Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash qurilmalari va jarayonlari


Mashina va apparatlar haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 40,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü40,11 Kb.
#119702
1   2   3
Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash qurilmalari va jarayonlari

1.1.Mashina va apparatlar haqida umumiy tushunchalar
Korxonalarda tayyor mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonning yakuniy
natijasidir. Mashina va insonlarning xom-ashyo, materiallardan muayyan sifatli tayyor
mahsulot ishlab chiqarish uchun bajargan harakatlar yig‘indisiga ishlab chiqarish
jarayoni deyiladi. Texnologik jarayon ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‘lib, u
xom-ashyo shakli, xossalari va holatini o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Texnologik jarayon bir ish joyida bajariladigan bir qancha texnologik
operatsiyalardan iborat.
Texnologik operatsiya inson va mashina ishtirokisiz ham amalga oshirilishi
mumkin. Ammo mashina va appartlarining qo‘llanilishi operatsiyalarini tezlatib,
ularni boshqarish va kam vaqt, mehnat sarflab yuqori sifatli mahsulot olish imkonini
beradi.
Mashina - energiya, material shaklini o‘zgartirish uchun zarur ma’lum maqsadli
harakatlarni amalga oshiradigan mexanik qurilmadir.
Mashinaning asosiy vazifasi - ishni yengillashtirish va unumdorlikni oshirish
maqsadida inson ishlab chiqarish funksiyasini to‘liq yoki qisman almashtirishdir.
Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra energiya shaklini o‘zgartiradigan energetik
mashinalar, predmet shakli, holatini o‘zgartiradigan ish mashinalari mavjud.
Energetik mashinalarga elektrodvigatellar, trubinalar, bug‘ mashinalari,
kompressorlar kiradi.
Mashina uch qismidan iborat: energiya qabul qiluvchi qism (elektrodvigatel,
bug‘ trubinasi), uzatish mexanizmi (richag, zanjirli, tasmali, tishli) va ijro etuvchi
mexanizm.
Apparatlarda mashinalardan farqli holda energiya bir ko‘rinishdan ikkinchisiga
aylanmaydi.
Agregat - birgalikda ishlaydigan bir necha mashinaning mexanik birikmasidir.
Uzluksiz liniya - o‘zaro bog‘liq va sinxron ishlaydigan jihozlar to‘plamidir.
Bunda har bir ish joyida ma’lum tartibda alohida texnologik operatsiyalar amalga
oshiriladi. Uzluksiz liniyalar texnologik jarayonni uzluksiz tashkil qilish, ularni
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi.
Jarayon, hodisa, sistema va texnik qurilma biror xossasini xarakterlovchi
kattalikka parametr deyiladi. Mexanik, elektr, texnologik parametrlar mavjud.
Shuningdek bosh, asosiy va yordamchi parametrlar ham bo‘lishi mumkin.
Bosh parametrlarga jihozning ish unumdorligi, ish hajmi, ish yuzasi misol
bo‘ladi.
Isitish yoki sovitish temperaturalari, mahsulot namligi va konsentratsiyalari
asosiy parametrlardir. Ishchi organning aylanishlar soni, elektrodvigatel quvvati, suv,
bug‘ sarfi, mashina o‘lchamlari yordamchi parametrlardir.


Barcha mashina va apparatlar yig‘ma birlik va guruhlarga birlashgan ma’lum
sondagi detallardan iborat.
Ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanadigan har qanday detal yoki ularning
to‘plamiga buyum deyiladi. 
Nomi va markasi jihatdan bir jinsli bo‘lgan materiallardan tayyorlangan buyum
detal deyiladi. O‘zaro payvandlash, kavsharlash, burash yo‘li bilan biriktiriladigan
detallar to’plamiga yig‘ma birlik deyiladi. Yig‘ma birlik ajraladigan va ajralmaydigan
bo‘lishi mumkin.
O’zaro bog‘liq funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan ikki yoki ortiq
buyumlar to‘plami kompleks deyiladi.
Har qanday mashina yoki mexanizm ishlaganda uning detallari ma’lum
turdagi harakatni amalga oshiradi: aylanma, ilgirilanma- qaytma, tebranma, planetar.
Bir jismning ikkinchisiga nisbatan ma’lum harakatchan birikmasi kinematik
juftlik deyiladi.
Alohida zvenolar orasidagi kinematik bog‘lanishni izohlash maqsadida
kinematik sxemalar tuziladi. 

Yüklə 40,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin