―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Bitumli asfaltbetonda atrof muhit harorati o‗zgarganda sodir bo‗ladigan



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
14.3.-rasm. Bitumli asfaltbetonda atrof muhit harorati o‗zgarganda sodir bo‗ladigan 
o‗zgarish. 
T
st
- shishishaga o‗tish harorati, T
mo‗rt
- mo‗rtlik harorati, T
yumshash
- yumshash harorati,AB 
kesma – asfaltbeton dispers holati bilan bog‗liq, VG kesma – asfaltbetonning erkin dispers 
holati, AB kesma – dispers muhit to‗liq adsorbsion-solvat qavati tarkibiga o‗tadi, BV kesma – 
kontaktlashuvchi dispers zarralari orasida dispers faza immobilizatsiyalangan. 
1 - qattiq dispers faza (mineral materiallar, smolali asfalten 
moddalar, uglevodorodlar); 


531 


adsorbsion-solvat qobig‗i 
(smolali-asfalten moddalar, 
uglevodorodlar);
 
3 – immobilizatsiyalangan dispers muhit; 
4 – to‗liq dispers muhit.
 
Butun dunyoda o‗sib borayotgan yuklamaga qarshi to‗ra oladigan, yangi 
biriktiruv materiallarini sintez qilish va tanlash, yo‗l qoplamalarining 
foydalanish vaqtini uzaytirish va ta‘mirlash ishlarini olib borishdagi vosita va 
materiallar sarfini kamaytirish bo‗yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Yangi 
yangilanayotgan 
bitum 
biriktiruvchilari 
mavjudlariga 
nisbatan 
yuqori 
foydalanish xususiyatlarga ega bo‗lishi kerak. 
Yo‗l qoplamasidan foydalanish uchun yaxshi harorat yumshash (T
yumshat

va mo‗rtlik (T
mo‗rt)
haroratlari orasida yotadi. U plastiklik intervali nomini olgan. 
Unda yo‗l qoplamasi yuqori qavatining komponentlari bog‗langan-dispers 
holatida bo‗ladi, ya‘ni, ularning o‗zidan bitumning adsorbsiyalangan 
komponentlari bilan mineralli to‗ldiruvchi tizim hosil qiluvchi murakkab 
tuzilma birliklari (MSB), o‗zaro bir-biri bilan adsorbsion solvat qobig‗i orqali 
bog‗langan. MSB orasida ma‘lum miqdorda asosan bitumning moyli 
komponentlari bo‗lgan dispers muhit immobilizatsiyalangan bo‗lishi mumkin. 
Harorat oshirilganda dispers muhit miqdori oshib boradi, adsorbsiya-solvat 
qobig‗i kengligi esa bitum komponentlarining dispers fazadan adsorbsiya-solvat 
qobiqqa va keyin dispers muhitga qaytar bo‗lib o‗tishi hisobiga kamayadi. 
Asfaltbetonning qayishqoq-elastiklik xossalari haroratning bu oraliqlarida 
bitumniki singari MSB orasidagi qayishqoq aloqalar, ularning yuklama ta‘sirida 
deformatsiyalanishi va u olingandan so‗ng avvalgi shaklini tiklashi bilan 
ta‘minlanadi. Bu orqali dispers zarralar atrofida nisbatan keng adsorbsiya-solvat 
qobiqlar va ma‘lum miqdorda dispers muhitning bo‗lishiga imkon yaratiladi. 
T
yumshat
oshirilganda dispers tizim erkin-dispers holatiga o‗tadi, ya‘ni MSB yaxlit 
karkasda bir-biri bilan aloqador bo‗lishni to‗xtatadi. Bunday holda, suyuq 
dispers faza hatto kichik yuklama ta‘sirida qoplamadan siqib chiqariladi, 
transport vositalari g‗ildiragiga yopishib yo‗lda g‗ildirak izini paydo qiladi. 


532 
Bunda aytish mumkinki, asfaltbetonda oz miqdorda bo‗lsa ham qaytmas 
o‗zgarish yuz bergan bo‗ladi. 
Haroratning pasayishi ko‗p miqdorda bitum komponentlarining dispers 
muhitdan adsorbsion-solvat qobig‗iga va undan so‗ng qattiq dispers fazaga 
o‗tishi bilan kuzatiladi. Har bir bitum saqlovchi tizim uchun belgilangan 
haroratda barcha dispersion muhit adsorbsion-solvat qobig‗iga o‗tadi. Bu MSB 
ning bir qancha deformatsiyasi va ular orasida yetarlicha qattiq, kuchli 
bog‗lanishlar paydo bo‗lishi bilan birga kuzatiladi. Bunda elastiklik xossasi 
yo‗qoladi va material mexanik yuklama ta‘sirida oqadi. Agarda atrof muhit 
harorati yanada pasaysa, unda MSB butun adsorbsiya-solvat qavatining qattiq 
holatga ya‘ni, dispers fazaga o‗tishi va bitum komponentlarining qayta 
kristallanishi kuzatiladi. Bu holat shishalanish harorati (Т
st
) deb ataladi. Bunday 
holat bitum saqlovchi moddalarning unga istalgan, hattoki juda kichik yuklama 
qo‗yilganda ham oqishi bilan tavsiflanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, quyidagilar aniq ko‗rinadi. Yo‗l 
qoplamalarining qoniqarli foydalanish uchun uni iloji boricha keng plastiklik 
intervaliga, ya‘ni yuqori yumshash haroratiga va past mo‗rtlik haroratiga ega 
bo‗lgan bitumlardan foydalangan holda tayyorlanadi. Bundan tashqari bitumlar 
uchun nafaqat pastroq mo‗rtlik harorati, balki shishalanish harorati ham pastroq 
bo‗lishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Yo‗l 
qoplamalarida 
bitum 
bog‗lovchi 
material 
singari 
gidroizolyatsiyalovchi material rolini ham bajaradi. U mineralli to‗ldiruvchilar 
zarralarini ushlashi va bog‗lashi bilan birga foydalanish jarayonida o‗zining 
xossalarini yo‗qotmasligi (masalan, atmosfera namligi, cho‗kindilar, harorat 
o‗zgarishi ta‘sirida), qoplamaning ko‗p marta takrorlanuvchi yuklama ta‘siriga 
haroratning keng intervallarida (-25dan +60 
о
С gacha) qarshilik ko‗rsatishini 
ta‘minlashi, qoplamada faqatgina elastik deformatsiya sodir bo‗ladigan darajada 
zo‗riqishni taqsimlashi ham kerak bo‗ladi. Shu munosabat bilan shartli ―ideal‖ 
bitum tushunchasini kiritish mumkin. U quyidagi xossalarga ega bo‗ladi. 
1.Tanlangan mineralli to‗ldiruvchilar bilan to‗liq mosligi va unga yuqori 


533 
darajadagi adgeziyasi. 
2. Mo‗tadil kengliklarda mo‗rtlik va shishalanish haroratining mos 
ravishda -20 va -45 
o
C dan past bo‗lishi. 
3. Yumshash haroratining 70-80 
o
C dan yuqori bo‗lishi.
4.Ishchi intervalida haroratga bog‗liq bo‗lmaganyuqori mustahkamlik va 
elastiklik. YA‘ni, «ideal» bitum o‗z konsistensiyasini yumshash harorati 
chegarasigacha doimiy saqlaydi. Shu bilan birga, yuqori haroratlarda bitum 
qovushqoqligi 150-180
о
С da 200 mm
2
/s (sSt) dan kam qiymatga erishib tezda 
pasayishi kerak. Bu issiq asfalt beton aralashmasini olish uchun maqbul 
sharoitlarni ta‘minlash uchun zarur.
1- 
qoplamasi ishchi harorati oralig‗i;
2 - asfaltbeton aralashmasi tayyorlash harorati oralig‗i. 
5.Mustahkamlik xossalari va konsistensiya yuklama vaqti davomiyligiga 
bog‗liq emas (14.3-rasm.). Qisqa vaqt davomiyligida (10-3 soniyagacha) uning 
harakati yuvori elastiklikni, katta vaqt davomiyligida esa (108 – 1010 
soniyagacha) – yo‗l qoplamasida o‗yiqlar va izlar hosil bo‗lishini oldini olish 
uchun deformatsiyaga qarshilikni ta‘minlashi kerak. 
6.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin