Nerv to’qimasi. Sinaps va neyrofirbinlar



Yüklə 149,17 Kb.
səhifə2/3
tarix19.09.2023
ölçüsü149,17 Kb.
#145316
1   2   3
Nerv toʻqimasi. Nerv oxirlari sinapslari

2. Sinaps va neyrofirbinlar
Sinaps (qadimgi yunoncha: synapsis — ulanish, tutashish) — nerv hujayralari (neyronlar)ning oʻzaro va ijrochi organlar hujayralari bilan tutashgan joyi. Sinaps signallarni impulslarga aylantiradi va uzatadi. „Sinaps“ terminini birinchi boʻlib ingliz fiziologi Charlz Sherrington neyronlararo aloqani tushuntirish uchun qoʻllagan (1897). Sinaps yordamida neyronlar bir-biri bilan bogʻlanadi. Natijada nerv sistemasining aktivligi va bosh miyaning integrativ faoliyati kuchayadi. Sinaps sinaptik uchlar, ikki hujayra oraligʻidagi sinaptik tirqish (bu 200 Å, baʼzi sinapslarda 1000 Å va undan ortiq)? va sinaptik uchlarga tegib turuvchi hujayra qismi kiradi. Neyronlararo sinaps, odatda, bir nerv xujayrasi aksonining tarmoqlari va tana, dendritlar yoki boshqa neyron aksoni vujudga keltiradi; hujayralar oraligʻida sinaps tirqishi boʻlib, bu tirqish orqali qoʻzgʻalish mediatorlar (kimyoviy sinaps), ionlar (elektr sinaps) yoki ikkalasi (aralash sinaps) yordamida uzatiladi. Sinaps funksional ahamiyatiga koʻra, hujayra faoliyatini aktivlashtiradi yoki tormozlaydi. Elektrotonik Sinapsda quyi molekulyar birikmalar bir hujayra sitoplazmasidan ikkinchisiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyatiga ega. Elektrotonik sinaps signallarning tez va oʻzgarmasdan, kimyoviy sinaps esa faqat bir tomonga uzatilishini taʼminlaydi. Hujayrani tormoz holatiga olib keladigan sinaps ham bor. Bular tormozlovchi sinaps deb ataladi va shular yordamida qoʻzgʻalgan holat goʻyo „yoʻqotiladi“. Bu bilan nerv hujayralari oʻta qoʻzgʻalishdan saqlanadi. Hujayralar oʻrtasidagi sinaptik aloqa nerv hujayralarining funksional birlashishida, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining yoʻnalishini, shuningdek, organizmning taʼsirlovchiga nisbatan boʻlgan reaksiyasini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.
Neyron tana diametri 3-130 mkm bo’lib, u membrana, yadro va sitoplazmadan tashkil topgan. U perikarion deb ataladi. Neyron tanasi trofik markazgina bo’lib qolmay, nerv impulsini qabul qiluvchi qism ham hisoblanadi. Bu yerda hujayra hayoti uchun zarur bo’lgan oqsillar, mediatorlar sintezlanib, sitoplazma oqimi orqali o’simtalarga yetkaziladi. Organoidlardan Golji apparati faqat hujayra tanasida uchraydi. Mitoxondriyalar esa hujayra tanasidan tashqari aksonlarda ham juda ko’p bo’ladi. Shuningdek, faqat nerv hujayralariga xos bo’lgan maxsus tuzilmalar – tigroid modda (Nissl tanachalari) va neyrofibrillalarning borligini ko’rish mumkin.
Ta’sirotlarni qabul qiluvchi va nerv impulsini hujayra tanasiga o’tkazuvchi o’simtalar dendritlar deb nomlanadi. Dentrit atamasini ilk marotaba fanga 1889-yilda shveysariyalik gistolog Vilgelm Gis tomonidan kiritilgan. Dendrit bo’yicha impuls neyron tanasi tomon intiladi. Ular unchalik uzun emas va neyron tanasi yaqinida daraxtga o’xshab shoxlanib tugallanadi. Dentritlar aksonlardan farqli ravishda o’zida juda ko’p ribosomalarni tutadi. Dendritlar miqdori turli neyronlarda turlichadir. Ko’pchilik dendritlar maxsus tuzilishga ega bo’lgan sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar) bilan tugaydi. Boshqa dendritlar esa qo’shni neyronlarning aksonlari bilan sinaps hosil qiladi. Masalan, miyachaning po’stloq qismidagi Purkine hujayralari dendritlarida 200000 ga yaqin akson terminallari aniqlangan. Dendritlar butun bo’yi bo’yicha bir xil uzunlikka ega bo’lmay, ba’zi joylarda bo’rtib chiqqan do’mboqchalar hosil qiladi.
N eyrofibrillalar hujayra sitoplazmasi va oʻsimtalarda joylashadi (yadro atrofida-perikarionda toʻr shaklida, dendrit va aksonda oʻzaro parallel). Hujayraning turli holatiga qarab tez oʻzgarishi mumkin. Neyrofibrillalar neyroipchalar (neyrofilamentlar) tutami va mikronaychalardan (neyrotubulalardan) iborat. Hujayra sitoskeletini saqlashda, oʻsimtalar oʻsishida shuningdek, modda transportida qatnashadi. Neyronlarda yuqori darajada sintez jarayonlari kechadi, sintezlangan moddalarning tolalarga tashiladi.(Anterograd; retrograd transportda toladan tanaga tashiladi). Neyronlarda joylashgan mikronaychalar orqali transport amalga oshsa, Kinezin va Dinein (“dvigatel oqsillar”) oqsillari shu transportda foal rol oʻynaydi. Kinezin mikrotubulalar boʻylab anterograd (yoki ortograd) transportda qatnashsa, Dinenin mikrotubulalar boʻylab retrograd transportda qatnashadi. Aksonal transportning oʻzi tezligi boʻyicha: tez (sutkasiga 400mm dan ortiq) va sekin (sutkasiga 20mmgacha) transportlarga boʻlinadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, 1 mikrotubulaning oʻzida bir qancha yoʻllar boʻlib, bir vaqtning oʻzida ham anterograd ham retrograd harakat amalga oshishi mumkin. АТF va Са dvigatel oqsillar harakatini taʼminlaydi. Anterograd transportda asosan hujayra organellalari, neyrotronsmitter vezikulalari, oqsillar tashilsa, retrograd transportda virus, toksin, autofagasoma, parchalanishi kerak boʻlgan qoldiq mahsulotlar tashiladi.

Yüklə 149,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin