―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


XIV chapter . PRODUCTION OF BITUMEN, TECHNICAL



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

XIV chapter . PRODUCTION OF BITUMEN, TECHNICAL 
HYDROCARBONS AND OTHER PRODUCTS
14.1. Installation of bitumen continuously operating column type 
522 
14.2. Installation of reactor-type bitumen (pipe in pipe) 
525 
14.3. Requirements for the quality of bitumen 
527 
14.4. Methods for producing petroleum bitumen. 
537 
14.5. Acids, Hydroxyacids, Asphaltogenic Acids, Hydrocarbons, Resins, 
Asphaltenes, Carbenes and Carbides 
541 
14.6. Technological scheme of the production of wet granulation and heat 
distributions 
553 
14.7. Sulfur production from technical hydrogen sulfide 
558 
14.8. Production of sulfuric acid from hydrogen sulfide 
563 
XV chapter . MODERN CONDITION AND ACTUAL PROBLEMS OF OIL 
REFINING 
15.1. Complex equipment in the production of petroleum products 
569 
15.2. Technology of chemical processing of hydrocarbons 
575 
15.3. Main products of petrochemistry 
578 
15.4. Modern technology for the production of engine oils for refining oil 
residues 
582 
15.5. Major trends and current problems in the production of high-quality 
motor fuels 
589 
15.6. Brief description and classification of refineries. 
605 
15.7. Basic principles of refinery design 
610 
15.8. Ecological problems in oil refining technology 
615 
15.9. Current state and development trends of the oil refining industry in the 
world 
622 
Glossary 
630 
References 
640 


20 
KIRISH 
Darslikda neft va gazning fraksion tarkibi, ularni qayta ishlashga 
tayyorlash texnologiyasi, katalitik, termik, gidrogenizatsiya jarayonlari, yuqori 
oktanli benzin fraksiyalarini ishlab chiqarish, uglerodli gazlarni qayta ishlash, 
gazlarni fraksiyalarga ajratish texnologiyalari va qurilmalari, vodorod ishlab 
chiqarish texnologiyasi, aromatik uglevodorodlarni va neftli bitumlarni ishlab 
chiqarishning texnologik jarayonlari ko‗rib chiqilgan.
Bugungi kunda ―O‗zbekiston GTL‖ zavodini dunyodagi yetakchi 
litsenziar kompaniyalar – Sasol (JAR), Haldor Topsoe (Daniya) va Chevron 
(AQSh) texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. Qurilish ishlari bosh pudratchi – 
Koreya Respublikasining Hyundai Engineering Co. Ltd. va Hyundai 
Engineering and Construction Co., Ltd, Сингапурнинг Enter Engineering Pte. 
Ltd. kompaniyalari tomonidan olib borilmoqda.
Majmua uchun zarur 11 mingdan ortiq texnologik uskunalar Yaponiya, 
Janubiy Koreya, Singapur, AQSh, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya kabi 21 
davlatdagi 126 zavodlarda tayyorlanmoqda.
―Tabiiy gazdan sintetik suyuq yoqilg‗i (GTL) olish juda noyob jarayon 
bo‗lib, yuqori texnologiyalar va murakkab ilmiy yechimlarni talab etadi. 
Hozirda dunyoda bunday zavodlar atigi beshta, o‗zimizda qurilayotgan zavod 
oltinchisi bo‗ladi‖.
Mazkur ulkan loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQSh dollariga 
teng. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard metr kub gaz 
chuqur qayta ishlanib, YEVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million 
tonna sintetik suyuq yoqilg‗i ishlab chiqariladi. Bular 311 ming tonna 
aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilg‗isi, 431 ming tonna nafta, 53 ming 
tonna suyultirilgan gazdir. Tabiiy gaz shunchaki xomashyo sifatida emas
qo‗shimcha qiymatli mahsulot sifatida sotiladi. 1000 metr kub tabiiy gazning 
eksport narxi hozirgi kunda 155 dollar atrofida bo‗lsa, bo‗lg‗usi zavodda 
shuncha gazni qayta ishlash orqali 300 dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi. 


21 
Yiliga hisoblaganda, tabiiy gazdan ko‗ra tayyor GTL mahsulotlaridan 
ko‗riladigan qo‗shimcha daromad 576 million dollardan oshadi. 
Ushbu zavod Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasining yonida joylashgani 
umumlashgan infratuzilma obyektlaridan foydalanishda qulaylik yaratadi. Bu 
yerda yana bir loyiha – Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasining quvvatini 125 ming 
tonnadan 505 ming tonnagacha oshirish loyihasi rejalashtirilgan. GTL 
zavodidan chiqadigan naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va 
polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarish ko‗zda tutilgan hamda kelgusida 
kimyo, avtomobilsozlik, turizm, farmatsevtika, to‗qimachilik va boshqa 
sohalarni yanada rivojlantirishga asos bo‗ladi. 
Neft mahsulotlarini assortimentiga va sifat darajasiga qo‗yiladigan 
zamonaviy talablar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini texnik 
yuksalishiga, eng mukammal texnologik qurilmalarni va ishlab chiqarish 
majmualarini yaratishda hal qiluvchi ta‘sir etdi. Neftni qayta ishlashni yanada 
chuqurlashtirish quyidagi jarayonlarda asosiy e‘tiborni kuchaytirishni talab 
qiladi: katalitik krekingni, gidro-tozalashni va gidrokrekingni, qoldiqlarni 
kokslanishini va tanlangan og‗ir distillyat xom-ashyosini, parafinsizlashtirish va 
zamonaviy sxemalar asosida moysizlashtirish. Juda yuqori sifatga ega bo‗lgan 
sifatli neft mahsulotlarini olishda benzin fraksiyalarini to‗g‗ri haydashdagi 
katalitik riforming jarayonlari, izomerlash, seolitlar yordamida kerosinli 
distillyatlarni ajratish, plastik surkovlarni ishlab chiqarish jarayonlari, yoqilg‗iga 
qo‗shmalar va yog‗lovchi materiallarni olishda qo‗llaniladigan texnologiyalarni 
va texnikalarni takomillashtirishni talab etadi.
Neftni qayta ishlashni zamonaviy texnologiyasida yuqori sifatli 
mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‗p pog‗onali texnologiyaga mansubdir. 
Ko‗pgina holatlarda asosiy jarayonlar bilan bir qatorda tayyorlash hamda 
tugallash ishlari olib boriladi. Texnologik jarayonlarni tayyorlashga quyidagilar: 
neftni qayta ishlashdan oldin uni tuzsizlantirish, keng fraksiyali tarkibning 
distillyatlaridan chegarasi bo‗yicha qisqa qaynash fraksiyalarini ajratish
katalitik riforming oldidan benzin fraksiyalarini gidro-tozalash; katalitik 


22 
krekingga yo‗naltirilgan gazoyl‘ xom-ashyosini gidro-oltingugurtsizlashtirish; 
absorbsiyali ajratishdan oldin kerosin distillyatini gidrotozalash va boshqalar 
mansubdir. 
Zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarida neftni xom-ashyosini har xil 
tarkibli va belgilangan sifatdagi keng gammali mahsulotlarni yuqori samarali 
olish mumkin. Neftni qayta ishlash zavodlarini doimiy sxemalarini sonini va 
modifikatsiyalangan qurilmalarni o‗sishi ularni tizimlashtirishni talab qiladi. 
Neftni qayta ishlashni texnologik sxemalari va qo‗llaniladigan jihozlar 
haqidagi ma‘lumotlar ―Neft va gaz konlarini mashina va jihozlaridan 
foydalanish‖ magistratura mutaxassisligi, ―Texnologik mashinalar va jihozlar‖ 
bakalavr ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim olayotgan talabalar hamda neftni 
qayta ishlash sanoati sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan xodimlar uchun ushbu 
darslik zarur bo‗lgan texnik adabiyot hisoblanadi. 
Darslikda motor yoqilg‗isi distillyatlarini, surkov materiallarni, qattiq 
uglevodorodlarni-parafinlarni va serezinlarni, neftli koksni va bitumni, texnik 
uglerodni (quruq), yengil uglevodorodlarni katalitik konversiya qilish asosida 
vodorod olish, bir necha turdagi neftkimyo mahsulotlarini (etilen, suyuq 
parafinlar), elimentar oltingugurt olishning texnologik sxemalari keltirilgan. Bu 
profilda neft xomashyosini tayyorlashga tegishli bo‗lgan bir qancha jarayonlar 
ko‗rib chiqilgan. Ularni qayta ishlash jarayonlarining soni va usullar juda 
ko‗pdir. Darslikda namunaviy texnologik jarayonlar va zamonaviy usullarning 
bir nechtasi ko‗rib chiqilgan. Darslikda qurilmalarning muhim tavsiflari va 
ularni shaklda o‗rganishi qo‗lay bo‗lgan tartibli sxemalari keltirilgan. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin