NEFROLOGIYA ( yunoncha nephros-buyrak, logos-ta`limot ) buyrak kasalligining etiologiyasi, patogenezi va kasallikning klinik kechishi, diagnostikasi, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadigan ichki kasalliklar bo`limi. Urologiya (yunoncha uron-siydik, logos – ta`limot ) siydik tizimining jarrohlik kasalliklarini o`rganuvchi yo`nalish.
Buyrak va siydik kasalligi bilan og`rigan bemorlarni kuzatish va davolash ikki yo'nalishda olib borish kerak.
Maxsus parvarish- siydik ayiruv tizimi kasalliklarining belgilari kuzatiladigan bemorlarga yordam berish uchun mo'ljallangan parvarish - bel sohasida og'riq, shish, siyish buzilishi, arterial gipertenziya va boshqalar.
Buyrak kasalligi va siydik yo'llallari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlash talab qiladi. Qachonki bemorning: siydik rangi o'zgarishi, qon bosimining ortishi, dispeptik buzilishlar sodir bo’lganda, umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish kerak.
Har 5-10 minutda buyraklar orqali tanamizdagi barcha qon oqib o'tadi. Sutkada buyraklarda 1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy asta-sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda, "diurez" so’zi siydik shakllanishi va siydik ajratish nazarda tutladi, lekin u ko'pincha siydik chiqishi miqdorini tavsiflash uchun ishlatiladi (grekcha diureo - siydik ajratmoq). Katta yoshli odamlarda siydik ajratish kundalik miqdori odatda, qabul qilingan suyuqlikning 50-80%ini tashkil qiladi, ya’ni 1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib turadi.Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali (300-400 ml / kuniga)o`pka orqali ( 300-400mlgacha, jismoniy yuk paytida 500 mlgacha,) ajraladi. Ichaklar orqali 100 mlgacha suyuqlik ajraladi.
Oligouriyada esa siydikni normal xolatga nisbatan kam ajratish. Uning miqdori 500 ml ni tashkil etadi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi: ko`p terlash, fizikaviy og`ir mehnatlar, qattiq charchoqlar, o`tkir va surunkali nefritlarda. Umumiy xolatlarda: yurak yetishmovchligida, kuyganda shok xolatiga tushganda, buyraklar zaxarlanganda. Qo`rqish xolatlarida siydik ajralmaydi. Qorin va ichaklarni bosganda xam siydik ajralmaydi.
Ishuriya ( yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik ). Bunda siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya bu - siydik yo`lining torayishi.
Beldagi og`riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo`llari bilan kasalangan bemorlarda uchraydi. Asosan buyrak kasalligida. Buyrak shishganda bu paytlarda kamdan kam lekin tez tez bo`ladi. Ko`p holatlarda buyrak va bel og`rishi qon bosimi ko`tarilishiga sabab bo`ladi.
Arterial gipertenziya. Buyrak kassaligi bilan ogrigan kasallarda qon bosimi ko`tarilishi kechadi. Bunda hechqanday qon bosimi oshishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar bo`lmaydi. Buyrak to`liq davolanmaguncha qon bosimi tushmaydi. Bu holatni davolash uchun doctor nazoratiga 2-3 martta borip qon bosimini o`lchatib turish kerak va bu kasalga davolash bir yo`la buyrak bilan baravar ketadi.