88
chiqarilayotgan davlatlarda katalitik krekingdan foydalanilgan holda olib
borilmoqda. Qo‗shimcha etillashtirishda ya‘ni tetraetilqo‗rg‗oshin qo‗shilganda
izomerlarning oktan soni 94 dan 107 gacha bo‗ladi.
Gidrokreking.
Ko‗mirni gadratlash orqali yuqori bosim ostida kuchli
katalizatorlarni qo‗llab suyuq yoqilg‗ini olish Germaniya davlatida olib
borilgan. Buning uchun quyidagi parametrlar zarur bo‗lgan: bosim
280 atm.gacha, harorat. 450°С va katalizator.
Zamonaviy
gidrokrekinglash
jarayonlarida xom neftni suyultirilgan neftli gazga
aylantirish uchun bosim
taxminan 70 atm. dan 175 atm.dan katta emas, qaysiki to‗liq kokslanishi hamda
bug‗simon neftni benzinga va reaktiv yoqilg‗iga aylanishi sodir bo‗ladi. Jarayon
qo‗zg‗almas katalizator qatlamida olib boriladi. Qaynovchi qatlamdagi jarayon
– neftni qoldiqlarini ya‘ni mazut va gudronni ishlashda qo‗llaniladi. Boshqa
jarayonlarda ham qoldiq yonilg‗ilardan foydalanilgan ya‘ni yuqori haroratda
qaynaydigan neft fraksiyalari, bundan tashqari yengil qaynaydigan va o‗rtacha
to‗g‗ri haydaladigan distillyatlardan foydalanilgan.
Bu jarayonlarda katalizator
sifatida sul‘fitlangan nikel‘-alyuminiy, kobal‘t – molibden-alyuminiy, vol‘fram
materiallari va alyuminiy silikatli asosidagi yaxshi sifatli platina va palladiy
metallari qo‗llanilgan.
Gidrokreking katalitik va kokslash bilan olib boriladi, 75-80% xomashyo
benzinga va reaktiv yonilg‗iga aylanadi. Benzin va reaktiv yonilg‗ini ishlab
chiqarish mavsumiy iste‘molga bog‗liq holda yengil o‗zgartiriladi. Vodrodning
sarfi yuqori bo‗lganda qurilmaga beriladigan xomashyoning miqdoriga nisbatan
olinadigan mahsulot 20-30% ko‗p chiqishi mumkin. Qurilma ba‘zi bir
katalizatorlar bilan ikki yildan uch yilgacha regeneratsiyasiz samarali ishlaydi.
AQSh, G‗arbiy Yevropada va Yaponiyada sanoat shaharlarida havoni
ifloslanishini kamaytirish maqsadida distillyatlarni va qoldiq yoqilg‗ilarni
desul‘fatlash uchun gidratlash jarayoni katta ko‗rsatgichda oshirilgan [55].
Gidrokreking jarayoni mahsulotni chiqishiga yuqori bo‗lmagan talablarga
muvofiq oltingugurtdan tozalashda ―gidrotozalash‖ usuli kabi qo‗llaniladi.
Gazsimon yengil fraksiyalash avvolam bor suyultirish uchun vakuumli
89
qurilmadan o‗tadi, keyin esa gazoyl desul‘fatlashtirish gidrotozalashdan o‗tadi.
Buning uchun u vakuumli qoldiqlar va boshqa kam
oltingugurtli xom neftning
yengil fraksiyalari bilan aralashtiriladi.
Yengil mahsulotlarni tozalash
. Gidrotozalash hozirgi vaqtda – olefinlarni
gidrogenezatsiyalash va yengil mahsulotlarni sifatini oshirish uchun
oltingugurtni va boshqa aralashmalarni tozalashda keng qo‗llaniladi. Iqtisodiy
sabablarga hamda havo va suvdagi zarralar bog‗liq holda boshqa usullar
qo‗llaniladi ya‘ni, katalizator sifatida regenerativ eritmalardagi qo‗rg‗oshin
sul‘fidi va yuqori vol‘tli elektr pechkalari yordamida oldindan rafinatlashtirish
natijasida olingan eng yaxshi tozalaydigan mahsulot qo‗llaniladi.
Moylar va surkovlar
. Neft sanoati suyuqlikdan
qovushqoqligi bilan farq
qiladigan xuddi suvday moylar va surkovlar ishlab chiqariladi. Boshqa neft
fraksiyalari va mahsulotlar kabi ularni ishlab chiqarishni yangi usullari –
ekstraksiya va deasfaltlashtirilgan eritmalar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.
Eritmalarning ekstraksiyasi.
Sanoat eritmalariga xloreks, furfurol
(sheluxani qayta ishlash asosida olingan mahsulot), nitrobenzol,
fenollar,
metiletilketonlar va boshqalar. Eritmalarni ekstraksiyasi oqimga qarshi rejimda
amalga oshiriladi (moy oqimi bir yo‗nalishda , eritgich esa boshqa qarshi
oqimda), eng tanlanma eritma va eng chuqur tozalash olib boriladi. Eng
tanlanma protsedurada kolonna g‗ovak muhit bilan to‗ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: