Нефтни ва газларни пайдо булиши



Yüklə 25,86 Kb.
səhifə1/3
tarix13.06.2023
ölçüsü25,86 Kb.
#129229
  1   2   3
korrektor.uz 1686158273 referAT


Nyeftni va gazlarni paydo bulishi. (kelib chikishi)
Reja:



  1. Neftni paydo bulishining anorganik gipotezisi.

  2. Neftning dastlabki organik moddasi. Organik moddalarning bir turdan boshkasiga aylanishi.

  3. Neftning dastlabki migratsiyasi. (kuchishi).

  4. Neft va gaz uglevodorodlarning xosil bulishi.

  5. Alkanlar (normal va tarmoklangan alkanlar).

  6. Sikloalkanlar va aromatik uglevodorodlar.

Xozirgi vaktda zamonaviy tabiiy bilimlar ichida muammo bulib turuvchi, neftning kanday paydo bulganligi tugrsisdagi savollar bir tomondan juda murakkab, ikkinchi tomondan esa juda kizik savol bulib kelmokda. Neft soxasida juda kuplab ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirib, fanning rivojiga uz xissasini kushgan ulug rus olimi Gubkin taʼbiri bilan aytganda “neftning paydo bulishi (kelib - chikish) tugrisidagi tabiatda eng ishonchli topkirlik biz uchun nafakat ilmiy nazariy axamiyatga ega, balki birinchi darajali amaliy axamiyatga xam egadir”, degan iborani taʼkidlagan edi.
Birinchi bulib, neftning paydo bulishi tugrisidagi gipoteza 18 – asrning ikkinchi yarimda ulug rus olimi Lomonosov tomonidan ilgari surilgan edi . Lomonosov goyasiga asosan neftning paydo bulishi asosan kumilib ketgan torf katlamlaridan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan. Jumladan, neft genezisi tugrisidagi tasavvurlarning rivojlanish yulida bir kancha ishlar majmuasi mavjuddir. Bu ikki yunalishdan iborat bulib, birinchisi organik, ikkinchisi esa anorganikdir. Bu boradagi muloxozalar, tortishuvlar, (diskussiyalar) xozirgi kungacha davom etib kelmokda.
Lekin shunga karamasdan neft soxasida ilmiy – tekshiruv ishlarini olib borayetgan kupgina olimlar fikriga kura, neftning paydo bulishi biogen xususiyatga ega degan fikrlarni xam bildirmokdalar.
Neft paydo bulishining birinchi anorganik gepotezasi, yaʼni “karbidli gipoteza” 1877-yilda D.I. Mendeleev tomonidan 1892-yilda “kosmik gepoteza”, Sokolov tomonidan va 1902-yilda “vulkanli gipoteza”, Kost tomonidan taklif etilgan bulsada usha davrning kupchilik olimlari tomonidan bu gipotezalar taʼkib etila boshlandi. 1930 – 40 yillarga kelib mutlako gipotezalar unitildi. Lekin 40 yillardan keyin bu gipotezalar yana kayta yangilangan; kayta ishlangan kurinishda kuchli sovet olimlari tomondan yaratila boshlandi. Ular uchun umumiy gipoteza uglevodorodlarning karbidlar, metallar, suv va kislotalar bilan uzaro taʼsiri natijasida sintezlanishi xisobiga paydo bulgan degan goya, xamda Fisher – Tropsha sxemasiga asosan vodorod va uglerod oksidlaridan xosil bulgan degan fikrlar xam mavjuddir. Neft saklovchi xududning xosil bulishi, yer kaʼridagi yoriklarda uglevodorodlarning kuchishi (migratsiyasi), orkali yuzaga kelgan degan tasavvurlar ilgari surilgan.
Sxematik tarzda yerda xayet paydo bulishini Kravsov kuyidagicha talkin etadi. Dastlab gazsimon uglevodorodlarning anorganik sintezi orkali suyuk uglevodorodlarning xosil bulishi, keyinchalik esa ulevodorodlar va xayetning paydo bulishi, yaʼni uning tasavvuricha birinchi bulib neft, sungra esa xayet paydo bulgan degan goyani ilgari surgan. Nixoyat shunga karamasdan yakkayu – yagona tulik ilmiy asoslab berilgan neftning abiogen paydo bulishi nazariyasi yaratilmagan.
Neftning “Chukma migratsion” kelib chikishi nazariyasi.
Kupgina tekshiruvchilar neftning paydo bulishini organik jixatdan yuzaga kelgan deb izoxlaydilar. Neft paydo bulishining biogen nazariyasining rivojlanishi, utmishdagi kuzga kuringan ximiklar va geologlardan: Andrusova, Mixaylovskiy, Arxangelskiy, Zelinskiy, Engler, Xonta, Orton, Gefer va boshkalar ishlarida dastlab yuzaga kela boshlagan. Bu borada neftning organik paydo bulishi tugrisida mustaxkam ilmiy baʼzaga ega bulgan nazariya, ulug rus geoximigi Vernadskiy ishlari edi. Zamonaviy neftning genezis nazariyasi Vassoyevich tomonidan izoxlanib, u “chukma migratsion” neftni kelib – chikish nazariyasini yaratgan. Bu nazariyaning asosi sifatida shunday xolat kabul kilinganki, unda neftning paydo bulishida asosiy manba bulib, dastlab kushilib ketgan koldik tog jinslari, xamda shurlangan suv xavzalarida yashagan tirik organizmlardan tashkil topgan deb eʼtirof etilgan. Barcha tirik organizmlar xalok bulgandan sung, organik moddalarning asosiy massasi suvda erib chukma xosil kiladi, sungra fitoplankton va bental organizmlarga aylanadi. Kisman unga juda yukori shakllangan tirik materiyaning koldiklari kushiladi. Oxiri – okibat organik moddalar yupka sochilgan mineral massaga aylanib, suv xavzasining ostida tuplanadi va ketma – ket yana xam yer kaʼrining chukur kismiga, tog jinslarining chukmalarini xam olib tusha boshlaydi. Natijada baʼzi bir tashkil etuvchilar ketma – ket neftning komponentlariga aylana boshlaydi.
Neftning paydo bulishini Vassovich bir kancha boskichlarga buladi. Yaʼni neft paydo bulishi jarayenni generatsiyadan iborat ekanligini izoxlab beradi. Birinchi boskichda uglevodorodlarning xosil bulishi, xamda unga kislorod saklovchi komponentlarning birikishi taʼkidlanadi. Ikkinchi boskichda, dastlabki boshlangan diagenetikada uglevodorodlarning xosil bulishi uncha yukori bulmagan temperaturada uglevodorodlar bilan chukindi biogenlarning metabolizm boglanganligi taʼkidlangan. Bu boskichda organizmlarning yemirilishida fermentlarning gidrolizi va baʼzi bir kimeviy jarayenlar kechib yangi moddalar xosil buladi. Barkaror sharoitlarda chukindida tuyingan yeg kislotalari, alkanlar, sikloalkanlar, arenlar xosil bula boshlaydi. Bundan tashkari polimerizatsiyalanish, xamda tuyinmagan uglevodorodlar bilan bir katorda, baʼzi bir erimaydigan geopolimerlar va kislorod saklovchi birikmalar xosil buladi.
Chukindilarning yanada kumilib borishi bilan bakteriologik jarayenlar ula boshlaydi. Bu esa uz navbatida uchinchi kechki diagenetik boskichni kirib kelishiga zarurat tugilganini anglatadi. Bu boskichdagi barcha kimyoviy jarayonlar, uglevodorodlar xamda saklanib kolgan fermentlar taʼsirida amalga oshadi. Bu boskich kurinishidan uncha yukori axamiyatga ega emasdek tuyuladi. Turtinchi va beshinchi boskich, uglevodorordlarning generatsiyasi katogenezisiga tegishli bulib va u termokataliz, termoliz jarayonlari orkali boglanishga ega. Shunday kilib, organik moddalarning bir – turdan boshka ikkinchi – turga aylanishda, unga taʼsir etuvchi asosiy omillar baʼzi bir minerallarning katalizi va temperaturasining uzgarishi okibatida kechadi. Turtinchi boskichda temperatura 500 S dan yukorirok bulganda yengil termoliz, yeki termokataliz jarayeni yuzaga keladi. Bu jarayon, kislorod tarkibli va boshka gruppalarni parchalanishi, geopolimerlarni esa degidridlanishi xamda vodorodli disproporsionallanish orkali kechadi. Bu borada siklli strukturaga ega bulganlar uglevodorodlarni dealkillashuvi kuzatiladi. Metan, uglerod II oksidi (SO2), suv buglari va boshka gazsimon maxsulotlarning ajralishi bilan bu jarayen davom etadi. Beshinchi boskichda yaʼni 1000S va undan yukori temperaturalarda temokataliz jarayeni geopolimerlarning destruksiya (strukturani buzilishi) xolatini yuzaga keltiradi. Asosan shu boskichda uglevodorodlar, xamda uglevodorod oldi moddalarining tula bir - turdan ikkinchi -turga aylanishi bulib utadi. Destruksiya, izomerizatsiya va vodorodning proporsionallashuv jarayenlari va boshka jarayonlar xisobiga neftning xamma komponentalari xosil buladi. Bu boskich, neft paydo bulishning eng muxim, yaʼni “bosh fazasi” deb xisoblanadi, xosil bulgan neft esa mikroneft deyiladi.
Bosh fazani xosil bulishida organik moddaning shu kismi sarflanadiki, unda uglevodorodlarning va boshka komponentalarning generatsiyasi muxim rol uynaydi. Xar xil tarkibli neftning paydo bulishida, asosan uning organik moddalarning xosil bulishida asosan geoximik sharoitlari muxim axamiyatga ega. Bundan tashkari katlamlarda xosil bugan neft tektonik, biokimyoviy, kimyoviy va fizik jarayenlarning taʼsirida tarkibiy uzgarishlarni boshdan kechiradi.
Katlamdagi neft xamda yer jinslari tarkibidagi organik moddalar orasida uxshashlik mavjud; sochilgan organik moddalar va neft tarkibida shunday birikmalar mavjudki ularning kelib chikishi biogen tuzilisha ega ekanligi aniklangan. Shu va boshka omillar neftning biogen tuzilishga ega ekanligini yakkol tasdiklaydi. “Neftning chukma migratsion nazariya”sini taxlil kilishda shunday murakkab savollar borki, kaysiki ular aniklanishni talab etib yana xam chukur urganishni takozo etmokda. Shuning uchun bu soxada ilmiy izlanishlar xam davom etmokda.

Yüklə 25,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin