14.2. Reaktorli zmeyevikli (quvur ichida quvur) turdagi bitumli qurilma Zmeyevik turidagi reaktorli bitum qurilmasida neftli bitumlarni
oksidlanishi sodir bo‗ladi. Bitumni xomashyosi sifatida gudronlar, ko‗p tarkibli
gudronlar hamda og‗ir neftning 350
о
С dan yuqori bo‗lgan – mazutlari
qo‗llaniladi. Yo‗l qurilishiga ishlatiladigan, qurilishga, yopilmalarga va maxsus
qovushqoq – bitumlarning yumshatish harorati 130
о
С va igna kirib borish
chuqurligi 25
о
С (100 g, 5 sek)dan 00gacha bo‗lgan mahsulotlar hisoblanadi.
Yo‗l uchun oksidlangan qovushqoq bitumlarni chiqishi (gudron) chiqishi
98%ga yaqin, qurilish uchun 94-96%ni (massasi bo‗yicha) tashkil qiladi.
Qurilmaning
asosiy
seksiyalari
quyidagilar:
zmeyevikli
pechda
xomashyoni qizdirish; reaktor bloki (zmeyevik turidagi reaktor); gaz va suyuqlik
fazasini ajratish; neft mahsulotlarini va suv bug‗larini kondensatsiyalash va
sovutish; ajratish; oksidlangan gazsimon mahsulotlarni yoqish kiradi.
Qurilmaning texnologik sxemasi 14.2-rasmda keltirilgan.
Xomashyo – gudron rezervuardan porshenli nasos (1) yordamida olinadi
va 260-270°С haroratda qizdirish uchun zmeyevikning quvurli pechiga uzatadi.
Undan keyin mahsulot yig‗gichga (3) to‗planadi. U yerdan mahsulot porshenli
526
nasos (4) yordamida olinadi va aralashtirgichga (5) beriladi. U yerga porshenli
nasos (9) yordamida retsirkulyatsiya oksidlangan mahsulot beriladi va
kompressor yordamida (8) 0,7-0,8 MPada havo siqiladi.
14.2-rasm. Xom-ashyoni ko‗pikli holatda oksidlash uchun reatorli zmeyevikli bitum qurilmasining texnologik sxemasi: 1, 4, 9, 12, 15 – nasoslar; 2- pech; 3- yig‗gich; 5- aralashtirgich; 6- reaktor; 7- havoli resiver; 8- kompressor; 10- bug‗latgich; 11, 13- havoli sovutuvchi apparat; 14- ajratgich; 16- o‗txona. Hosil bo‗lgan aralashma aralashtirgichdan (5) reaktorga uzatiladi (6).
Reaktor umumiy tik quvurli zmeyevik ko‗rinishda bo‗ladi, uzunligi 150-400 m.
Xomashyoni kislorod bilan oksidlanishi aralashtirgichda (5) boshlanadi (ko‗pikli
tizimda) va reaktorning zmeyevikida (6) davom etadi. Reaktorning (6) quvurlar
oralig‗idagi oksidlanish reaksiyasining ekzotermik issiqlikligini olish uchun
unga shamollatgich yordamida havo uzatiladi. Reaksiya mahsulotlarini
aralashmasi reaktordan (6) bug‗latgichga (10) to‗planadi va u yerda suyuqlikdan
gaz ajratib olinadi. Ishlangan havo, gazsimon oksidlangan mahsulotlar, neft
mahsulotlarining va suvning bug‗lari II–chi havoli sovutish apparati orqali
ajratgichga (14) yo‗naltiriladi. Ajratgichning yuqori qismi orqali ishlangan
havo,
oksidlangan
gazsimon
mahsulotlar
hamda
suvning
va
neft
mahsulotlarining kondensatsiyalanmagan bug‗lari o‗txonaga (16) atmosferaga
beriladigan oksidlangan gazlarni yoqib yuborish uchun beriladi. Neft
mahsulotlarining bug‗larini asosiy kondensatsiyalangan qismi (quvilgan yoki
527
qora solyar) ajratgichning (14) pastki qismida to‗lanadi, u yerdan markazdan
qochma (yoki porshenli) yordamida sovutgich orqali yig‗gichga beriladi.