525
Atrof muhitni muhofaza qilishda oksidlangan kondensatsiyalanmagan
gazsimon mahsulotlarni yoqish uchun havoli sovutish apparatiga pech
o‗rnatiladi. Qurilmani xavfsiz ishlatishni ta‘minlash uchun avtomatik blokrovka
qurilmasi o‗rnatilgan bo‗ladi, uning yordamida quyidagi holatlarda oksidlanish
jarayon (siqilgan havoni uzatish) to‗xtatiladi: oksidlovchi kolonnada suyuqlik
fazasining harorati (270
о
С) chegaraviy haroratdan yuqori bo‗lganda; suyuqlik
va bug‗ fazalari oralig‗idagi haroratning farqi 15
о
С dan oshib ketganda;
oksidlanish gazsimon mahsulotlarning tarkibidagi kislorodning miqdori
belgilangan normadan (4-5%) oshib ketganda va oksidlovchi kolonnadagi bosim
ko‗rsatilgan qiymatdan oshib ketganda to‗xtatiladi. Oksidlovchi kolonnasida
portlashga qarshi himoyalovchi klapanlar montaj qilinadi hamda kolonnaga suv
bug‗larini uzatishda ham klapanlar montaj qilinadi.
Dostları ilə paylaş: