528
а)
yuqori haroratlarda mustahkamligini saqlash, ya‘ni issiqlikka chidamli
bo‗lishi;
b)
manfiy haroratlarda elastikligini saqlash, ya‘ni sovuqqa chidamli
bo‗lishi;
v)
harakatlanayotgan transport ta‘sirida siqilish, zarba, va uzilishga
qarshilik ko‗rsata olishi;
g)
mineral materiallarning quruq va ho‗l yuzasi bilan yaxshi yopishishni
ta‘minlash;
d)
uzoq vaqt davomida boshlang‗ich qovushqoqligini va mustaxkamligini
saqlash.
Qurilish bitumlari elastikligi kamroq bo‗lishi mumkin,
ammo ular
qattiqroq bo‗ladi. Neft bitumlarini xalq xo‗jaligida qo‗llash uchun yaroqliligini
belgilovchi asosiy xususiyatlari quyidagilar: harorat o‗zgarganda plastiklikning
kam o‗zgarishi; yuqori qovushqoqlik va mustahkamlash xususiyati; barqarorlik
va
uzoq
vaqtga
yaroqlilik;bino
va
mahsulotlarning
yozda
kerakli
mustahkamligini ta‘minlovchi issiqlikka (yuqori yumshatuvchi haroratga)
chidamlilik; past haroratlarda yetarlicha plastiklik va elastiklikni saqlovchi
qayishqoqlik.
Bitumlarning xossalari komponent tarkibiga bog‗liq bo‗ladi, uning
optimal
qiymatiga
asfaltenlar,
smolalar
va
moylarning
aromatik
uglevodorodlarning kerakli miqdori bilan ma‘lum bir mos nisbatlarida erishish
mumkin. Shunday ekan, bitumlarning xossalari dastlabki neftning xossalari
bilan aniqlanadi va dastlabki xomashyo aralashmasini tanlash hamda
oksidlanuvchi tuzilmani hosil bo‗lishi jarayoni bilan rostlanadi.
Bitumlar sifatini belgilovchi asosiy ishlatish
xossalari quyidagilardir
[1,18]:
1.Texnik xossalari
– standart tolali o‗tkazuvchanligi (penetratsiya),
yumshatish harorati, penetratsiya indeksi, cho‗ziluvchanlik, mo‗rtlik harorati.
Bular bitumlar sifatining asosiy ko‗rsatgichlari hisoblanadi. Tolaning kirish
529
chuqurligi (penetretsiya) va yumshatish harorati bitumning qattiqligi,
cho‗ziluvchanligi – uning elastikligini tavsiflaydi.
Quyida ularni batafsilroq
ko‗rib chiqamiz.
2
.
Fizik-kimyoviy xossalari
– barqarorlik, zichlik, sirt tarangligi
hisoblanadi;
3.Reologik xossalari
– tarqaluvchanlik,
qovushqoqlik, egiluvchanlik
moduli, deformatsiya moduli. Bitumlarning reologik xossalari ularni pechlarda
qizdirganda, aralashmalarni tayyorlashda, joylashtirishda, asfaltbeton va boshqa
qoplamalarning uzoq vaqt xizmat qilishi davomida sezilarli darajada
o‗zgarmasligi kerak;
4.Issiqlik xossalari
– solishtirma issiqlik sig‗imi, issiqlik o‗tkazuvchanlik
koeffitsiyenti, hajmiy kengayish koeffitsiyenti, chaqnash harorati. Ular
bitumlardan issiqlik izolyatsiya materiallari sifatida foydalanish imkoniyatini
belgilaydi. Chaqnash haroratiga ko‗ra xomashyoda
va tayyor bitumda past
haroratda qaynovchi fraksiyalar mavjudligi haqida, shuningdek bitumlarni
ishlab chiqarish va foydalanish davomidagi portlash yoki yonish xavfi
to‗g‗risida xulosa qilish mumkin.
5.Dielektrik xossalari
– teshib o‗tish kuchlanishi,
solishtirma elektr
o‗tkazuvchanlik,
dielektrik
yo‗qotishlarning
burchak
tangensi.Bu
ko‗rsatgichlarning o‗zgarishiga ko‗ra bitumlarning adgeziya xossalarini nazorat
qilish mumkin. Qoidaga ko‗ra, dielektrik o‗tkazuvchanlikning oshishi bilan ular
yaxshilanadi;
6.Optik xossalari
– refraksiyalash koeffitsiyenti, bitum qorishmalarining
yorug‗lik yutuvchanligi. Bu xossalari bitumlarning tarkibiy guruhlarini
chuqurroq o‗rganishga imkon beradi.
7.
Suv
va
aralashtirgichlarga
nisbati.
Organik
aralashtirgichlar
aralashuvchanligiga ko‗ra bitumlarning tozaligi haqida ma‘lumot beradi. Bitum
qanchalik xloroformga, benzolga aralashuvchi mahsulotlardan ko‗p
tashkil
topsa, unda uning xossalarini yomonlashtiruvchi shunchalik kam qo‗shimchalar
mavjud bo‗ladi. Suvda eruvchanlik uning gidrofob xossalarini va barqarorligini
530
tavsiflaydi.
8.
Bitumni qizdirish davomida massasini yo‗qotishi, qizdirishdan keyin
penetratsiyaning va bitumni yumshash haroratining o‗zgarishi. Bu xossalar turli
inshootlarda, ayniqsa yul qoplamalarida uzoq vaqt xizmat qilish uchun
mo‗ljallangan bitumlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Ular xossalarning vaqt
bo‗yicha barqarorligini tavsiflaydi;
9.
Adgeziya va kogeziya.Bular bog‗lovchi materiallar kabi, bitumlar
sifatining muhim ko‗rsatgichlaridan biridir.
Yo‗l qoplamalari ma‘lum ishlatish davri uchun eng ko‗p
extimolli
transport yuklamalarining turlari va diapazonlarini hisobga olgan holda
loyihalanishi kerak. Oxirgi yillarda transportlar harakatining jadallashuvi tez
o‗sib, shinalariga ko‗p bosim beruvchi og‗ir yukli avtomobillardan foydalanish
hisobiga yo‗l qoplamalariga beriladigan yuklamalar ko‗paydi. Bu asfaltbeton
qoplamalarining o‗yiqlar, yoriqlar hosil bo‗lishi va uning tarkibigi kiruvchi
materiallarning chiqib ketishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi va tez buzilishiga
olib keladi. Quyida yo‗llarni foydalanish qilish ehtimoli bo‗lgan atrof muhitning
ma‘lum bir harorat intervalida bitum va asosan asfaltbeton dispers fazalari bilan
sodir bo‗luvchi jarayonlar ko‗rsatilgan (14.1 rasm).
Dostları ilə paylaş: