23
I-bob. NEFT VA GAZ SANOATINI RIVOJLANISHI, NEFTNING
ASOSIY XOSSALARI
1.1. Respublikamizdagi neft-gazni qayta ishlash texnologiyalari to‗g‗risida
umumiy ma‘lumotlar
Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo‗jaligining asosiy zvenosi
bo‗lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil
bo‗lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi.
Ilgarigi o‗z holicha ish yurituvchi Respublikamiz hududida faoliyat ko‗rsatgan
neft va gazni qidirish, qazib olish, tashish va ularni qayta ishlash bilan
shug‗ullangan korxonalar yurtimizda tuzilgan ―Sredazneftgazprom‖ ishlab
chiqarish birlashmasiga va shu tashkilot orqali sobiq SSSR davlatining
―Neftgazprom‖ vazirligiga bo‗y sungan. Respublikamiz mutaqillikka
erishgandan so‗ng, neft va gaz sohasida faoliyat ko‗rsatuvchi barcha korxonalar
Respublikamizda tuzilgan yagona tarmoq - ―Uzbekneftgaz‖ milliy xolding
korporatsiyasiga birlashtirilgan.
Bu korxonalar uchun xomashyo: neft, gaz kondensati va tabiiy gaz
hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga
o‗xshash bo‗lib, faqat qaynashning kritik harorati bilan farqlanadi (gaz
kondensati neftga qaraganda birmuncha yengil hisoblanadi). Shu sababli, gaz
kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi.
Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo‗nalishda amalga
oshiriladi. Birinchisi yoqilg‗i-yoqilg‗i yo‗nalishi. Bunda neft va gaz
kondensatini atmosfera bosimining 360
0
C gacha qizdirilib, ulardan benzin,
kerosin va dizel yoqilg‗isi fraksiyalari ajratib olinadi, qolgan og‗ir qismlari-
mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga
berilib, qo‗shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilg‗isi olinadi.
Ikkinchi yo‗nalish-yoqilg‗i-moylar olish yo‗nalishidir. Bu yo‗nalishda
neft va gazkondensatidan yengil fraksiyalar olingandan so‗ng, qoldiq qismi
mazutni vakuum ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraksiyalarga ajratiladi va
24
ulardan har xil neft moylari olinadi.
Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi 1906-yilda ilk bor ishga tushirilgan.
O‗sha vaqtda bu korxonada neft maxsus kublarda haydalar edi. 1917 yilda
barcha qublar texnologik qurilmalarga almashtirilgan. Keyinchalik texnologik
qurilmalar takomillashtirilgan. 1950-60-yillarda eski qurilmalar zamonaviy
texnologik qurilmalar bilan almashtirilgan. Hozir zavodda 7-ta texnologik
qurilma mavjud bo‗lib, zavod yoqilgi-yoqilg‗i yo‗nalishi bilan ishlaydi. Bu
yerda og‗ir qoldiq-mazut termik kreking qurilmasiga berilib, yengil fraksiyalar
va termik qoldiq olinadi.
Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodi 1959 yilda ishga tushirilgan. Zavod
yoqilg‗i-moy yo‗nalishida ishlaydi. Yengil fraksiyalar ajratib olingandan so‗ng,
og‗ir qoldiq mazut vakuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil
fraksiyalarga ajratiladi. Har qaysi fraksiya alohida-alohida tozalanib, ulardan
turli xil moylar olinadi. Hozir vaqtda zavodda 30 dan ortiq texnologik qurilmalar
ishlab turibdi.
Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni haydaydigan AVT qurilmasi
ishga tushirilgan, keyinchalik yana bir nechta AVT qurilmalari foydalanishga
topshirilgan. 1965-68 yillarda yiliga 300 va 600 ming tonna benzinni riforming
etuvchi qurilmalar ishga tushirilgan.
Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok qurilgan.
Yiliga 500 t turli xildagi moylar tayyorlanadi. Respublikamiz xalq xo‗jaligi
tarmoqlari zarur moy mahsulotlari bilan to‗la ta‘minlanadi.
Katalitik riforming qurilmalarida АП-56, АП-64 markali alyumoplatina
katalizatorlari ishtirokida benzinni oktan soni ko‗tarilar edi. Ushbu korxona
1995-97 yillarda LCh 35/11-600 qurilmasi fransiyaning ―Prokataliz‖ firmasi
bilan hamkorlikda qaytadan ta‘mirlanib rekonstruksiya qilingan.
LCh 35/11-600
qurilmasidagi alyumoplatina katalizatorini o‗rniga, tarkibiga reniy va boshka
metallar qo‗shilgan
Н-582 va Н-482 markali katalizatorlar joylangan.
Qurilmaning gidrotozalash blokiga ya‘ni, benzinni oltingugurtli birikmalardan
tozalash uchun alyumokobal‘t-molibden katalizatori o‗rniga НК-306 katalizatori
25
joylashtirilgan. Buning natijasi o‗laroq zavod antidetanator sifatida
qo‗llaniladigan tarkibiga qo‗rg‗oshin tetraetil (QTE) (rus tilida tetraetilsvinets -
TES)dan voz kechildi va turli xil oktan soni yuqori bo‗lgan ekologik toza
avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‗lindi.
Zavodda dizel yoqilg‗isini gidrochistka qiladigan qurilma yo‗q edi. 1997-
99 yillarda Yaponiyaning ―Mitsui end Ko, LTD‖ va ―Toyo Injiniring
Korporeyshin‖ firmalari bilan hamkorlikda yangi qurilma ishga tushirildi. Hozir
zavod kam oltingugurtli ekologik toza dizel yoqilg‗isi ishlab chiqmoqda.
Buxoro shahrining yaqinidagi Qarovulbozor shaharchasida 1995-97
yillarda yiliga 2,5 mln.t gaz-kondensatini qayta ishlaydigan zavod qurildi va
ishga tushirildi. Bu zavodning texnologik qismini Fransiyaning ―TEKNIP‖
firmasi qurib bergan.
Zavodda gaz kondensatidan benzin, kerosin, dizel yoqilg‗isini haydab
olish qurilmasi, benzinni katalitik riforming etuvchi, kerosin fraksiyasini
merkaptanlardan
tozalovchi,
dizelyoqilg‗isi
fraksiyasini
oltingugurt
birikmalaridan tozalovchi texnologik qurilmalar va bu texnologik qurilmalarni
chiqindilarini qayta ishlovchi, shu qatorda bir nechta yordamchi qurilmalar
mavjud. Bu qurilmalar eng yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ta‘minlangan.
Zavod yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga mo‗ljallangan bo‗lib,
tarkibiga QTE qo‗shilmagan benzin, sifatli kerosin va kam oltingugurtli dizel
yoqilg‗isi tayyorlaydi.
Hozirgi kunda yuqoridagi zavodlarda dunyo standartlariga javob beruvchi
neft mahsulotlari ishlab chiqarilmokda. Bu zavodlar Respublikamiz xalq
xo‗jaligini hamma tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan to‗la ta‘minlamoqda.
Dostları ilə paylaş: |