Nesibov A’zam Ikromjon o’g’li 312-a guruh Назорат учун саволлар



Yüklə 77,18 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü77,18 Kb.
#46273
Назорат учун саволлар № 6



Nesibov A’zam Ikromjon o’g’li 312-A guruh 

Назорат учун саволлар 

 

Билет 1 


 

1. ЮИК  модифирланувчи факторларини санаб утинг 

Boshqarib bo 'ladigan xavf omillari: bemorda va uning ota-onasida lipid 

almashinuvining buzilishi mavjudligi - giperxolesterinemiya (250 mg/dl yoki 6,5 

mmol/1 dan yuqori), gipertriglitseridemiya (200 mg/dl yoki 2,3 mmlo/1 va undan 

ko'p), gipoalfaxolesterinemiya (34 mg/dl yoki 0,9 mmol/1) va ularni birga kelishi, 

AG mavjudligi (QB> 140/90 mm sim. ust.), chekish (muntazam ravishda kunda bir 

dona va undan ko'p), semizlik (tana vazni indeksi >25), bemorda va uning ota-

onasida uglevod almashinuvining buzilishi borligi (giperglikemiya, qandli diabet), 

gipodinamiya (past jismoniy faollik), psixoemotsional zo'riqish, qandli diabet, 

ovqatlanish xususiyatlari, kasbi, ijtimoiy ahvoli, atrof-muhit ta'siri, siydik kislotasi 

almashinuvining buzilishi (giperurikemiya). Bu omillarni erta aniqlash va ularni 

mumkin qadar bartaraf etish bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi va asoratlar 

hamda to'satdan o'lim xavfmi kamaytiradi. Yuqorida ta'kidlanganidek yurak 

mushaklarining kislorodga bo'lgan talabi va toj tomirlarida qon aylanishi orasidagi 

muvozanatning o'tkir yoki surunkali buzilishi YIK ning asosiy patogenetik 

rivojlanish mexanizmi hisoblanadi. Miokardning kislorodga bo'lgan talabi yurak 

urush soni, yurak mushaklarining qisqaruvchanligi, devorlarini sistola vaqtidagi 

zo'riqishi va uning vazniga bog'liq. Ushbu omillarning ko'payishi miokardning 

kislorodga bo'lgan talabini keskin oshiradi. Shuningdek, miokardning kislorod bilan 

ta'minlanishida qonni kislorod tashish xususiyati, toj tomirlarda qon aylanish 

darajasi muhim ahamiyatga ega.Yuqoridagilardan tashqari toj tomirlardagi 

qarshilik va diastola davridagi perfuzion bosim yurakda qon aylanishiga kuchli 

ta'sir ko'rsatadi. 

Sog'lom odamda miokardning kislorodga bo'lgan talabi va uning ta'minlanishi 

orasida muvozanat mavjud. Miokardning kislorodga bo'lgan talabi oshganda toj 

tomirlar kengayadi, ulardagi qarshilik kamayadi, koronar qon aylanishi sezilarli 

darajada oshadi (toj tomirlar zaxirasi ko'payadi) va miokardga ko'proq qon oqib 

kelib uni yetarli darajada qislorod bilan ta'minlaydi. Miokardning kislorodga talabi 

oshgan vaqtda toj tomirlarda qon aylanishi monand darajada bo'lmasa ishemiya 

jarayoni rivojlanadi. Yuqorida qayd etilgan etiologik omillar miokardning 

kislorodga bo'lgan talabi va uni qondirishda toj tomirlarning imkoniyati orasidagi 

muvozanatni buzilishiga olib keladi. 

2. ЮИК  модифирланмайдиган  факторларини санаб утинг 

Boshqarib bo'lmaydigan xavf omillari: bemor yoshi (YIK rivojlanish xavfi 40 

yoshdan keyin oshib boradi), jinsi (erkak), yurak qon-tomir kasalliklariga nasliy 

moyillik (bemorning 55 yoshgacha bo'lgan yaqin qarindoshlarida YIK, GK va 

ularning asorati mavjud bo'lsa). 




3. Резорбцион некротик синдром нима? 

MI  klinik  kechishiga  ko’ra  5  ta  davrga  ega  va  ulardan  biri  o’tkir  osti  davri:yurak 

yetishmovchiligi  belgilari  kamayadi  rezorbsion  nekrotik  sindrom  3  haftadan  8 

haftagacha davom etadi.. 



Yüklə 77,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin