7.2. Katalitik krekingning 1-A/1-M qurilmasi
7.1-rasmdagi qurilmaning sxemasida quyidagi bloklar mavjud: reaktor
(reaktor va regenerator, transport chiziqlari bilan birikmalari), pogonogaz-
ajratgich (asosiy kolonna, bug‗lantirsh kolonnalari, gaz-suv-ajratgichlar) va
qizdirgich (pech, issiqlik almashtirgich, sovutgichlar). Xomashyo nasos (22)
issiqlik almashtirish apparatlari (21) orqali beriladi, u yerda ketuvchi issiqlik
oqimining hisobiga 200°Сgacha qizdiriladi va zmeyevik pechiga (9) beriladi.
Pechda 260 - 270°Сgacha qizdirilgan xomashyo katalizator bilan aralashish
uchun tugunga to‗planadi. Olingan suspenziya suv bug‗ining bosimini ta‘siri
ostida qiya holdagi lift-reaktorga (6) va reaktor-ajratgichga (7) beriladi. Bir
vaqtning o‗zida boshqa aralashtirish tuguniga retsirkulyat beriladi va ustun (5)
bo‗yicha reaktorning (7) mavhum suyultirish qatlamiga to‗planadi.
Kreking mahsulotlari (gazlar va bug‗lar) ikki pog‗onali siklonlarni tizimi
orqali o‗tadi, u yerda katalizatorning changlari ushlanadi, rektifikatsiya
kolonnasining (13) pastki qismidan kiritiladi.
Kokslangan katalizator reaktorning bug‗lantirish seksiyasidan (7) chiziq
bo‗yicha (3) regeneratorga tashiladi; shu yerning o‗ziga katalizatorning sirtidan
koksni yoqish uchun havo beriladi. Regeneratsiyalangan katalizator ustunlar
bo‗yicha (2 va 4) aralashish tugunlariga xomashyo va retsirkulyat bilan
291
aralashish uchun tushiriladi. Regeneratsiya gazlari regeneratorning ikki
pog‗onali siklonlarini tizimi orqali o‗tib apparatdan yuqoriga chiqariladi.
Kolonnada (13) kreking mahsulotlari gazga, benzin, yengil va og‗ir
gazoylga ajratiladi. Gaz, benzinning bug‗lari va suvning bug‗lari yuqoridan olib
chiqiladi, havoli sovutish apparatida sovutiladi (18) va gaz-suv-ajratgichga (19)
to‗planadi. Benzin nasos (20) bilan qisman sug‗orish sifatida kolonnaning (13)
qismiga beriladi, qolgan qismi esa barqarorlashtirish blokiga beriladi, gaz esa-
fraksiyalash seksiyasiga beriladi.
Kolonnaning yon pog‗onalari (13)-yengil va og‗ir gazoyl‘ – kolonnadan
bug‗lantirish kolonnasining (14) mos bo‗lgan seksiyalariga olib chiqariladi.
Seksiyaning pastki qismidan bu fraksiyalar nasoslar (17 va 16) yordamida
olinadi, issiqlik almashtirgich (21) orqali haydaladi, u yerda uning issiqligi
hisobiga xomashyo qizdiriladi, keyin havoli sovutish apparatlari (18) orqali
qurilmadan rezervuarga chiqariladi. Og‗ir gazoylning bir qismi (16) nasos
yordamida regeneratsiyalangan katalizator bilan retsirkulyat sifatida aralashish
tuguniga beriladi.
Kolonnaning (13) pastki seksiyasidan sug‗orish sifatida og‗ir gazoyl‘
beriladi, nasos (11) chiqarib olinadi va apparat orqali (8) haydaladi; bunga
sug‗orishni kiritilishi katalizatorning changlarini chiqib ketishini oldini oladi.
Kolonnaning (13) pastki qismidan katalizator changini kreking mahsulotining
og‗ir suyuqliklarini aralashmasi olinadi va quyqum ajratgichda (15) kirib keladi.
Bu yerdan quyqum nasos (12) yordamida reaktorga (7) qaytariladi, dekantat esa-
aromatli krekingning og‗ir gazoyli – qurilmadan olib ketiladi.
|