Neftni qayta ishlash usullari


Neft alkanlari, ularning olinishi va ishlatilishini o’rganish



Yüklə 85,68 Kb.
səhifə5/7
tarix20.06.2022
ölçüsü85,68 Kb.
#61878
1   2   3   4   5   6   7
NEFTNI QAYTA ISHLASH USULLARI

Neft alkanlari, ularning olinishi va ishlatilishini o’rganish
Neftni qayta ishlash va qaynash harorati farqiga qarab alohida fraksiyalarga (distillatlarga) ajratish, bir bosqichli yoki ikki bosqichli apparatlarda amalga oshiriladi. Birinchi holda jarayon atmosfera bosimida olib boriladi. Bunda turli motor yoqilg'ilari va mazut (qaysiki, ular kimyoviy qayta ishlanadi) hosil bo'ladi. Ikki bosqichli qurilmalarda neft avval atmosfera bosimida haydalib motor yoqilg'isi va mazut olinadi. So'ngra mazutdan past bosimda haydab turli surkov moylari va gudron olinadi. Gudron keyin qayta ishlanib pyok, asfalt va neft koksi olinadi. Ikkala bosqichni birlashtirish katta iqtisodiy samara beradi va bunday qo'shma apparat atmosfera - vakuumli quvursimon qurilma (AVQ) deyiladi. AVQning muhim sxemasi 95- rasmda berilgan. Unda neft nasos bilan quvursimon issiq almashtirgichlarga navbat bilan ko'tarib beriladi, u yerda 170—180°C gacha qizdiriladi, so'ngra quvursimon pechga o'tib 320°C *gacha qizib suyuq va bug' holatda rektifikatsiya kilonnasining ostki qismiga boradi. U yerda bug'lanadi va bug' mazutning suyuq qismidan ajraladi.
Bug' yuqoriga ko'tarilib, fraksiyalarga: solyar moylari (300-350°C, 5 %), kerosin (200-300°C, 19 %), ligroin (160-200°C, 8 %)ga ajraladi. Bu fraksiyalar sovitilgach, yig'gichlarga borib to'planadi. Benzin (170°C gacha 15 %) kolonnaning yuqori qismidan bug' holatda chiqarib olinadi va awal issiq almashtirgichdan (toza neft bilan) so'ngra kondesatorda kondensatlangan suyuq holda suvda ajratish uchun tindirgichga oqib o'tadi. Olingan benzinning bir qismi yuqori haroratda qaynovchi fraksiya bug'larini kondensatlash uchun kolonnani sug'orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini yaxshilaydi. Kolonnaning ostgi qismidan neftning asosiy tarkibiy qismlarini qaynash haroratini pasaytirish uchun o'tkir bug' kiritiladi.



Birinchi kolonnaning ostidan oqib chiqqan issiq mazut (55%) 270—280°C haroratda quvursimon pechga olib boriladi. U yerda 400—420°C gacha qiziydi va 8-11 KPa bosimda vakuum ostida ishlovchi 4- kolonnaga yo'llanadi. Kolonnaning ostgi qismidan qattiq qizigan bug' kiritiladi. Bug' avval gudrondan ajraladi, keyin yuqoriga ko'tarilib silindr, mashina va vereten moyi fraksiyalarga ajraladi. Ular sovitiladi va yig'ichga yuboriladi. Og'ir gazoyl kolonnadan bug' holda chiqari-ladi va issiq almashtirgichda hamda kondensatorda sovitilib, yig'gichga yuboriladi. Uning bir qismi kolonnani sug'orish uchun qaytariladi.
Kolonnaning ostki qismidan suyuq qoldiq gidron chiqarib olinadi. Shunday yo'l bilan olingan fraksiyalar oltingugurt va kislorod saqlovchi birikmalardan tozalanadi va zaruriy miqdorda sifatini yaxshilovchi moddalar qo'shilgach tayyor motor yoqilg'isi va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Olingan mahsulotlarning sifati va miqdori qayta ishlanadigan neftning tarkibiga bog'liq bo'ladi.

Yüklə 85,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin