325
Nazorat savollari
1.Reaksiyaning kislota-katalizatorli cheklovchi
bosqichi karbation
mexanizm bo‗yicha kechadimi?
2.Yuqori oktanli avtomobil benzinlarining bazasini ishlab chiqarish
hamda individual aromatik uglevodorodlarni olishda qo‗llaniladimi?
3.Riforming jarayonining asosiy sanoat katalizatori alyumin platinli
katalizator hisoblanadimi?
4. Rektifikatsiya blokida izomerlashga yo‗naltirilgan
xomashyo oldindan
pentanli va geksanli fraksiyalarga ajratiladimi?
5. Bitta reaksiyaning o‗zi har xil katalizatorlar ishtirokida sodir bo‗lishi
mumkinmi?
6. Katalizatorning muhim xossalaridan biri, uning vaqt ichida faolligini
barqaror saqlab turish qobiliyati hisoblanadimi?
7. Uglevodorod molekulalarining yuzasidagi erkin elektronlarning o‗zaro
ta‘siri natijasida molekula dissotsiyalanishga duchor bo‗ladimi?
8. Platinali katalizator bifunksional katalizatorlarga kiradimi?
9. Dunyoda riforming katalizatorlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni
ayting?
10.Katalitik riforming vaqtida neftning benzin fraksiyasi uglevodorodlari
katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadimi?
326
VIII bob. Gidrogenizatsiyalash jarayonlari
8.1.
Neftni qayta ishlashda gidrogenizatsion jarayonlar
Katalizator ishtirokida va vodorod muhitida yuqori harorat va bosimda sodir
bo‗ladigan neft xom ashyosining qayta ishlash jarayonlari gidrogenizatsiyalash
yoki termogidrokatalitik jarayonlari deb ataladi.
Gidrogenizatsiyalash
jarayonlarida
vodorodning
roli
benzinning
riformingi va yengil uglevodorodlarning izomerlanishi
bilan solishtirganda bu
jarayonlarning muhim farq qiluvchi xossasi bo‗lib hisoblanadi. Agar riforming
va izomerlanish holida vodorodning roli katalizatorda koks hosil bo‗lishini
kamaytirish bo‗lsa, gidrogenizatsiyalash jarayonlarida esa vodorod to‗yinmagan,
naften, aromatik hamda geteroatomli birikmalarning asosiy gidrogenlash
reaksiyalarida ishtirok etadi.
Texnik adabiyotda ―
gidrogenizatsiya‖
atamasi turli jarayonlarda
qo‗llaniladi.
Bu gidrotozalash, gidroboyitish, gidrooltingugurtsiz-lantirish,
gidrodeparafinlash,
gidroizomerlash,
gidrodearomatlash,
gidrogenlash,
gidrokreking, gidrokonversiya, gidrodemetallash, va boshqalar.
Haqiqatda esa
bu jarayonlarning barchasini ikki guruhga:
gidrotozalash va gidrokrekingga
bo‗lish mumkin. Hammasi tushunarli bo‗lganday:
gidrotozalash bu
gidrogenizatsiyalash jarayoni neft fraksiyalarini yoki qoldiqlarini zararli
qo‗shimchalar bo‗lgan oltingugurt, azot, kislorod, to‗yinmagan va ko‗p halqali
aromatik uglevodorodlar, og‗ir metallardan tozalashga ko‗maklashadi,
gidrokreking esa nafaqat neft fraksiyalarini zararli qo‗shimchalardan tozalashga,
balki uglevodorodlarning
parchalanishi, destruksiyasiga ko‗maklashadigan
gidrogenizatsiyalash
jarayondir.
Ammo
gidrotozalashda
ham
uglevodorodlarning destruksiyasi sodir bo‗ladi, ammo katta bo‗lmagan
miqdorda. Shuning uchun agar dastlabki xom ashyoning destruksiya
(konversiya) si 10% (mas) dan kam bo‗lsa, bunday gidrogenizatsiya jarayoni
gidrotozalash deb ataladi. Agar konversiya 10-50% (mas)
tashkil qilsa, unda
bunday jarayon yengil gidrokreking deb, agar 50% (mas) dan ko‗p bo‗lsa -
327
chuqur gidrokreking deb ataladi (pastdagi sxemaga qarang).
Gidrotozalash jarayonlarini o‗z navbatida distillyatlarni, neft qoldiqlarini
gidrotozalashga va ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarni gidrogenlashga
bo‗ladilar.
Neft qoldiqlarini gidrotozalash distillyatlarning
gidrotozalash shu bilan
farq qiladiki oltingugurt, azot, kisloroddan gidrotozalash bilan bir qatorda xom
ashyoning demetallanish jarayoni boradi, ya‘ni xom ashyoni undagi bo‗lgan
nikel‘, vanadiy va boshqa shunga o‗xshagan og‗ir metallardan tozalash.
Dostları ilə paylaş: