Klassik fizikada vaqtning fazo bilan materiyaga hech qanday dahli yoʻq. Fazo va vaqt haqidagi klassik mexanika taʼlimotini Galileo Galilei nisbiylik prinsipi asosida fizik ravishda ifodalash mumkin
Klassik fizikada vaqtning fazo bilan materiyaga hech qanday dahli yoʻq. Fazo va vaqt haqidagi klassik mexanika taʼlimotini Galileo Galilei nisbiylik prinsipi asosida fizik ravishda ifodalash mumkin
Nisbiylik nazariyasi — fazo va vaqtning har qanday fizik jarayon uchun oʻrinli boʻlgan xususiyatlari haqidagi hozirgi zamon fizika taʼlimoti. Albert Einstein yaratgan nisbiylik nazariyasi 2 qismdan: maxsus nisbiylik nazariyasi va umumiy nisbiylik nazariyasidan iborat boʻlib, maxsus nisbiylik nazariyasi 1905-yilda, umumiy nisbiylik nazariyasi 1916-yilda nihoyasiga yetkazilgan. Fazo va vaqt haqidagi tushunchalar turli davrda turlicha boʻlgan.