Neotropika oblasti va kichik oblastlarining hayvonatlar
NEOTROPIKA OBLASTI VA KICHIK
OBLASTLARINING HAYVONATLAR
DUNYOSI
.
Reja:
1. Neotropik oblastining geografik o‘rni va tabiiy
sharoiti
2. Neotropik oblasti faunasiga umumiy tavsif.
3. Neotropik oblastining kenja oblastlar faunasi
Neotropik oblastining geografik
o‘rni va tabiiy sharoiti.
Neotropik oblasti butun Janubiy
Amerikani,
Markaziy
Amerikaning
katta
qismini
(shimolda
Meksika
yassi
tog‘liklarigacha),
Katta
va
Kichik Antil, Bagam, Galapagos,
Xuan-Fernandes kabi orollarni
hamda bir qator mayda orollarni
o‘z tarkibiga kiritadi.
Bu oblast asosan tropik zonada
joylashgan bo‘lib, faqat uning
eng
janubiy
chekka
qismi
mo‘tadil zonani egallaydi.
Bu oblast 4 ta kichik oblastga bo`linadi.
1. Braziliya kichik oblastı 2. Patogon yaki Chili kichik oblastı
3. Markaziy Amerika kichik oblastı 4. Vest-İndiya yaki Antil kichik
oblastı.
Neotropik oblastning boshqa oblastlar bilan ancha uzoq
muddatda aloqada bo‘lmaganligi (alohidalashganligi) bu
oblastda juda o‘ziga xos va boy faunaning shakllanishiga
olib
kelgan.
Bu
erdagi
fauna
tarkibida
betakror
xususiyatlarga va yuqori taksonlardagi endemiklarga ega
hayvonot dunyosi shakllangan. SHuni ta’kidlash lozimki, bu
oblastda boshqa oblastlarda keng tarqalgan ko‘pgina hayvon
guruhlari
uchramaydi.
Jumladan,
bu
oblastda
hasharotxo‘rlardan krotlar, tipratikanlar uchramaydi.
1.
Noto‘liq tishlilar (Edentata) Neotropik oblastning eng xarakterli sut
emizuvchilar turkumi sanalib, o‘z tarkibiga uchta oilani (zrixlilar,
chumolixo‘rlar,
yalqovlar)
biriktiradi.
Hozirgi
noto‘liq
tishlilar
qachonlardir boy va juda xilma-xil bo‘lgan faunaning qoldiqlari
hisoblanishadi.
YAlqovlar
o‘zining butun hayotini daraxtlarining
poyalarida o‘tkazadi va barglar hamda mevalar bilan oziqlanishadi. Erda
esa ular o‘zlarini mutlaqo nochor sezadi va shu bois bir daraxtdan
ikkinchisiga o‘tish vaqtidagina erga tushishadi. Ularning 5-turi ma’lum
bo‘lib, arealining shimoliy chegarasi Nikaraguaning hududidan o‘tadi,
janubiy chegarasi esa Argentinaning shimoliy chekkasiga to‘g‘ri keladi.
CHumolixo‘rlar oilasining 3-turi uchraydi. Ularning ichida nisbatan
yirigi katta yoki gigant chumolixo‘rdir (bo‘yi-2 metrgacha, og‘irligi-20-
36 kg). Bu tur nuqul er ustida hayot kechirishga moslashgan. o‘rtacha
chumolixo‘r, karlik chumolixo‘rlar hayotining asosiy qismini daraxtlarda
o‘tkazishadi. CHumolixo‘rlar hasharotlar (termitlar, chumolilar) ko‘plab
yig‘iladigan joylarda yashashadi. Ular Janubiy Meksika o‘rmonlaridan
tortib
Argentinaning
shimoligacha
tarqalgan
Karlik
chumolixo‘r
Trinidadda ham uchraydi.
Zrixlilarning 20-turi oblast uchun xos bo‘lib, ularning areali
chumolixo‘rlar va yalqovlarga qaraganda ancha keng. To‘qqiz
yo‘lakli zrixli SHimoliy Amerikaning kanzas va Alabama
shtatlariga ham tarqalgan. Ayni vaqtda bu tur Amerikaning
janubiga tarqalishda davom etmoqda. Zoomagazinlarda sotish
uchun ularning ko‘plab keltirilishi bunga sabab bo‘lmoqda.
2.
Hasharotxo‘rlardan bitta endemik oila-kovaktishlilar
uchraydi. Ulardan bir tur ehtimol hozirgacha Kubaning
janubi-sharqiy qismida saqlanib qolgan. Boshqa juda kamayib
ketgan bir turi esa Gaitida uchraydi. Bu tungi hayvonlarning
bo‘yi dumi bilan birga 60 sm. Taxmin qilinishicha mazkur
turlar
madagaskar
tenreklari
bilan
qon-qarindoshlik
aloqalarida bo‘lishgan.
Primatlarning barchasi keng burunli maymunlarning endemik uch
oilasiga mansub. Ularning ikki oilasi farq qilinadi. Bulardan biri o‘ynoqi
maymunlar. Ular uncha katta bo‘lmagan, chipor maymunlar bo‘lib,
tashqi tuzilishi va xulqi bilan ajralib turiladi. O‘ynoqi maymunlarning 33
turi bor (marmozetlar, tamarinlar, o‘ynoqilar). Areali esa Janubiy
Braziliyadan Panama va Kosta-Rika gacha davom etadi. Ikkinchi oila-
kapucinlarning 37 turi uchraydi (merikinlar, saklar, revunlar, saymirlar,
va boshq). Ular orasida rеvunlar (og‘irligi 7,4 kg) qiziqarli xulqi bilan
ajralib turadi. Mazkur maymunlar oilaviy, xor “konsert” lari bilan boshqa
sut emizuvchilardan ajralib turadi. Ularning ovozlari 2-5 km dan eshitilib
turadi.
Qo‘lqanotlilar 9 та oilaga mansub bo‘lib, ularning turlari juda
ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular asosan tropik rayonlarda
uchraydi va hasharotlar, mevalar, nektar va changchilar bilan
oziqlanishadi. Qon so‘ruvchi-vampirlar esa qo‘lqanotlilarning
o‘ziga xos qiziqarli guruhi bo‘lib, ular Argentinadan va
CHilining markaziy qismidan tortib Meksikagacha tarqalgan
va endemik hisoblanadi
.
Tuyoqlilar faunasi juda kambag‘al. Toq tuyoqlilardan 3-
turdagi
tapirlar
Markaziy
Meksikadan
Paragvay
va
Argentinagacha bo‘lgan hududdagi tropik botqoq o‘rmonlarda
yashashadi.
Juft
tuyoqlilardan
pekarlar
hamda
amerika
bug‘ulari (botqoq, and va mazami bug‘ulari)ni ko‘rsatib o‘tish
mumkin.
Amerika tuyalaridan xonakilashtirilgan lama va alpaka
yovvoyi guanako va vikunya kabi turlar uchraydi.
Neotropik oblast qushlari 2500-turdan tashkil topgan. Janubiy
Amerika qushlarining 90% endemiklardan iborat. Bu joyda
nanduning 2-turi uchraydi. Ulardan biri shimol nandusi bo‘lib,
u oblastning shimoli-sharqida uchraydi. Ikkinchi tur –Darvin
nandusi esa janubda yashaydi
.
Timsohlar oblast daryolarida juda xilma-xillikka
ega. Kaltakesak orasida iguanlar sonining ko‘pligi
va juda xilma-xillikka egaligi bilan ajralib turadi.
Ilonlardan йirik bug‘ma ilonlar jumladan, boa va
anakonda bu hudud uchun xos. Eng yirik ilon
anakonda (uzunligi 11 metrgacha) Amazonka va
Orinoko daryolari yaqinida yashaydi.
Zaharli aspidlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
Birgina qirol aspidlari avlodiga mansub bo‘lgan 65
tur va kenja tur ilonlar uchraydi.
Amfibiyalar faunasi tarkibida asosan dumsizlar va
oyoqsizlar
turkumi
vakillari
uchraydi.
Oyoqsiz
amfibiyalarning
16
turi
tuproqda,
chumoli
va
termitlarning
uyalarida
hamda
suvda
yashashga
moslashgan.
Baliqlarning tur tarkibi bo‘yicha mazkur oblast dunyoda
birinchi o‘rinni egallaydi. (2700 tur). Faqat Amazonkada
ularning 1000 dan ortiq turlari yashashadi. Bu joyda
ko‘pchilik turlar yaxshi o‘rganilmagan.
Suyak tilli baliqlardan arapaima eng yirik chuchuk suv
balig‘i bo‘lib, uzunligi 4 metr, og‘irligi esa 200 kg gacha.
Galapogos orallarida yashovchi fil toshbaqalarining 13
kenja turlari (og`irligi 200 kg) mavjud.
Dostları ilə paylaş: |