Neft va gaz sanoatidagi mutaxassisliklarni egallashdagi talablarni qondirish hamda bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi texnik vositalarning har bir detalning tuzilishi , chizmalarda tasvirlanishi, tasvirlarni yasash uslubi va chizmaning ishlab chiqarishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlarni o’quvchilarga etkazish
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
1. Konstruktorlik chizmalari yagona tizimi (ESKD) talablarini, mashinasozlik chizmalarining loyiha hujjatlari tizimi bilan ishlay oladilar;
2. Geometrik yasashlar va proeksion chizmalarni chizish qoidalari bilan tanishib, ularni chizmalarga qo’llay oladilar ;
3. CHizmalarga o’lcham qo’yish qoidalari va usullarini ko’rsata oladilar;
4. Aksonometrik chizmalarni bajarish usullarini har bir chizmada bajara oladilar;
5. Asosiy mashinasozlik chizmalari va sxemalarini chizib, ularni o’qiy oladilar;
6. Soha bo’yicha yig’ma chizmalar va sxemalar bilan ishlash qoidalarini chizmalarda tadbiq eta oladilar;