Uglevodorodlarning galogenli hosilalari. Gologenalkanlarning olinish usullari. Tuzilishi. Galogen uglevodorodlarning kimyoviy xossalari. Nukleofil almashinish reaktsiyalari. Mexanizmi. Poligalogenalkanlar, klassifikatsiyasi, olinishi, xossalari, ishlatilishi. Reja: 1. Galogenalkanlarning nomenklaturasi va izomeriyasi.
2. Galogenalkanlarning olinishi.
3. Galogenalkanlarning fizikaviy va ximiyaviy xossalari.
4. Poligalogenalknlarning xossalari va ishlatilishi.
5. Galogenalkenlarning nomlanishi va izomeriyasi
6. Olinish usullari. Ximiyaviy xossalari va ayrim vakillari
7. Arilgalogenidlarning olinish usullari fizik va kimyoviy xossalari..
To`yingan uglevodorodlardagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining galoid atomlariga almashinishidan hosil bo`ladigan organik birikmalarga to`yingan uglevodorodlarning galogenli hosilalari deyiladi.
Alkanlarning galogenli hosilalari molekulasidagi galogen atomlarining soniga qarab bir-, ikki- va ko`p galogenli hosilalarga bo`linadi.
Galogenalkillartarkibini Cn H2n+1X yoki R—X (bunda X=F, Cl, Br, J) umumiy formula bilan ifodalash mumkin. Galoidalkillar uglevodorodlar singari ximiyaviy xossalari bir-biriga o`xshash, tarkibi o`zaro bir yoki bir necha metilen gruppasiga farq qiladigan moddalarning gomologik qatorini tashkil qiladi.
Nomenklaturasi va izomeriyasi. Tarixiy nomenklaturaga ko`ra galoidalkillarning nomi tegishli bir valentli uglevodorod radikallarining nomiga galoid nomini qo`shish bilan hosil qilinadi.
Sistematik nomenklaturaga asosan monogaloidli hosilalarni nomlash uchun oldin galogen atomi bog`langan uglerod atomining zanjirdagi nomeri, so`ngra esa galogen va uglevodorodning nomi aytiladi:
Metan va etandan boshqa galoidalkilarda uglerod skeletining izomeriyasi va galogen holatining izomeriyasi uchraydi.
Propanning izomeri bo`lmagani holda xlorpropanning 2 ta izomeri, butanning 2 ta izomeri bo`lgani holda xlorbutanning 4 ta izomeri ma`lum. Uglerod zanjirining uzayishi va tarmoqlanishi bilan galoidli hosilalarning izomerlar soni uglevodorodlarning izomerlari soniga nisbatan juda tez ortib boradi. Buni butil xlorid (C4H9Cl) misolida ko`rib chiqamiz:
Galogen atomining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomi bilan bog`langanligiga qarab galogenli hosilalar ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo`ladi.