sham’ini yorutqali maxvash kelding,
Sabr uyini kuydurg‘ali otash kelding,
Qilding meni kelganing bila minnatdor,
Rahmat senga, yaxshi keldingu xush kelding!
* * *
Sensiz necha g‘am birla malole ko‘raling,
Hajring necha bo‘lg‘usi, visole ko‘raling.
Hajringda necha xayol ila o‘tkaraling,
Lutf ayla-yu kelgilki, jamole ko‘raling!
* * *
Eykim, yasabon yuzungni xurshid etting,
Furqat alamini jonga jovid etting.
Men seni dedim, sen o‘zgani qilding yod,
Navmid o‘lg‘il, chun meni navmid etting.
* * *
Yotlarni, kerakki, oshno kam qilsang,
Har kimki vafo qilsa, jafo kam qilsang.
Navmid bo‘lur borcha vafodorlaring
Gar shoh nazaring birla vafo kam qilsang.
* * *
Hijron aro yod etib, meni shod etting,
Mahjur ko‘ngulni g‘amdin ozod etting.
Ne lutf edi, dey, huri parizod etting,
Go‘yoki buzuq Ka’bani obod etting!
* * *
Har yerdaki gul bo‘lsa, tikon bo‘lsa, ne tong?!
Har qandaki may durdidan bo‘lsa, ne tong?!
She’rimda agar xazl, agar jid, kechurung,
Yaxshi borida agar yomon bo‘lsa, ne tong?!
* * *
Hijron g‘amidin necha shikoyat qiloling,
Kelgilki, visoldin hikoyat qiloling.
Tengri haqi, bizni deb agar sen kelsang,
Ko‘nglungdagidek lutfu inoyat qiloling.
* * *
Kelgilki, dame o‘lturubon may icholing,
Dunyo g‘amu ranjidin zamone kecholing.
Chun ayshu nishot lashkari saf tuzdi,
Ey mehnatu g‘ussa xayli, sizlar sijoling!
* * *
Ko‘rdung, dog‘i ko‘zushta giriftor etting,
So‘rdung, dog‘i so‘zushta giriftor etting.
Bu tab’u kamoling bila o‘z boshing uchun,
Boshdin meni o‘zungga giriftor etting.
* * *
Ey yor, hazin ko‘nglumni yod aylamading,
Mehringni kam aylading — ziyod aylamading.
Yo menda gunah bordur, unuttung yo sen,
Oyo, ne jihatdururki, yod aylamading?
* * *
Yo qahru g‘azab birla meni tufroq qil!
Yo bahri inoyatingda mustag‘raq qil!
Yo Rab, sengadur yuzum — qaro, gar oq qil,
Har nav’ sening rizong erur, andoq qil!
* * *
Noz uyqusidin biror zamon oyilg‘il!
Guldek kulub, ey g‘unchadaxan, ochilg‘il!
Ko‘nglumni iliklading cholib chang, ey yor,
Changingdadurur ko‘ngul — navozish qilg‘il!
* * *
Doim sog‘inib, ko‘ngulni ol, xush qolg‘il!
Rahmat nazarini menga sol, xush qolg‘il!
Noxush edi buki, men yomon bordim, lek,
Sen lolauzor, yaxshi qol, xush qolg‘il!
* * *
Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil!
Har kim meni bilsa, bu payomimni degil!
Mendin demagil gar unutulton bo‘lsam,
Har kimki meni so‘rsa, salomimni degil!
* * *
Naqqosh, mening holima tadbir etgil,
Bir yog‘lig‘ aro kashida taxrir etgil.
Ul safxada men xayol qilgon yanglig‘,
Ul yorg‘a mushkilimni taqrir qilg‘il.
* * *
To qilg‘ali zikr tab’ nomini ko‘ngul,
Vird ayladi tab’ ahli kalomini ko‘ngul.
To hajr g‘amu mehnati taskin topqay,
Istaydurur ahbob payomini ko‘ngul.
* * *
G‘avtoda may irtikob qilmoq mushkil,
Jong‘a kuch ila azob qilmoq mushkil,
Bo‘lmay dog‘i mast xob qilmoq mushkil,
Ahbobdin ijtinob qilmoq mushkil.
* * *
Ey yor, sening vaslinga yetmak mushkil,
Farxunda hadisingni epshtmak mushkil,
Ishqingni dog‘i bartaraf etmak mushkil,
Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.
* * *
To vodiy hajringda qilibmen manzil,
Suvrat bila garchi ayrumen men bedil.
Vallahki, ey yor, sening yodingdin
Bir lahzayu bir zamon emasmen g‘ofil.
* * *
Jonig‘a yetishti tuzu tog‘ birla ko‘ngul,
Dardini tugatmas isitmog‘ birla ko‘ngul.
G‘urbatda oyoq birla badan yetmasdek,
Yuz shukrki, tinchdur qulog‘ birla ko‘ngul.
* * *
Yakson karaming qoshida mudbiru muqbil,
Oson sening ollingda jami’i mushkil.
Yo lutfu inoyat oncha qilkim, ko‘taray,
Yo qahru g‘azabni toqatim boricha qil.
* * *
Yuz hamd angakim, hamdin aning ahli maqol,
Yuz yil desalar tugatmagi amri mahol.
Vasfida xirad ojiz erur, notiqa — lol,
Ne nav’ sifat qilay oni jalla Jalol.
* * *
A’zoyu javorihingni hozir qilg‘il,
Jon birla ko‘ngul hoziru nozir qilg‘il.
Har lahza bir andishayu bir fikrni qo‘y,
Andishayu fikringni borin bir qilg‘il.
* * *
Ko‘zungdin erur, nazora qil, xastalig‘im,
Qoshingdin erur g‘am bila payvastalig‘im.
Boshimni olib ketgay edim yuz qotla,
Bo‘lmasa edi sochingg‘a dilbastalig‘im.
* * *
Sening bila menki, oshnolig‘ qildim,
Ishqingni hazin jong‘a balolig‘ qildim.
Ko‘rmay-bilmay meni vafosiz debsen,
Men senga ne nav’ bevafolig‘ qildim?
* * *
Ko‘nglum tilagi visol emishtuk, bildim,
Ul vasl dog‘i mahol emishtuk, bildim.
Har qandaki bo‘lsa mehribondur, der edim,
Ul dog‘i g‘alat xayol emishtuk, bildim.
* * *
Zulfig‘a ko‘ngul qo‘yub, parishon bo‘ldum,
Ko‘z oldurubon yuziga, hayron bo‘ldum.
Chin dey senga, Boburoki, oshiqlig‘da,
Har neki qilib edim, pushaymon bo‘ldum.
* * *
Husnung sifatini eshitib zor o‘ldum,
Ko‘rmay seni ishqingg‘a giriftor o‘ldum.
So‘rg‘ilki, g‘aming firoqi behol etti,
Ko‘rgilki, ko‘zung hajrida bemor o‘ldum.
* * *
Hijronda, sabo, yetgi falakka ohim,
Gar ul sori borsang, budurur dilxohim-
Kim, arzi duo niyoz ila qilg‘aysen,
Gar so‘rsa men xastani gulruh mohim.
* * *
Yillar tilab, ishni qobu saxlab turdum,
Yuz jahd bila ishni munga yetkurdum.
Mardona bo‘l, emdi yaxshidur ish kelishi,
Tengriga seni, elni senga topshurdum.
* * *
Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nag‘am,
Majlisda ne huzn qolur erdi, ne g‘am.
To borg‘ali Ruhdam bizing majlisdin,
Majlis eliga ne ruh qoldi-yu ne dam.
* * *
O‘t soldi ko‘ngulga ranju betoblig‘im,
Suv qildi bu xasta jonni beoblig‘im.
Bu ikkalasi agarchi bor muhliku sa’b,
Lek o‘lturadur tongg‘acha bexoblig‘im.
* * *
Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o‘ldum?
Yuz mehnatu anduh bila yor o‘ldum!
Vasling bila bisyor sevindum avval,
Qajring bila oqibat giriftor o‘ldum.
* * *
Yuz nomai ishtiyoq tahrir ettim,
Yuz nav’ bila vaslinga tadbir ettim.
Ma’zur tut, ey quyoshki, tole’ yo‘qidin
Vaslinga yetar mahalda taqsir ettim.
* * *
Yor yog‘lig‘idin ko‘ngulni xursand ettim,
Ruhum qushini tori bila band ettim,
Ko‘nglumni ne nav’ uzay o‘shal yog‘lig‘din,
Jon rishtasini torig‘a payvand ettim.
* * *
Bemehr desa el seni, men butmas edim’,
Hargiz bu sifatni senga yovutmas edim.
Nohaq og‘rib, meni unuttung oxir,
Vallohki, sendin bu tama’ tutmas edim.
* * *
Islom uchun ovorai yoziy bo‘ldum,
Kufforu hunud harbsoziy bo‘ldum.
Jazm aylab edim o‘zni shahid bo‘lmoqqa,
Alminnatulillohki, g‘oziy bo‘ldum.
* * *
Har kunda yuzungni ko‘rmak erur xavasim,
Har kecha soching xayolidur hamnafasim.
Iso damidin ruh berur jismimg‘a,
Sening soridin payom keltursa nasim.
* * *
Qotingda agar gunox. gohe qildim,
Yuz qotla nadomat bila ohe qildim,
Qildim yomonu asru tabohe qildim,
Lutfung bila sen kechur — gunohe qildim.
* * *
Ahbob unutmasa kerak ahdi qadim,
Yetkursa kerak xabar gahi payki nasim.
Bobur, chu umid ila qilur arzi niyoz,
Shoyadki, qabul aylagay tab’i salim.
* * *
Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum,
Har kim bu «Vaqoe’shi o‘qur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g‘amlar ko‘rdum.
* * *
Hammomki, ark ichinda paydo qildim,
Sog‘inmaki, sudin tabarro qildim.
Sud ushbu emasmukim, tadbir bila
Pokiza badanlarni tamosho kildim.
* * *
Yuz shukr qilayki, yona oshiq bo‘ldum,
Olamg‘a bo‘lub fasona, oshiq bo‘ldum.
Yaxshi so‘zunggu vasfi jamoling eshitib,
Ko‘rmay seni goyibona oshiq bo‘ldum.
* * *
Hammomki, qildim ko‘rungizkim, ayyom,
O‘xshatti aning bori ishi manga tamom.
Ko‘z yoshiyu ko‘ngul o‘ti birla mendin
Gulchehralar istabon yuruydur hammom.
* * *
Ul yuzi quyoshki, bordur oydin afzun,
Husn ichra ul oy ollida xurshid zabun.
To bir kun ul oydin navozish topqay,
Ko‘k doira bo‘ldi-yu, jalojil oyu kun.
* * *
Ishqing yo‘lida firoq ila netgaymen?
Bir yo‘l ko‘rsatki, vaslinga yetgaymen!
Vasling manga gar muyassar o‘lmas bo‘lsa,
Boshimni olib bir sorig‘a ketgaymen!
* * *
Vasfingni necha ulusdin eshitgaymen,
Ne nav’ qilib visolinga yetgaymen?
Gar vasl muyassar o‘lmasa netgaymen?
Boshimni olib qay sorig‘a ketgaymen?
* * *
Ul xatki, men anda seni yod etgaymen,
Ko‘z oqida, koshki, savod etgaymen.
Kirpiklardin anga qalam rost qilib,
Ko‘z qorasidin anga midod etgaymen.
* * *
Bir go‘shai bog‘ o‘lsayu sen bo‘lsangu men,
May quysoq ikimiz qadah ichra bir hin.
Ondin so‘ngra ayoq ilikka olibon,
Sen tutsangu men ichsam, men tutsamu sen.
* * *
Beqaydmenu harobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur dersiz,
Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.
* * *
Mehring nedurur — burun chu bor, javr — keyin,
Befoida ishqing g‘amini necha yeyin.
Holimni necha desam, demassen meni yor,
Sen demasang «Ey yor!» meni, men ne deyin?!
* * *
Hajringda ne qon qoldiki, yutmaydurmen?!
Ko‘z yoshini bir lahza qurutmaydurmen.
Diydoringning haqqini, ey yuzi quyosh,
Tengri haqi, bir zarra unutmaydurmen.
* * *
Sen gulsenu men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’lag‘a men kuldurmen.
Nisbat yo‘qtur, deb ijtinob aylamakim,
Shahmen zlga, vale senga quldurmen!
* * *
Xattimni ko‘rub, so‘zumni chun bilgaysen,
Kelmakta bizga yel kibi yelgaysen.
Ixlosingni bilib yibordim qosid,
Rahmat senga, zinhorki, bot kelgaysen!
* * *
Ul bordiki, ishrat orzu qilg‘aysen,
Ishrat tilamaklikta g‘ulu qilg‘aysen.
Chun ayshu farog‘ mumkin ermas zinhor,
Bobur, g‘amu mehnat bila xo‘ qilg‘aysen.
* * *
Ahbobg‘a har xatki, savod etgaysen,
Bizni dog‘i ul bitikda yod etgaysen.
Maqsudki, qosidi agar kelsa bu yon
Bir noma bila ko‘ngulni shod etgaysen.
* * *
Hijronda sog‘inib, meni shod etgaysen,
Men xastani muxlis e’tiqod etgaysen.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Ko‘rgach bu xatimni meni yod etgaysen.
* * *
Necha menga javr muttasil qilg‘aysen?
Mehring yo‘qu necha munfail qilg‘aysen?
Javringni ko‘rub, mehoni ko‘rmay kettim,
Gar ko‘rsamu ko‘rmasam bihil qilg‘aysen.
* * *
Zaxmingni ko‘ngul tilar — ango qilg‘aysen,
Zaxmingni ko‘ngulga bexato qilg‘aysen.
Til iki alif ko‘ksuma, na’l o‘rtadakim,
Ko‘nglum tilarin haqqin ado qilg‘aysen.
* * *
Xush ulki, kelib yonimda o‘lturg‘aysen,
Yo bir nafas ollimda kelib turg‘aysen.
Og‘zingg‘a o‘par so‘zin bitiy olmasmen,
Borgon kishidin og‘iz so‘zin so‘rg‘oysen.
* * *
Davlat bila shodu shodmon bo‘lg‘oysen,
Shavkat bila maighuri jahon bo‘lg‘oysen.
Ko‘nglungdagidek dahr aro kom surub,
Bu dahr borincha Komron bo‘lgoysen.
* * *
Eyki, yorolig‘ jismima marham sensen,
Majruh ko‘ngulg‘a nishtar xam sensen.
Gah shodu gahi g‘amgin esam, ayb etma-
Kim, boisi shodmonlig‘u g‘am sensen.
* * *
Jonimda mening hayoti jonim sensen,
Jismimda mening ruhu ravonim sensen.
Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori azizi,
Alqissaki, umri jovidonim sensen.
* * *
Eykim, manga mujda berding ul jonondin,
Qilding meni ozod g‘ami hijrondin.
Bu mujdani ne nav’ sifat qilg‘aymen,
Go‘yoki, xabar berding o‘lukka jondin.
* * *
Davron meni o‘tkardi saru somondin,
Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin.
Gah boshima toj, gah. baloyi ta’na,
Nelarki, boshimg‘a kelmadi davrondin.
* * *
So‘z so‘rg‘ali la’li nuktadoning topmon,
Yuz surtgali ul ostoning topmon.
Benomu nishonlig‘ istasam, ne tongkim,
Nomingni eshitdimu nishoning topmon.
* * *
Ahbob yig‘inidin necha qolg‘oymen,
O‘zumni netib ul arog‘a solgoymen?!
Borsam dag‘i anda mehmon kasratidin,
Ma’lum emaski, yer topa olg‘oymen.
* * *
El suhbatiniki, orzu qilmishmen,
Ne xushlug‘ ila bu guftugo‘ qilmishmen.
Ishrat bila ayshni ne ish qilg‘oymen,
Menkim, g‘amu mehnat bila xo‘ qilmishmen.
* * *
To tarki manohiyu sharob etmishmen,
Nafsimg‘a Xudoy uchun azob etmishmen.
Tavba eshigi hanuz ochuq erdi,
Bu tavbada bir nima shitob etmishmen.
* * *
May tarkini qilg‘ali parishondurmen,
Bilmon qilur ishimniyu hayrondurmen.
El barcha pushaymon bo‘luru tavba qilur,
Men tavba qilibmenu pushaymondurmen.
* * *
Ishqing meni qildi asru shaydo, netayin?
Olam eliga ayladi rasvo, netayin?
Jonimni fido qilib sanga, andin so‘ng
Dermenki, seni jon etay, ammo netayin?
* * *
Vaslingni tilab necha, sabodin bilayin,
Kelgilki, quyundek boshingga evrulayin.
Gar kelmasang, istasang meni xidmatingga,
Boshimni qadam qilib, qadamg‘a kelayin.
* * *
Ishq ishini boshtin yana bunyod etayin,
Ishqing g‘ami birla xotirim shod etayin.
Debsenki, unutma meni hijron aro, voy,
Seni unutub, ne kishini yod etayin?!
* * *
Yoring sening ilohiy «Taborak» bo‘lsun!
Dushmanlaringga to‘’ma palorak bo‘lsun!
Mulkungda farog‘at bila xonliklar qil,
Mulkung bila xonlig‘ing muborak bo‘lsun!
* * *
Besabrmenu besaru somondurmen,
Bir g‘amzadadurmenu parishondurmen.
Ne dinning ishin qildimu ne dunyoning,
Yo Rab, netay, o‘z ishimga hayrondurmen.
* * *
Ul sho‘xki, bildurdi vafodorlig‘in,
Tark ayladi go‘yoki sitamkorlig‘in.
Lutf ayladi — yorliqqa farmon berdi,
A’do bila yordur, netay yorlig‘in?!
* * *
Sening bila so‘z muqarrar andoq qilayin,
Olamda seni mo‘’tabar andoq qilayin.
Tengri xaqi, bu xidmat agar sen qilsang,
Har nav’ki, ko‘nglung tilar — andoq qilayin.
* * *
Nisyon qalamin necha menga surgaysan,
Vaqt o‘ldiki, xajr nomasin burgaysen.
Budur tilagim — xatimni chun ko‘rgaysen,
Albatta, o‘zungni manga yetkurgaysen!
* * *
Kechrak kelasen, bu xastadin to‘ydungmu?
Dil safhasidin harfi vafo yo‘ydungmu?
Nomusu uyot kerak, uy, ot sahldurur,
Yuz qo‘y uchun ul eshikka yuz qo‘ydungmu?
Har zulftin, ey ko‘ngul, parishon bo‘lma,
Har yuzga ham asru zoru hayron bo‘lma.
Men senga demonki, tarki ishq et, lekin,
Andoq qilkim, so‘ngra pushaymon bo‘lma!
* * *
Muncha meni zor, ey yuzi xurshid, etma,
Furqat alamini menga jovid etma.
Tengridin agar sening umiding bordur,
Tengri uchun, ey oy, meni navmid etma.
* * *
Davlatqa yetib, mehnat elin unutma!
Bu besh kun uchun o‘zungni asru tutma!
Borg‘onni, kel emdi, yod qilmay, ey do‘st,
Borish-kelishingni lutf etib, o‘ksutma!
* * *
Hijron aro yod etib, meni shod ayla,
Mahjur ko‘ngulni g‘amdii ozod ayla.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Ko‘rgan soyi xattimni meni yod ayla!
* * *
Ko‘z ravshan edi sening jamoling birla,
Ko‘ngul xush edi sening visoling birla.
Bas tiyrayu noxush etti hajring bizni,
Emdi qilaling xo‘y xayoling birla.
* * *
Sen anda farog‘u ayshu ishrat birla,
Men munda harob ranju mehnat birla.
Asrarmen o‘zum birla seni naqsh qilib,
Xursand bo‘lurmen ushbu suvrat birla.
* * *
Netgay kishi bu falak nifoqi birla,
Etgay bu falak otu so‘roqi birla.
Gah tirguzadur visol ayyomidin,
Gah o‘lturadur shomi firoqi birla.
* * *
Rafgoriyu qaddig‘a ravonim sadqa,
Bir boqishig‘a ikki jahonim sadqa.
Og‘ziyu beliga budu nobudum sarf,
Ko‘ziyu labig‘a jismu jonim sadqa.
* * *
Bobur mutavajjih o‘lsa Langar sorig‘a,
Qilmas nazari bixishtu kavsar sorig‘a.
Sendin tilagumdur madad, ey shoh G‘iyos,
Har vaqtki, azm aylasam har sorig‘a.
* * *
Azm ayla, sabo, yet guli xandonimg‘a,
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg‘a.
Yetgil dog‘i ishtiyoq ila Boburdin,
Zinhor degil salom tuqqonimg‘a!
* * *
Keldim sanga yuz umid birla, ey moh,
Lekin, bordim yuzungni ko‘rmay, yuz oh,
Hamsuhbatu hamrahni netay bu yo‘lda?
Darding menga hamsuhbatu ishqing hamroh.
* * *
Ne xesh meni xushlaru ne begona,
Ne g‘ayr rizo mendinu ne jonona.
Har nechaki yaxshiliqta qilsam afsun,
Xalq ichra yomonlig‘ bila men afsona.
* * *
Bu dahr aro gar ehtimoli bo‘lsa,
Mendek senga yori louboli bo‘lsa.
Ul yor base noziku yo‘q menda adab,
Mendin, ne ajab, agar maloli bo‘lsa.
* * *
Yor uldurkim, she’rg‘a mayli bo‘lsa,
Netgay kishi she’r g‘ayr xayli bo‘lsa?!
Ag‘yorning ozorini har hol bila
Chekkaymen agar yor tufayli bo‘lsa.
* * *
Dunyo borisi manga musaxhar bo‘lsa,
Uqboda dog‘i Xudoy yovar bo‘lsa.
Budur tilagim ikki jahonda Haqdin,
Har ne tilasam, bori muyassar bo‘lsa!
* * *
Bobur bila Mir ittifoqi bo‘lsa,
Yo‘qtur g‘am agar jahon nifoqi bo‘lsa.
Budur tilagimki, shoh dargohida
Men banda uchun hamisha boqiy bo‘lsa!
Xush ulki, bahor fasli bu dunyoda,
Bo‘lg‘ay tarab asbobi bori omoda.
Gar bo‘lmasa asbob, etoling dangona,
Mendin gazaku taom, sendin — boda.
* * *
Ahbobqa qilsang guzar, ey yel, nogoh,
Ul jam’ni bu so‘zumdin etgil ogoh.
Siz ko‘rgandek eson-salomatturmiz,
Siz dog‘i eson bo‘lg‘osiz, inshoolloh!
* * *
Jon vola erur la’li shakarboringg‘a,
Ko‘nglum ham erur harob ruhsoringg‘a.
Guftoring erur boshdin-ayoq borchasi xo‘b,
Men banda bo‘lay boshtin-ayoq boringg‘a.
* * *
Ey, oy yuzung ollida quyosh sharmanda,
Shirin so‘zu yaxshi xulqungga men banda,
Hijronda necha noma bila so‘zlashaling,
Yo sen beri kel, yo borayin men anda.
* * *
Necha bu falak solg‘usi g‘urbatqa meni,
Har lahza tugongusiz mashaqqatqa meni.
Ne chora qilay, netayki, Tengri go‘yo,
Mehnatni menga yaratti, mehnatqa — meni.
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi,
Yo borcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki muyassar o‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
* * *
Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatta kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi.
* * *
Ovoralig‘ asru xonumondin yaxshi,
Bir go‘sha manga ikki jahondin yaxshi.
Ovora bo‘lurni yaxshi ermas demagil,
Bo‘lsam agar ovora, ne ondin yaxshi?!
* * *
Har so‘zniki dermen sanga, lof o‘lmag‘usi,
Bema’niyu harzayu gazof o‘lmag‘usi.
Ul ishta agar muxolafat aylarsen,
Tengri haqi, bu so‘zda xilof o‘lmag‘usi.
* * *
Ey yor, jafo rasmi chiqormoq ne edi?!
Yo mehr giyohini qo‘pormoq ne edi?
Bir mehr, yana lutf, yana javr nedur?
Bir bordingu kelding, yana bormoq ne edi?
* * *
Gar mehr bila bu charx evrulsa edi,
Jonlardin aning javfi kerak to‘lsa edi.
Bobur kibi jong‘a mehr bog‘lar erdim,
Gar ushbu jahonda mehr, jon bo‘lsa edi.
* * *
Holimg‘a, kerak, habib evrulsa edi,
Ishrat qadahi habibdin to‘lsa edi.
Xush vaqtturur yoz, vale noxushmen,
Xushvaqt bo‘lur edim, chog‘ir bo‘lsa edi.
* * *
Jon ahdi bor, ey nigor, yetmasmu edi?
Ul ahd bila qaror yetmasmu edi?
Emdi dog‘i vasl intizorin berasan,
Muncha mahal intizor yetmasmu edi?
Ishvang bila g‘amzangaiyu nozingnimu dey?
Javrung bila so‘zunggu gudozingnimu dey?
So‘zung, qilig‘ing, navozishingmu aytay?
Ovozu usulingniyu sozingaimu dey?
* * *
Ko‘zum uyi yuzidin musavvar bo‘ldi,
Bu vajh bila ko‘ngul munavvar bo‘ldi.
Yuz shukrki, Bobur kibi oshiqlikda,
Har neki tilab edim — muyassar bo‘ldi.
* * *
Xattingni ko‘rub, ko‘ngulga hayrat bo‘ldi,
She’ring eshitib, jong‘a musarrat bo‘ldi.
Bu necha mahal tag‘oful etting, demagil,
Tole’ yo‘q ediki, muncha g‘aflat bo‘ldi.
* * *
Ey payk, borib sano bila qulluq, de!
Yer o‘p, dog‘i qo‘p, ado bila qulluq, de!
Gar yor meni xastani so‘rsa zinhor,
Mendin yuqunub, duo bila qulluq, de!
* * *
Nomangki, tirikligim nishoni erdi,
Har satri hayoti jovidoni erdi.
Har lafzida oshkor yuz harfi vafo,
Har harfda yuz mehr nihoni erdi.
* * *
Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,
Vaslingg‘a yetishmadim — jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko‘zumning yoshidin
Yo‘l balchiq edi, kecha qarong‘u erdi!
* * *
Hajringda, agarchi jong‘a bedod erdi,
Sensiz manga yuz fig‘onu faryod erdi.
Fikringdin erdi, valek, xursandlig‘im,
Zikring bila bu xasta ko‘ngul shod erdi.
* * *
Xotirg‘a xutur etti bu so‘z yongla, axiy,
Aytay senga, sen quloq solib ongla, axiy.
Umrungni bu kun xush kechir ahbob ilakim,
Topilmagusidur ushbu kun tongla, axiy.
* * *
Eshitsa kishi bu sho‘ru shevan, ne degay?
Doim bu tariyq ichkuni ko‘rgan ne degay?
Dushman so‘ziga kirma, eshit do‘st so‘zin,
Eshitmasa so‘zni do‘st, dushman ne degay?
* * *
Ishqingda ko‘ngul harobdur, men ne qilay?
Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay?
Jismim aro pechutobdur, men ne qilay?
Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay?
* * *
Shoxim, sanga ma’lum emastur, ne qilay?
Ohim sanga ma’lum emastur, ne qilay?
Men yuzu qoshing dermenu sen — badru hilol,
Mohim, sanga ma’lum emastur, ne qilay?
* * *
Boshimni tufayl ul saromadqa qilay,
Jonimni fido o‘shal sihi qadqa qilay.
Bu xasta ko‘ngul bila xamida qadni
Ko‘zi bila zulfig‘a aning sadqa qilay.
* * *
Yetsam sanga, qullug‘umni cho‘q arz qilay,
Sen yetsangu men desamki, yo‘q arz qilay.
Ko‘ptur so‘zumu mahram emas hech kishi,
Ruhsat etsa, tobug‘ungda-o‘q arz qilay.
* * *
Hijron aro necha noma tahrir qilay,
Xoma tili birla hol taqrir qilay.
Xush ulkim, so‘zum sanga desam vositasiz,
Sen andayu men munda — ne tadbir qilay?
* * *
Mening tilagim budurki, to zinda bo‘lay,
Qar qanda esang, banda dog‘i anda bo‘lay.
Ne xulq edi, yona ko‘nglum olding so‘z ila,
Shirin so‘zu yaxshi xulqungga banda bo‘lay!
* * *
Husnungai sening kimki taaqqul qilg‘ay,
Sendin boshqa nechuk tahammul qilg‘ay?
Bu tab’u bu ixtilotkim, sendadurur,
Ne menki, bori olam elin qul qilg‘ay.
* * *
Ash’oringkim, she’r oti to bo‘lg‘ay,
Tab’ ahli anga volayu shaydo bo‘lg‘ay.
Har lafzi duru bahri maoniy anda,
Kim ko‘rdi dureki, anda daryo bo‘lg‘ay.
* * *
Arbobi hasadki, dunyodin dur o‘lg‘ay,
Istar sevaridin kishi mahjur o‘lg‘ay.
Doim ko‘rayin yuzung alo rag‘mi hasud,
Har kim ko‘ra olmasa, ko‘zi ko‘r o‘lg‘ay.
* * *
Nosih so‘zi sanga necha mardud o‘lg‘ay,
Yaxshiyu yamon qoshingda nobud o‘lg‘ay.
Bori emdi maosh, bir nav’ etkim,
Haq roziyu olam eli xushnud o‘lg‘ay.
* * *
Yuz jahd ila yetmay sanga, ey oy, netay?
Hajring alamida necha yig‘loy, netay?
Yo‘q sanga vafoyu rahmu parvoy, netay?
Ey voy, netay? Voy, netay? Voy, netay?
* * *
Men necha jafoyu javrunga sabr etay?
Bir zarra vafoyu mehr yo‘q senda, netay?
Chun boshim ayog‘ingg‘a qo‘yarg‘a yaramas,
Boshimni olib ayoq yetgancha ketay!
* * *
Ahbob, firoqingiz bila el netgay?
Sizlarga kishi ne chora aylab yetgay?
Jam’iyatingizni jam’ tutqay Tengri,
Boburni dog‘i bu jam’da jam’ etgay.
* * *
Qosidki yibording, ayladi shod meni,
Doim bu yo‘sunluq aylagil yod meni.
Ozodingga qul bo‘layki, xatting keturub,
Hajring g‘amidin ayladi ozod meni.
* * *
Har kim desa burno yo agar yongla meni,
O‘zungga musohibu muxib angla meni.
Bu kun meni yod etib, unutma tongla,
Zinhorki, ko‘z tut ushbu kun tongla meni.
* * *
She’ring eshitur fikrini Bobur qildi,
Ne fikri xushu yaxshi tasavvur qildi.
Ko‘zni yoruq ayladi savodi birla,
Mazmuni bila quloqni purdur qildi.
* * *
Hijron g‘amidin zaif jonim so‘ldi,
G‘urbat alami birla ichim qon bo‘ldi.
Yuz shukrki, muncha yilg‘i g‘am birla alam
Rohat bila ishratqa mubaddal o‘ldi.
* * *
Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki, ayladim — xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Qind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi?!
* * *
Husnungki sening shuhrai skroq o‘ldi,
Jon birla ko‘ngul vaslingga mushtoq o‘ldi.
Hajring aro intizor haddin oshti,
Kel yo meni ista — toqatim toq o‘ldi.
* * *
Idrokinggu tab’u hushungga banda bo‘lay,
Ovozu usulu jo‘shungga banda bo‘lay.
Taqsim qilurda naqshlarg‘a abyot,
Ta’rib bila o‘qushugata banda bo‘lay.
* * *
Bu chehrai zardimdin uyolsang, netgay?
Rahmat nazarini manga solsang, netgay?
Bir ishva bila ko‘ngul berib Boburg‘a,
Bir bo‘sa bila ko‘ngulni olsang, netgay?
* * *
Gar sidq bila birovki, oshiq bo‘lg‘ay,
Ma’shuq visoli anga loyiq bo‘lg‘ay.
Pir ollida topqusi murodin beshak,
Har kimki, agar muridi sodiq bo‘lg‘ay.
* * *
Ishqing, netay, ixtiyorsiz qildi meni,
Sabrimni olib, qarorsiz qildi meni.
Olam zli ichra orsiz qildi meni,
Zuhd ahlig‘a z’tiborsiz qildi meni.
* * *
Boburki, demas har kishiga har so‘zini,
Elchingga dedi vale sarosar so‘zini.
Sultonali ar so‘zum senga desa, ne tong,
Ore, laqu daq degay qalandar so‘zini.
* * *
Kelmas ko‘zuma quyosh kibi gar mingdur,
Yoqmas menga gar oy mingi yanglig‘ mingdur.
Gil birla gul ichra farq eta olmasmen,
Gulxan bila gulshan menga emdi tengdur.
* * *
Ko‘nglumki, erur quyosh kibi yuzungo,
Yl o‘tdi-yu, kelmadi bu sori ul moh
Til birla ko‘ngul ishq aro bir qildimu bas,
Yor og‘ritti g‘amin ko‘ngulni ammo.