―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


O‗zbekistonda ikkita neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

O‗zbekistonda ikkita neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish 
―O‗zbekneftgaz‖ AJ O‗zbekistonda Farg‗ona va Buxoro neftni qayta 
ishlash zavodlari modernizatsiya qilinishini ma‘lum qilingan. Ayni vaqtda 
aksionerlik jamiyati tomonidan neft-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu konsepsiyada sohani rivojlantirishning 


26 
asosiy yo‗nalishlari belgilab olingan.
―Unda asosiy e‘tibor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan 
tabiiy gazni chuqur qayta ishlash, ikkita neftni qayta ishlash zavodini 
modernizatsiya qilish va ―O‗zbekiston-Xitoy‖ gaz quvurining 4-liniyasini qurish 
va ishga tushirishga qaratilgan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, bu zavodlarning 
yuklanishi 50 foizdan oshmaydi. 
Bundan tashqari, ―O‗zbekneftgaz‖ Jizzax viloyatida yiliga 5 mln tonna 
neftni qayta ishlovchi yangi neftni qayta ishlash majmuasini qurish bo‗yicha 
loyihani amalga oshirmoqda. Yangi zavod xom ashyoni Rossiya va 
Qozog‗istondan neft quvuri orqali oladi. Omsk – Pavlodar – Chimkent neft 
quvurining liniyalaridan biri Jizzax viloyati yaqinidagi joygacha tortilgan. U 
yerdan majmuaga 100 kmlik quvur tortiladi, bu esa majmuani neft bilan minimal 
xarajatlarda ta‘minlashga imkon beradi. 
Yangi zavod yiliga ―Yevro-5‖ standartiga mos keluvchi 3,1 mln tonna 
motor moyi, 1 mln tonnadan ko‗proq aviatsion kerosin, suyultirilgan gaz, mazut, 
bitum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Jizzax neftni qayta ishlash 
zavodining ishga tushirilishi bilan 2 mingdan ko‗proq ish o‗rni yaratiladi. 
Prezidentning 2019 yil 10 apreldagi ―Farg‗ona neftni qayta ishlash 
zavodini to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 
modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PQ-4275-son qarori qabul 
qilindi. Bu qarorga muvofiq Farg‗ona NQIZdini modernizatsiya qilish
Indoneziya kompaniyasi tomontdan amalga oshiriladi.
―РТ Trans Asia Resources‖ (Indoneziya) kompaniyasi, erishilgan 
kelishuvga muvofiq, FNQIZni modernizatsiya qilish va to‗liq quvvat bilan 
ishlashini ta‘minlash bo‗yicha investitsiya loyihasini to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish orqali amalga oshiradi. Buning uchun FNQIZga 
egalik qilish, uni modernizatsiya qilish va uning ishlab chiqarish quvvatlari 
to‗liq ishlashini ta‘minlagan holda keyinchalik foydalanish uchun yetakchi 
xalqaro kompaniyalardan iborat bo‗lgan konsorsium tashkil etish 
rejalashtirilgan. 


27 
2021 yil 1 aprelga qadar FNQIZ tomonidan o‗z ehtiyojlari uchun 
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‗yxatlar bo‗yicha chetdan olib 
kelinadigan, O‗zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskuna, texnika, mashina 
va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va tugunlar, ehtiyot qismlar, qurilish 
materiallari, asboblar, texnologik jihozlar, priborlar, dasturiy ta‘minot, texnik 
hujjatlar va sarf materiallari bojxona to‗lovlaridan (QQS va bojxona 
yig‗imlaridan tashqari) ozod etildi.
Farg‗ona NQIZ yonilg‗i-moy materiallarini ishlab chiqarish bo‗yicha 
mintaqadagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. U o‗z faoliyati davomida 
60 turdan ortiq neft mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
2019 yil 10 aprel kuni ―Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodini to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi №PQ-4275-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda ―Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodi‖ MChJ ustav 
kapitalidagi ―O‗zneft mahsulot‖ AJning 100 foiz ulushi Davlat aktivlarini 
boshqarish agentligiga berilishi va agentlik orqali to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalar jalb qilish sharti bilan Indoneziyaning ―PT Trans Asia Resources‖ 
kompaniyasi (keyingi o‗rinlarda - investor)ga sotilishi ko‗zda tutilgan. Investor 
tomonidan 500 mln. AQSh dollari investitsiya qilish yo‗li bilan FNQIZni 
modernizatsiya qilish, uni ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq ishlashini 
ta‘minlagan holda keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro 
kompaniyalardan iborat bo‗lgan konsorsium tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Rejalashtirilgan loyihalarga ko‗ra, FNQIZni modernizatsiya qilish 
doirasida bir qator yangi zamonaviy qurilmalar quriladi. Xususan avtobenzin va 
dizel yoqilg‗isi sifatini Yevro-5 standartlari darajasiga yetkazish maqsadida 
gidrotozalash va izomerizatsiyalash qurilmalarini qurish va gazoylni 
gidrotozalash qurilmasini tubdan rekonstruksiya qilish ko‗zda tutilgan. Eng 
zamonaviy baza moylarini ishlab chiqarish maqsadida yangi gidrotozalash, 
yengil gidrokreking va gidrofinishing qurilmalari barpo etiladi. Undan tashqari 
texnologik xavfsizlikni oshirish uchun avtomatlashtirish jarayonini yangilash, 


28 
vodorod qurilmasi, qozonxona va boshqalar qurilishi nazarda tutilgan.
Ushbu tadbirlar natijasida ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq 
foydalanilishi, yangi ishchi o‗rinlari yaratilishi va tashkilot eksport salohiyati 
oshirilishiga erishiladi.
Yuksak salohiyatga ega xalqaro kompaniyalaridan iborat bo‗lgan 
konsorsium jahonning eng ilg‗or boshqaruv tizimini joriy qilgan xolda mahsulot 
tannarxini kamaytirish, energiya tejamkorligini oshirish va atrof-muhitga zararni 
qisqartirish kabi natijalarni maqsad qilgan. 
Yuqorida eslatib o‗tganimizdek Respublikamizda ikkita yirik tabiiy gazni 
qayta ishlash zavodlari va gazni kimyoviy qayta ishlash majmuasi mavjud.
Muborak gazni kayta ishlash zavodida tabiiy gazlarni oltingugurt birikmalaridan 
(asosan Н
2
Sdan) tozalovchi, gazlarni quyi (past) haroratda sovutib suv va gaz 
kondensati tomchilaridan tozalovchi, nordon gazlardan oltingugurt ishlab 
chiqaruvchi, gaz kondensatini tindiruvchi texnologik qurilmalar ishlab turibdi. 
Oltingugurt ishlab chiqaruvchi qurilma chiqindi gazlarni qayta ishlab, uning 
tarkibidagi H
2
S gazidan qo‗shimcha miqdorda oltingugurt oluvchi ―Klaus‖ va 
―Sul‘ferin‖ qurilmalari ishga tushishi bilan atmosferaga chiqib ketayotgan 
gazlarni tarkibi tozalanadi. Shunday qilib, Muborak gazni qayta ishlovchi zavodi 
xalq xo‗jaligini tovar tabiiy gaz, toza oltingugurt va tindirilgan gaz kondensanti 
bilan ta‘minlaydi.
―Sho‗rtanneftgaz‖ MChJ asosan kam oltingugurtli tabiiy gazni qayta 
ishlashga mo‗ljallangan. Bu zavodda tabiiy gazni sovutib past haroratda suv va 
gaz kondensat tomchilaridan tozalovchi; seolitlar va absorbentlar yordamida 
oltingugurt birikmalaridan (asosan H
2
S) tozalovchi; nordon gazlardan 
oltingugurt ishlab chiqaruvchi; gaz kondensanti tindiruvchi; tabiiy gazdan past 
haroratda propan-butan fraksiyasini ajratib oluvchi texnologik qurilmalar ishlab 
turibdi.
Hozirgi vaqtda, ―Sho‗rtanneftgaz‖ MChJning yaqinida yangi zamonaviy 
―Sho‗rtan gaz - kimyo majmuasi‖ ishlab turibdi. Bu kompleks ―ABB Lummus 
Global‖ kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan. Bu majmuada tabiiy gazni 


29 
oltingugurtli birikmalardan (asosan Н
2
S gazidan) absorbentlar yordamida 
tozalovchi; tabiiy gazni sovutib past haroratda suv va gaz kondensati 
tomchilaridan tozalovchi; gazni metan, etan va propan - butan fraksiyalariga 
ajratuvchi; etan fraksiyasini piroliz qurilmasiga berib, asosan etilen oluvchi; 
etilendan polietilen mahsulotlarini oluvchi qurilmalarni o‗z ichiga olgan. 
Zavodning quvvati yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarishga 
mo‗ljallangan bo‗lib, shundan 45 ming tonnasi qo‗shni davlatlarda (asosan 
Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Turkmaniston) sotilmoqda.
Shundan qilib Respublikamizning ―O‗zbekneftgaz‖ xolding shaklidagi 
milliy korporatsiyasining korxonalari mamlakatimizning xalq xo‗jaligi 
tarmoqlarini sifatli neft va gaz mahsulotlari bilan to‗la ta‘minlamoqda. Hozirgi 
vaqtda neft qazib olish ko‗rsatgichini pasayganligi uchun Rossiya va 
Qozog‗iston davlatidan neft olib kelinmoqda. Bugungi kunda Rossiya davlati 
bilan hamkorlikda qiymati 450 mln.dollar bo‗lgan sun‘iy yonilg‗i ishlab 
chiqarish ―GTL‖ zavodini qurish rejalashtirilgan.
Yuqorida neft va gaz kondensatini bir xil texnologik qurilmalarda qayta 
ishlanadi deb o‗tgan edik. Shu sababli, biz Farg‗ona neftni qayta ishlash 
zavodining asosiy texnologik qurilmalarini ishi bilan tanishib chiqamiz. 
Zavodga kelgan neft maxsus qurilmalarda tarkibidagi mayda suv 
tomchilaridan tozalanadi, shu vaqtda suvda erigan tuzlar ham chiqib ketadi. Suv 
va tuzdan tozalangan neft issiqlik almashtiruvchi apparatlarida 200
0
С 
haroratgacha isitilib, rektifikatsiya kallonnasiga beriladi. Bu kalonnaning tepa 
qismidan neftni tarkibidagi 200
0
С gacha qaynab chiqadigan fraksiyasi, ya‘ni 
benzin fraksiyasining bug‗lari ajralib chiqadi. Ular sovutish tizimsiga yuboriladi, 
qisman benzindan tozalangan neft atmosfera bosimida 360
0
С haroratgacha 
qizdirilib rektifikatsiya kalonnasiga beriladi. Kalonnaga neft bug‗ va suyuq 
agregat holatida keladi. Bug‗lar kalonnaning tepa qismiga ko‗tarilib har xil 
fraksiyalarga ajratiladi. Tepa qismidan benzin bug‗lari yon qismidan kerosin va 
dizel yoqilg‗isi fraksiyalari olinadi. Kalonnaning tagidan suyuq qoldiq mazut 
olinadi. Oltiariq neftni qayta ishlash zavodida mazutni termik kreking jarayoniga 


30 
berilib, mazutdan qo‗shimcha ravishda yengil fraksiyalari olinadi. Farg‗ona 
neftni qayta ishlash zavodida esa, mazut vakuum sharoitida ishlaydigan pechda 
460-480
0
С gradus haroratgacha qizdirilib, rektifikatsiya kalonnasida turli moy 
fraksiyalarga ajratiladi. Kalonnaning ostidan qoldiq qismi - gudron olinadi. 
Gudron maxsus qurilmaga beriladi, bu yerda suyuq propan yordamida suyuq va 
qattiq qismga ajratiladi. Suyuq qismi moy fraksiyasi deyiladi, qattiq qismi esa 
bitum olish sexiga yuboriladi.
Ma‘lumki, neftdan to‗g‗ridan-to‗g‗ri olingan fraksiyalarni va neftdan 
ajratilib chiqqan gazlarni xalq xo‗jaligida ishlatib bo‗lmaydi. Bularni tovar 
mahsulot holiga keltirish uchun maxsus qurilmalarda qaytadan ishlanadi.
Neftdan olingan benzin fraksiyasini oktan soni 55-60 ga teng bo‗lib, uni 
avtomobillarda yoqilg‗i sifatida ishlatib bo‗lmaydi. Benzinni katalitik riforming 
qurilmalarida oktan soni 80 – 99 gacha oshiriladi, undan sifatli 80 va 93 markali 
benzin mahsuloti olinadi.
Neftdan olingan kerosin va dizel yoqilg‗isi fraksiyalarini tarkibida 
oltingugurt birikmalari ko‗p bo‗ladi. Ular gidrochistka jarayoniga berilib 
merkaptanlar va boshqa birikmalardan tozalanadi.
Vakuum sharoitida ishlaydigan kalonnadan olinadigan moy fraksiyalarini, 
har qaysisi alohida - alohida qayta ishlanadi. Birinchi navbatda ularning 
tarkibidagi og‗ir aromatik uglevodorodlar va smolasimon birikmalar ajratib 
olinadi. Keyin yuqori molekulali qattiq parafinlar ajratib olinadi. Qolgan suyuq 
qismidan turli xil moylar tayyorlanadi.
Ajratib olingan og‗ir aromatik uglevodorodlar kokslash jarayoniga 
beriladi.
Yuqoridagi jarayonlarda ajralib chiqadigan gazlar yig‗ilib turli 
fraksiyalarga ajratib oladi.
Yer qobig‗idan qazib olinayotgan tabiiy gaz o‗zi bilan birga har xil 
chiqindilar: suv, gaz, gaz-kondensatni, har xil gazlar va mineral chiqindilarni 
olib chiqadi. Tabiiy gazni ham tabiiy holga keltirish uchun birinchi navbatda 
tabiiy gaz konlarida tindiriladi. Keyin gazni qayta ishlash zavodida gaz 


31 
namlikdan quritiladi, oltingugurt birikmalaridan (asosan Н
2
S) tozalanadi. 
Tozalangan gaz tovar gaz holida iste‘molchilarga yuboriladi. Ajratib olingan 
Н
2
S gazidan oltingugurt olinadi.
Biz ―Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ― fanini o‗qish davomida 
neft gaz kondensati va gazlardan sifatli tovar mahsulotini olishga qaratilgan 
yuqorida qayd etilgan jarayonlarni har birini alohida -alohida o‗rganib chiqamiz. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin