Neft maxsulotlari uchun normativ hujjatlar Reja: 1.Avtomatik quyish estakadasi. 2. Neft mahsulotlarini sotish. 3. Neft mahsulotlarini berish.
avtomatik quyish estakadasi — avtomobil tsisternalariga neft mahsulotlari quyish operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan inshoot;
avtomatik to‘kish estakadasi — avtomobil tsisternalaridan neft mahsulotlarini to‘kish operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan inshoot;
sifatini tiklash (tuzatish) — konditsiya talablariga javob bermaydigan neft mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini, tegishli sifat zaxirasi bo‘lgan shu markali konditsiyali neft mahsulotlari bilan aralashtirish hisobiga, talab darajasiga yetkazish;
temir yo‘l to‘kish-quyish estakadasi — neft mahsulotlarini temir yo‘l tsisternalaridan to‘kish yoki (va) ularni temir yo‘l tsisternalariga quyish operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydigan to‘kish-quyish qurilmalari bilan jihozlangan maxsus temir yo‘llardagi inshoot;
sifat zaxirasi — haqiqiy sifat ko‘rsatkichlari va normativ sifat ko‘rsatkichlari qiymatining tafovuti bo‘yicha aniqlanadigan miqdori;
neft mahsulotining sifati — neft mahsulotining belgilangan maqsadga muvofiq muayyan ehtiyojlarni qondirishga yaroqligini ta’minlaydigan xususiyatlar majmui;
konditsiyali neft mahsuloti — normativ hujjatning barcha talablarini qanoatlantiradigan neft mahsuloti;
neft mahsuloti — uglevodorod (neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va boshqalar) yoki organik sintez xomashyosining boshqa turlarini qayta ishlashda olinadigan tayyor mahsulot;
ishlatilgan neft mahsuloti — normativ hujjatlar bilan belgilab berilgan belgilangan muddatda ishlatilgan yoki foydalanish jarayonida sifatini yo‘qotgan va jihozlarning ish tizimidan (neft moyi) to‘kilgan, shuningdek tozalash inshootlari va tarkibida neft bo‘lgan suvlardan chiqarib olinadigan (neftli yuvib tozalash suyuqligi, neft va neft mahsulotlari aralashmasi) saqlash va tashish vositalarini yuvib tozalash, tozalash uchun foydalanishda o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan neft mahsuloti;