70
eritmaydi va o‗zi ham unda erimaydi.
Tozalash ekstraksiya kolonnalarda olib boriladi, uning ichi bo‗sh bo‗lishi
yoki nasadkali yoki har xil turdagi likopchali bo‗ladi.
Yog‗larni tozalashda quyidagi eritgichlar qo‗llaniladi:
furfurol, fenol,
propan, atseton, benzol, toluol
va boshqalar. Ularning yordamida yog‗dan
smolalar, asfaltenlar, aromatik uglevodorodlar va qattiq parafinli uglevodordlar
chiqarib olinadi.
Selektiv tozalash natijasida ikkita faza hosil bo‗ladi: yog‗ning foydali
komponentlari (rafinat) va keraksiz aralashmalar (ekstraktlar).
Parafinsizlashtirish
-parafinli neftdan olingan rafinatlar va qattiq
uglevodorodlarning tarkibi selektiv parafinsizlashtiriladi. Agarda bu jarayon
amalga oshirilmasa, harorat pasayganda harakatchanlik yo‗qoladi va ishlatish
uchun yaroqsiz bo‗lib qoladi.
Parafinsizlashtirishda yog‗lar ham past haroratda qaynovchi (atseton,
metiletilketon, suyultirilgan propan va boshqa) eritmalarda sovutish amalga
oshiriladi. Karbomid yordamida ham parafinsizlashtirishni amalga oshirish
mumkin.
Gidrotozalashdan maqsad yog‗ning rangini yaxshilash va barqororligini
kuchaytirish, ularni qovushqoqlik–harorat xossalarini oshirish, kokslanish va
oltingugurtning tarkibini pasaytirish hisoblanadi. Jarayonning asosiy maqsadi
katalizatorlar mavjud bo‗lganda vodorod yordamida ta‘sir qilinadi xamda
oltingugurtli va boshqa birikmalar cho‗ktiriladi.
Deasfaltizatsiya
– yog‗lar asfalt–smola moddalaridan tozalanadi. Buning
uchun sulfat kislotasi qo‗llaniladi.
Ishqorli tozalash
- yog‗ning tarkibidagi neftli kislotaning yog‗lari,
merkaptanlar hamda deasfaltizatsiyadan keyin qolgan sulfat kislotasi va
uglevodorodlar bilan o‗zaro reaksiyalanadigan mahsulotlar neytrallashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: