Uglevodorodlarning galogenli hosilalari. Gologenalkanlarning olinish usullari. Tuzilishi. Galogen uglevodorodlarning kimyoviy xossalari. Nukleofil almashinish reaktsiyalari. Mexanizmi. Poligalogenalkanlar, klassifikatsiyasi, olinishi



Yüklə 428,32 Kb.
səhifə7/8
tarix03.05.2023
ölçüsü428,32 Kb.
#106765
1   2   3   4   5   6   7   8
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari

Fizikaviy xossalari. Arilgalogenidlarning fizikaviy xossalari alkilgalogenidlarning fizikaviy xossalariga o`xshashdir. Masalan: xlorbenzol va brombenzolning qaynash temperaturasi n-geksilhlorid va n- geksilbromidlrning qaynash temperaturasiga yaqin; arilgalogenidlar alkilgalogenidlar kabi suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Arilgalogenidolarning F, Cl, Br va J li hosilalarining qaynash temperaturasi quyidagi tartibda ortib boradi.
F < Cl
Kimyoviy xossalari. Arilgalogenidlar almashinish reakciyalariga qiyin kirishadi. Alkilgalogenidlar kumush nitratning sritdagi eritmasi bilan qizdirilganda kumush bromid cho`kmasi hosil bo`ladi. Brombenzol va vinilbromid kumush nitratning spirtdagi eritmasi bilan qancha qizdililganda ham cho`kma hosil bo`lmaydi. Arilgalogenildlar ishqorlar ta`siriga ham chidamlidir.
Arilgalogenidlarning reakciyaga qiyin kirishishining sababi, birinchidan, rezonans tufayli elektronlarning delokallanishi va ikkinchidan uglerodning gibridlanishidagi farq va buning natijasida σ-bog` energiyasining har xilligidir.
Quyidagi rezonans tufayli elektronlarning delokallanishini ko`rib chiqamiz.
Xlorbenzol faqat ikkita gibrid struktura (Kekule) (I va II) ga emas balki, yana uchta gibrid struktura (III, IV, V)ga ega. Bunda xlor atomi uglerod bilan qo`shbog` orqali bog`langan deyish mumkin: III, IV va V strukturalarda xlor musbat zaryadli, halqaning orto- va para-holatlari esa manfiy zaryadli bo`ladi:

I II III IV V
III, IVva V rezonans strukturalar molekulalarni stabillashtiradi va uglerod hlor bog`i go`yo qo`shbog` bilan bog`langandek bo`ladi. Natijada uglerod va xlor bitta elektron jufti bidan bog`langaniga nisbatan mustahkam bo`ladi.
Arilgalogenidlar molekulasi yana boshqa omillarga ko`ra Kekuli strukturasi ishtirokida rezonans tufayli stabillashadi. Aleilgalogenidlarda galogen birikkan uglerod atomi sp3–gibridlangan, arilgalogenidlarda esa sp2–gibridlangan. shuning uchun uglerod-galogen bog`i aril va vinilgalogenidlarda qisqa va mustahkam, demak, molekula barqarorroq bo`ladi. Uglerod-galogen bog`i aril va vinilgalogenidlarda, masalan, xlorbenzol va vinilxlorida 1,69 Ǻ bo`lsa, ko`p alkilxloridlarda 1,77-1,80 Ǻ. arilgalogenidlarning dipol momenti ham alkilgalogenidlarning dipol momentiga nisbatan kichik. Masalan, alkilhlorid va alkilbromidlarning dipol momenti 2,02-2,15 D bo`lsa, xlorbenzol va brombenzolning dipol momenti 1,7 D ga teng.
Arilgalogenidlardavgi galogen elektrofil almashinish reaksiyalarida aromatik halqaning aktivligini kamaytirib, o`rinbosarlarni orta-va para-holatlarga yo`naltiradi.

Aromatik halqaning aktivligi kamayishi quyidagicha: elektrofil zarrachaning hujumi natijasida xlorbenzol molekulasida karboniy ioni hosil bo`ladi.

Arielgalogenidlar nukleofil almaashinish reakciyalariga qiyin kirishadi. Hlorbenzol faqat o`yuvchi natrmiyning suvdagi eritmasida 3000C dan yuqori temperaturadaggna gidrolizlanib fenolga aylanadi:

Arilgalogenidlar kuchli asos–ishkoriy metall amidlari Bilan suyuq ammiakli muhitda reakciyaga kirishadi:

xlorbenzol anilin
Agar arilgalogenidolarning orto- yoki anilin para- holatlarida elektronoakyeptor gruppasi bo`lsa, galogen «harakatchan» bo`lib qoladi. Masalan: orto yoki para nitroxloorbenzol o`yuvchi natriy eritmasida 1600C da gidrolizdanib, nitrofenolga aylanadi.

Orto va para horlatlarda nitrogruppaning ortishi galogenni yana ham «harakatchan» qilib qo`yadi: 2,4,6–trinitrofenolga suv qo`shib qizdirilsa, 2,4,6–trinitrofenol (pikrin kislota) ga aylanadi:

Pikrin kislota.
Galogeni yon zanjirida bo`lgan benzol gomologlari, ya`ni aralkilgalogenidlar nukleofil almashinish reaksiyasiga oson kirishadi. Masalan, benzyl xlorid o`yuvchi natriyning spirtdagi eritmasida gadrolizlanib, benzil spirtga aylanadi.


Reakciya SN1 mehanizmi bo`yicha boradi, ya`ni birinchi bosqichda benzilzlorid dissocilanadi, ikkinchi bosqiyada nukleofil reagent bilan birikadi.


Yüklə 428,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin