Nihol ekib mevasini emasa ham



Yüklə 34,27 Kb.
səhifə2/5
tarix03.08.2023
ölçüsü34,27 Kb.
#138501
1   2   3   4   5
718-737 7 bet

Kitob qalb gavhari
Bobomiz Temur ham e’htirom aylab,
Oqsaroy poyiga aylagan ta’zim,
Senga bor mehrimni qalbimga joylab,
Ming bora tavallo qilaman o’zim.

Yaxshi yozilgan hikoyaning qaysidir jihatlarida o’quvchi o’z hayotini ko’ngil kechinmalarini, orzu yoki armonlarini ko’radi. Kitobni o’ziga jalb etadigan kitobxon qalbiga mustahkam o’rnashadigan jihatlaridan biri shunda. Hibsxonalardagi mahkumalarni tarbiyalashda kitobxonlikka jiddiy e’tibor qaratilayotganidan maqsad ham, ularga qaysidir hikoya orqali ko’zgu tutish, o’z qilmishlarini anglab etishlari va munosib yo’lni kitob orqali ko’rsatishdan iborat.


Ba’zi bir mahkumalar bilan ko’ngilochar suhbatlar qursak, o’zlari yoqtirib o’qigan hikoya yuzasidan suhbatlashganimda “Bizning hayotimizdan olinganga o’xshaydi, shuning uchun qiziqib o’qidim” deyishadi. Albatda har bir yaratilgan hikoya hayotdan olinadi. Uni o’qigan kishi o’zini hikoyalardagi qahramonlarga taqlid qilar ekan, qaysidir qahramon kechinmalari orqali o’zini ko’ra olar ekan, demak yozuvchi qaysidir ma’noda maqsadiga etgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Bugungi kunda mahkumlarning bilim saviyasini oshirish, kitobxonlikni targ’ib etish borasida shuncha qulay sharoitlar yaratilgan. Mahkumalar kitobni nafaqat o’qish, balki o’z taasurotlarini boshqalar bilan ham o’rtoqlashish, qiziqarli joylarini so’zlab berish orqali kitobxonlik targ’ibotiga o’ziga xos hissa qo’shishyapti. Aminmizki ko’ksida yuragi urib turgan, fikrlash qobiliyati joyida bo’lgan inson, albatda kitob o’qishga qiziqib qoladi. Faqat unga yordam berish, kitobga bo’lgan fikrini o’zgartirish uchun harakat qilmoq kerak. Ayrim mahkum va mahkumalarda ushbu kitobga ularning qalbida qiziqish paydo bo’lsa-yu, bir marta ushbu kitobni mehr bilan bitta hikoyasini o’qib chiqsa, shundagina uning qalbida ezgulik uchun ochilgan eshikdan ma’naviyat-ma’rifat ziyosi kirib, umrini nurafshon qiladi.
Odamning taftini odam oladi deyishadi. Ko’ngil qandaydir dard-u iztirob bilan to’lib ketganda, birov bilan suhbatlashish, dardini aytish orqali inson biroz bo’lsada engil tortishi ko’p bor isbotlangan. Hibsxonadagilar ham yaqinlaridan uzoqda, kimdir farzand sog’inchi bilan, kimdir ota-ona diydoriga zor bo’lib, qalbi eziladi. Ayniqsa, ularning aksariyati bilib-bilmay sodir etgan jinoyatidan pushaymon bo’lib, o’zini kechirolmaydi. Ammo ular har doim ham o’zi bilan jazo o’tayotgan shaxsga dardini aytavermaydi.
Kimnidir, kimlarnidir zorlatgan dunyo
Kimnidir shavqatsiz yig’latgan dunyo
Qo’limga qalamim tutqazgan dunyo
Faqat yig’lamagin sen otajonimni.

Yüklə 34,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin