555
yordamida bug‗li qizdirgichga uzatiladi, u yerda 100-120
0
Сgacha qizdiriladi.
Undan keyin xomashyo nam tutqichda to‗planadi va ko‗pik ajratgich bilan
birlashtiriladi hamda atmosferaga tutashtiriladi. Suvning bug‗lari
atmosferaga
chiqariladi, ko‗pik bilan kuchaytirilgan xomashyo davriy ravishda namni
bug‗latgichga qaytariladi. Suvsizlantirilgan xomashyo nasos yordamida (3)
olovsiz qizdirgichga (4) beriladi va u yerda 270-320
0
Сgacha qizdiriladi, keyin
xomashyo tiniq fil‘trli (5) tozalagichga beriladi.
Qizdirilgan va tozalangan
xomashyo reaktorning (6) forsunkali xomashyosiga yo‗naltiriladi.
Texnologik oqimning birida unumdorligi 500 kg/soat bo‗lgan 8 ta reaktor
o‗rnatilgan, ulardan 5-7 ta reaktor ish rejimida bo‗ladi hamda qolganlari
rezervda yoki ta‘mirda bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda quvvati 1500 kg/soat bo‗lgan reaktorlar keng qo‗llaniladi,
oqimda uchta reaktor o‗rnatiladi, ulardan ikkitasi ish rejimida bo‗ladi.
Xomashyo halqali quvur uzatmalar orqali shaxobchali holda har bir
reaktorga kirib boradi, uning ortiqcha qismi esa
quvur uzatma orqali namni
bug‗lantirgichga (1) qaytariladi. Reaktorda ishchi haroratni hosil qilish uchun
tabiiy gaz beriladi va u oldindan havoni qizdirgichda (7) havoda yonishi uchun
qizdiriladi. Yuqori haroratdagi oqimga xomashyo purkalganda yonish
yoqilg‗isini termik yoyilishi natijasida texnik uglerod (qurum) hosil bo‗ladi.
Qurumni paydo bo‗lish davri sekund ulushiga to‗g‗ri keladi, ikkinchi jarayonni
oldini olish uchun reaktorning uzunligi bo‗yicha forsunka bilan nuqtalarga
kimyoviy tozalangan suv beriladi. Sovutilgan quruq gaz aralashmasi reaktordan
(6) havoni qizdirgich orqali (7) kollektor orqali (8) (hamma reaktorlardagi
oqimni yig‗gich) sovituvchi-sug‗oruvchiga (9) to‗planadi.
Futirovkada quritishda yoki avariya
holatlarida gaz yoqish yoki
qozonxona qurilmasiga yo‗naltiriladi.
Quruqgaz aralashmasi 280
0
С haroratda to‗rtta ketma-ket o‗rnatilgan
siklonga (10) to‗planadi, u yerda 90-95 % (massa bo‗yicha) texnik uglerod
ushlab qolinadi; qolgan qismi sakkiz seksiyali yangi fil‘trlarda (11) ushlab
qolinadi. Tozalangan gazning bir qismi shamollatgich yordamida (12)
purkash
556
uchun filt‘rlar tizimiga qaytariladi, asosiy massa shamollatgich bilan to‗liq
yoqish uchun yoki qozonxonaga beriladi. Texnik uglerod bunkerning yengli
fil‘tridan (11) shlyuzli zatvorlar orqali retsirkulyatsiya pnevmo transport
tizimida to‗planadi, keyin esa shamollatgich
yordamida ikkinchi siklonga
beriladi. Bu havoni fil‘trga tushishini oldini oladi.
Texnik uglerod siklondan (10) shamollatgich bilan (14) granullashga
beriladi. Pnevmo transport kalorifrdagi qizdirilgan (13) havo yoki ishlab
chiqarishga ketadigan gaz bilan amalga oshiriladi. Pnevmo transport tizimida
inersialli ajratgich (15) va mikroyanchig‗ich (16) o‗rnatilgan bo‗lib,
uglerodni
begona qo‗shimchalardan texnik tozalaydi va qaynaydigan uglerod
zarrachalarini maydalaydi.
Texnik uglerod pnevmo transport tizimidan siklon (17) yordamida ushlab
qolinadi, havo esa qoldiq uglerod zarrachalaridan tozalash uchun yengli fil‘trga
(18) beriladi. Tozalangan havo fil‘trdan shamollatgich yordamida (19)
atmosferaga beriladi, texnik uglerod apparatlardan (17) va (18) shlyuzli zatvor
orqali shnekli transport bilan bunker-zichlagichga (20) beriladi, u yerda havodan
ozod qilinadi va zichlanadi.
Texnik uglerod shlyuzli zatvor (20) orqali ikkita aralashtirgich-granullash
(21) ning bittasiga to‗planadi, u yerda bir vaqtning o‗zida unga aralashtirgichda
(22) tayyorlangan suv yoki bog‗lovchi eritma beriladi.
Qabul qilgichdan
qizdirilgan suv va bog‗lovchi eritma aralashtirgichga dozirovkali nasos
yordamida beriladi.