1
Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi Irgasheva Feruza Baxtiyorovnaning
“Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik
aspektlari” mavzusidagi 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma
tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari bo’yicha
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasiga
rasmiy opponent
TAQRIZI
Hozirgi globallashuv jarayonida insoniyatning zamon bilan hamnafas
bo’lishiga erishish maqsadida turli sohalarda faoliyat yurituvchi soha
mutaxassislari o’z ona tili bilan bir qatorda xorijiy tillarni ham egallashi zamon
talabiga aylanib bormoqda. Ushbu talablarga javob tarzida xorijiy tillarni o’rganish
va o’qitish tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, chet tillarni o’rganishga
bo’lgan motivatsiyani oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi
vazifalardan kelib chiqqan holda turli tizimli tillarni chog’ishtirish,
ularning
o’rganilmagan qirralarini ochib berish yuzasidan turli tadqiqot va izlanishlar olib
borish, ona tilidan xorijiy tillarga, va aksincha, chet tillardan ona tiliga bevosita
tarjima masalalari zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslik bilan bir qatorda
adabiyotshunoslikning ham kun tartibida turgan dolzarb masalalaridan biridir.
Bundan tashqari,
milliylik, uni ifodalovchi birliklarni tarjimada qayta yaratish
masalasi tarjima ilmining doimiy bahstalab nuqtalaridan bo’lib kelgan va hanus
shunday bo’lib qolmoqda. Mazkur tadqiqot ham ana shu yo’nalishda amalga
oshirilgani bilan alohida e’tiborga molik.
Zamonaviy jahon tilshunosligining lingvokulturologiya, etnokulturologiya,
lingvopragmatika, kognitiv tilshunoslik,
psixolingvistika, sotsiolingvistika singari
sohalari antroposentrik paradigma tamoyillariga asoslangan bo’lib, unga ko’ra
inson omili asosiy mezon hisoblanadi. Til va jamiyat munosabatlari, shuningdek,
unda aks etadigan milliy-madaniy birliklarning keng ko’lami lingvokulturemalar,
ularning shakllanish jarayonlari va qo’llanilish sohalari, til sathida namoyon
bo’lishi, maqomi va nutqda voqelanishi kabi masalalar ancha keng o’rganilgan.
Tadqiqotning maqsadi nemis badiiy asarlaridagi lingvokulturemalarning
milliy-madaniy, leksik-semantik, stilistik xususiyatlarini aniqlash, ularning o’zbek
tiliga tarjimada berilish masalalarini yoritishdan iborat.
Tadqiqotning ob’yekti
sifatida Jenni Erpenbek, Elke Haydenrayx va Bernd
Shrederlarning asarlaridagi lingvokulturemalar va ularning o‘zbekcha tarjimalari
tanlangan. Tadqiqotning predmetini zamonaviy nemis badiiy asarlaridagi
lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari tashkil qiladi. Shundan
kelib chiqib, dissertatsiyada transformatsion, qiyosiy-chog‘ishtirma, kontekstual-
situativ, kontekstual-distributiv,
analitik, psixoanalitik, biografik, struktural,
germenevtik kabi tahlil usullaridan foydalanilgan.
Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan
iborat. Kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati asoslangan,
2
tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti,
Respublika fan va
texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, ilmiy yangiligi,
amaliy natijalari, olingan natijalarning ishonchliligi, ishning nazariy va amaliy
ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, aprobatsiyasi,
dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Nemis adabiyotida lingvokulturemalarning
o‘rni va ularni tarjimada berish yo‘llari” deb nomlangan.
Ushbu bob
lingvokulturemalarga
oid
ilmiy-nazariy
asoslar,
badiiy
asarlardagi
lingvokulturemalarning ifodasi va tarjima qilish muammolari, nemis badiiy
asarlaridagi lingvokulturemalarni tarjimada berish usullari kabi masalalar
muhokamasiga bag’ishlangan. Dissertant fikricha, lingvokulturemalar tarjimasi
bilan bog‘liq quyidagi muammolar yuzaga keladi:
birinchidan, badiiy asarlardagi
lingvokulturemalar xalqning milliy mental xususiyatlarini, o‘tmish
va hozirgi
tarixiy-ijtimoiy turmush tarzini, dunyoqarashini, psixologiyasini ifodalab kelishi;