sharmanda qilayotgan axloqi buzuqlar borligiga nima deysiz? Ba’zi
ota-onalar
bolalarda 1, 3, 7, 13–14 yoshlarda muqarrar ravishda bo‘lib o‘tadigan inqiroz
(krizis)larni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola
ruhiyatida yangi psixologik
qo‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar,
jumladan, ota-onalar bilan
bo‘lgan munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-onalar “bolam
nihoyatda qaysar, quloqsiz bo‘lib qoldi”, deb o‘ylaydilar
va shikoyat qilishga
tushadilar. Bunga qar-shi o‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va
bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Shunday holatlarda bolaning ota-onadan
bezish hollari kuzatiladi.
Xulosa
qilib aytganda, oilaviy nizoning sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan
tadqiqot ishlarining ko‘pligi, oilaviy munosabatlar, er-xotinlar o‘rtasidagi nizolarning
asl sabablarini to‘laligicha ifoda eta olmaydi. Shu bois ham biz tadqiqotimizning
predmeti sifatida aynan o‘smirlik yoshidagi bolalarning
ijtimoiy tasavvurlari
mazmunida oilaviy nizolar haqidagi tasavvurlar qanday ijtimoiy psixologik omillar
ta’si-rida shakllanishi masalasiga e’tiborni qaratdik.
Dostları ilə paylaş: