2.5. Neftni qayta ishlash zavodlarida neftni tuzsizlantirish va
suvsizlantirish texnologiyasi
Neftni qayta ishlash zavodlariga beriladigan neftning tarkibidagi
tuzlarning tarkibi 500 mg/g, suv esa - 1% chegarasida bo‗ladi. Neftni qayta
ishlash uchun uning tarkibidagi tuzning miqdori 20 mg/l va suv esa 0,1%
(massasi bo‗yicha ) bo‗lganda ruxsat etiladi. Neftdagi suv va tuzning tarkibini
chegaralash talablari ortib boradi, tuzning tarkibi 20 dan 5 mg/g gacha
kamaytirish katta qiymatdagi tejamkorlikni beradi: atmosfera - vakuumli
qurilmalarda ta‘mirlash oraliqlarini muddati ikki martaga kamayadi, yoqilg‗i
sarfi kamayadi, apparaturalarning korroziyasi, katalizatorlarning sarfi, gaz
turbinali va o‗t yoqish qozonlarining, kokslarni va bitumlarni sifati
yaxshilanadi.
NQIZ lariga keltiriladigan neftning tarkibidagi suvning katta qismi
deemulsiya holatida bo‗ladi, hosil bo‗lgan suv tomchilarining diametri 2 – 5
mkm o‗lchamda bo‗ladi. Tomchilarning sirti neftli muhitlarda smolali moddalar,
asfaltenlar, organik kislotalar va ularning tuzlari, neftda eriydigan moddalar
hamda qiyin suziladigan yuqori dispersli zarralar, illar va loylar, neftda yaxshi
namlanadigan moddalar adsorbsiyalanadi. Vaqt o‗tishi bilan adsorbsiya
pardasining qalinligi oshadi, mexanik mustahkamligi kuchayadi, deemulsiyani
eskirishi sodir bo‗ladi. Shuning uchun bunday holatni oldini olish uchun ko‗p
konlarda neftga deemulgator qo‗shiladi. Deemulgatorlar neftni termik kimyoviy
va elektr kimyoviy suvsizlantirishda qo‗llaniladi. Emulgatorlarning miqdori har
xil tarkibdagi neft uchun eksperimental yo‗l bilan aniqlanadi – uning sarfi 0,002
dan 0,005% (massasi bo‗yicha) gacha 1 t neftga qo‗shiladi.
Deeul‘gatorlar adsorbsiya pardalarini parchalaydi va ularni yirik suv
tomchilarga yoyiladi hamda tindirgichlarda deemulsiya tez ajraladi. Bu jarayon
yuqori haroratlarda (80 - 120°Сda) jadallashadi, bunda adsorbsiya pardalari
73
yumshaydi va neftda erishi kuchayada, tomchilarning harakatlanish tezligi
oshadi va neftning qovushqoqligi pasayadi, tomchilarning yoyilishi va tarqalish
sharoitlari yaxshilanadi. Shuni takidlab o‗tamizki, 120°С dan yuqori haroratda
neftning qovushqoqligi kam o‗zgaradi, shuning uchun deemulgatorning ta‘sir
qilish samaradorligi kichik qiymatga oshadi.
Eng mustahkam kichik dispersli neftning deemulsiyalari elektr toki
yordamida parchalanadi. Qutbsiz holatda bo‗lgan suyuqlikning tomchili
suvlariga elektr maydoni ta‘sir qilganda uni qutblaydi, qarshi joylashgan
zaryadli uchlari bilan ellipsga tortadi va bir-biriga tortiladi. Tomchilar bir-birga
yaqinlashganda tortishish shunday kattalikkacha kuchayadiki, buning natijasida
zarralarni parchalaydi. Amaliyotda 50 Gs chastotaga va 25-35 kV kuchlanishga
ega bo‗lgan o‗zgaruvchan tok kuchidan foydalaniladi. Elektr suvsizlantirish
jarayoni deemulgatorlarni qobiliyatini va haroratni kuchaytiradi. Suvni
bug‗lanib ketishdan hamda elektr degidratorlarda-appparatlarda gaz hosil
bo‗lishini kamaytirish maqsadida neftni elektr suvsizlantirish va tuzsizlantirish –
yuqori bosim ostida olib boriladi. NQIZlarida uch xil turdagi elektr
degidrotorlaridan foydalaniladi:
-silindrik tik aylana gorizontal elektrodlar va neftni elektrodlar oralig‗ida
fazo orqali uzatish;
-elektr tuzsizlantirish qurilmalariga ETQ 10/2 apparatlari o‗rnatilgan;
-sharli halqali elektrodlar va oralig‗i orqali neftni uzatish;
-ETQ 10/6 qurilmalari (ish unumdorligi 2 mln.t.neft yiliga) keng
qo‗llaniladi. Gorizontal to‗g‗ri burchakli elektrodli va tindirilgan suv
qatlamining tagidagi apparatdan neftni uzatish amalga oshiriladi.
Elektr tuzsizlantirish qurilmasi ikki pog‗onali ko‗rinishda loyihalanadi: elektr
degidratorning
I pog‗onasida 75 - 80% (massasi bo‗yicha) tuzli suvlar va 95-
98% (massasi bo‗yicha) tuzlar, elektdegidratorning II chi pog‗onasida – 60 -
65% (massasi bo‗yicha) qoldiq deemulsiyali suvlar va taqriban 92% (massasi
bo‗yicha) qoldiq tuzlar chiqarib olinadi. Ikki pog‗onali tuzsizlantirishda
elektrdegidratorlarning o‗rnatiladigan soni ishlanadigan neftning hajmi va
74
sifatiga (suvning tarkibi, tuzni va deemulsiyani mustahkamligiga), apparatning
turi va ish unumdorligiga bog‗liq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |