544
- yoqilg‗i-energetik resurslar xarajatlarining ancha ko‗pligi;
- xomashyo tarkibining va kolonna har xil qismlarida oksidlanish
sharoitlarining
nobarqarorligi sababli, olinadigan mahsulot sifatining sezilarli
o‗zgarib turishi;
- kolonnada neft qoldig‗i aralashmasi va havo pufaklari va boshqalarni
qo‗shimcha disperslash uchun ustunlarning mavjud emasligi.
14.7-rasm). Kvenching-seksiyali oksidlovchi kolonna (belgilanishi 14.4- rasm).
Bundan
tashqari, qizdirilgan xomashyo (yuqoridan pastga) va issiq
oksidlangan mahsulotning (pastdan yuqoriga) apparatdagi qarama-qarshi
yo‗nalishli harakati kolonna ichining bo‗ylama va ko‗ndalang kesimi bo‗ylab
murakkab va vaqti bilan o‗zgarib turuvchi harorat taqsimlanishini hosil qiladi.
Bu o‗z navbatida oksidlanishning harorat rejimini optimallashtirishga qarshilik
ko‗rsatadi va havo pufaklarining kolonna o‗rtasiga
siqib borilishiga yordam
beradi.
Grudnikov I.B. va Fryazinov V.V. oksidlashni havo kislorodidan yuqori
darajada va separatsiya zonasida bu zona devorlarida kokslashish hosil
qilmaydigan optimal past haroratdan foydalanishni ta‘minlovchi
va kolonna
reaksiya zonasida optimal yuqori haroratni ta‘minlash mumkin bo‗lgan
545
kvenching – seksiyali kolonnada bajarishni taklif qildilar [16].
Dostları ilə paylaş: