egallagan. Kenja oblastda ochiq landshaftlar asosiy o‘rinni egallaydi.
Qushlardan nandu, tinami, palamedey, kolibrilar va kondorlarni
qayd qilish lozim. Dumsiz amfibiyalardan Darvin rinodermasi
uchraydi.
Bu
turning
erkaklari
rivojlanayotgan
tuxumlarni
tomog‘idagi xaltasida olib yurad
i.
Markaziy Amerika kenja oblasti.
Mazkur kenja oblast neotropik oblastining shimoliy chegarasi
hisoblangan Panama bo‘ynidan tortib Kolumbiyagacha bo‘lgan
hududni o‘z tarkibiga kiritadi. Hududi tog‘lik, landshaftlari xilma-
xil, ammo o‘rmonlar ularning asosini tashkil etadi.
Kenja oblastning faunasi ma’lum darajada o‘tkinchi xarakterga
ega. Bu erda neotropika va neoarktikaga xos hayvonlarning
aralash guruhlari uchraydi. SHimoldan bu erga erqazarlar, dala
sichqonlari,
olmaxonlar,
tovushqonlar,
tulkilar,
chittaklar,
kaymansimonlar toshbaqalar va boshqalar kirib kelishgan.
Ayiqlardan kinkaju, markaziy amerika tapiri to‘qqiz
yo‘lakli zixirli kabi sut emizuvchilarning turlarini
alohida ta’qidlash lozim.
Ornitofauna tarkibida esa qirol tasqarasi, endemiklardan
tinamo avlodi va kolibrilarning ko‘pgina turlarini qayd
etish mum
kin.