Bastakorlik - Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida anʼanaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy anʼana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi. Quyidagi ijod shoxobchalarini oʻz ichiga oladi: 1) xalq orasida tanilgan muayyan kuy yoki ashula yoʻlining oʻzgacha mustaqil koʻrinishi (qayta ohangga va usulga solib, mualliflashtirilgan namunasi)ni yaratish. Mas, Rost maqomining "Ushshoq" shoʻʼbalari asosida yaratilgan "Ushshoqi Hoji" yoki "Samarqand Ushshogʻi I—II" (Hoji Abdulaziz Abdurasulov), "Toshkent Ushshogʻi I — I" (Mulla Toʻychi Toshmuhamedov), "Ushshoqi Sodirxon" (Sodirxon Bobosharifov) kabi asarlar; 2) maʼlum cholgʻu kuylarning — ashula, ashula yoʻllarining — cholgʻu variantlarini yaratish (I. Ikromov ashulalashtirgan "Munojot", "Choʻli Iroq" singari); 3) bir necha kuy, qoʻshiq yoki ashulalarni umumlashtirib bir asar yaratish (H. A Abdurasulovning "Bozurgoniy", "Bebokcha" asarlari kabi); 4) mustaqil asarlar (oʻtmishda asosan kuy, qoʻshiq va ashula yoʻllari, hozirgi davrda boshqa janrlarda ham) ijod etish.
Oʻrta Osiyoda B. tarixi qadimdan boshlanadi. Isteʼdodli xonanda, sozanda va zamonaviy maʼnodagi bastakorlar Borbad Marviy (6 — 7-asrlar), Abdurahmon ibn Surayj (? —743), Abduhafz Soʻgʻdiy (? — 832) va boshqa Yaqin va Oʻrta Sharqning deyarli barcha mamlakatlarida tanilgan. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino singari allomalar ham B. bilan bevosita shugʻullanishganligi haqida maʼlumotlar bizgacha yetib kelgan. Bu ularning ilmiy-musiqiy asarlari amaliyot bilan uzviy bogʻlanishiga asos boʻlgan. Oʻzbek xalqi orasida B. ayniqsa Amir Temur va temuriylar, xususan, Bobur hamda boburiylar davrida mukammallashib, ilmiy va badiiy adabiyotda atroflicha oʻz tarixi va taʼrifini topgan. B. anʼanaviy ijrochi (xonanda, ayniqsa sozanda)likdan turtki olib, maqom ijodchiligiga katta taʼsir koʻrsatdi. Dastlab (13-asr) oʻn ikki maqom, soʻngra (16 — 18-asrlar) uning zaminida Shashmaqom, Xorazm va Fargʻona — Toshkent maqom turkumlari shakllanishiga sabab boʻldi. Maqom turkumlari tarkibida oʻnlab cholgʻu ("Saqili Islimxon", "Saqili Ashkullo", "Murabbai Komil", "Saqili Niyozjonxoʻja" kabi) va ashula ("Samandariy", "Karimqulbegi" singari) yoʻllari yuzaga keldi. B. sanʼati, ayniqsa, 15 — 16-asrlarda ommaviylashgan: qator shoir, olim va boshqa ayni paytda bastakor ham boʻlgan. Abdurahmon Jomiy "Imoma" naqshi (yoki "Naqshi Mullo")ni, A. Navoiy bir qancha naqsh va peshravlar, Bobur "Chorgoh savti" yoʻllaridagi asarini ijod etgan. Bu davrga kelib B.ning asosiy janr va shakllari, uslub va usullarining rivoji oʻz qiyomiga yetdi. Manbalarda, ayniqsa Darvishali Changiy (16 — 17-asrlar)ning musiqaga doir risolalarida (yuqoridagilardan tashqari) amal, qavl, savt, chorzarb hamda jir, kor, tarona koʻrinishlaridagi oʻnlab asarlarning taʼrifi keltirilgan, bularning har birida ijod qilgan koʻplab bastakorlarning nomlari aytib oʻtilgan. Samarqand, Buxoro, Hirot, Toshkent, Xoʻjand, Qoʻqon, Xiva kabi shaharlarda xonandalik, aksariyatida sozandalik bilan birga oʻziga xos B. maktablari yuzaga kelgan. Mazkur ijodiy maktablarning yetuk namoyandalari oʻz asarlarida mahalliy folklor (ayniqsa, marosim va lirik mavzudagi qoʻshiqlar), maqom, katta ashula ijrochiligi va ijodkorligiga xos xususiyatlarni singdirishga institutilganlar. B. ijodi rivojining keyingi bosqichlaridan 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlanish davri diqkatga sazovor. Mazkur bosqichda Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852 — 1936) kabi anʼanaviy uslubda ijod etgan bastakorlar bilan yonma-yon Hamza ham oʻzining qoʻshiqlarini yaratdi. Bu qoʻshiqlarda shoir oʻzbek musiqa merosi tabiati, ohang va usullarini xalqaro, qator sharq xalqlari (ozarbayjon, tatar va boshqalar)ning musiqa folklori xususiyatlari bilan uzviy bogʻladi, marsh, vals kabi janrlardan keng foydalandi. 20-asr boshlarida oʻzbek bastakorlari T. Jalilov ("Dovruq"), Yu. Rajabiy ("Hammamiz", "Chamanzor" qoʻshiqlari) asarlari oʻzbek B. ijodining bir-biriga ulanib ketishida ijobiy rol oʻynadi. 20 — 30-y.larda taniqli sozandalar — changchi M. Harratov, tanburchi A.Umarov, xonanda K. Otaniyozov, gʻijjakchi M. Niyozovlar ham davr ruhini toʻlaqonli ifodalovchi kuy va qoʻshiqlar yaratishdi. Asrning 2-choragidan bastakorlarimizning Oʻzbekiston musiqa madaniyatiga qoʻshgan hissalari nihoyatda unumli boʻldi. Xususan 30 — 40-y.lardan oʻzbek musiqali dramasi va komediyasi shakllanishida, 50-y.larda opera rivojida T. Jalilov va Yu. Rajabiylar hissasi katta. 20-asr Oʻzbek qoʻshigʻi taraqqiyoti K. Jabborov, F. Sodiqov, I. Ikromov, N. Hasanov, S. Kalonov, M. Mirzayev, F. Toshmatov, soʻnggi yillarda F. Mamadaliyev, A. Ismoilov, Oʻ. Rasulov, A. Dadayev kabi bastakorlar ijodida shakl topdi. B. sanʼati asta-sekin musiqa taʼlimi tizimiga kiritilmoqda, atoqli bastakorlar asarlari nashr etilib, bular ijrosi buyicha maxsus koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda, ayrimlarining ijodiga oid ilk tadqiqotlar yaratilmoqda. Baʼzan, asosan koʻp ovozli musiqa sohasida ijod qilgan kompozitor (Doni Zokirov, Sayfi Jalil, Dadaali Soatqulov kabi)lar ham aynan B. uslublarida kuy va qoʻshiqlar yaratishgan.
Oʻrta Osiyoda bastakorlik tarixi qadimdan boshlanadi. Isteʼdodli xonanda, sozanda va zamonaviy maʼnodagi bastakorlar Borbad Marvaziy, Abdurahmon ibn Surayj, Abduhafz Soʻgʻdiy va boshqa yaqin va Oʻrta Sharqning deyarli barcha mamlakatlarida tanilgan. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino singari allomalar ham bastako’rlik bilan bevosita shugʻullanishganligi haqida maʼlumotlar bizgacha yetib kelgan. Bu ularning ilmiy-musiqiy asarlari amaliyot bilan uzviy bogʻlanishiga asos boʻlgan. Oʻzbek xalqi orasida bastakorlik ayniqsa Amir Temur va temuriylar, xususan, Bobur hamda boburiylar davrida mukammallashib, ilmiy va badiiy adabiyotda atroflicha oʻz tarixi va taʼrifini topgan.Bastakorlik anʼanaviy ijrochi (xonanda, ayniqsa sozanda)likdan turtki olib, maqom ijodchiligiga katta taʼsir koʻrsatdi. Dastlab (13-asr) oʻn ikki maqom, soʻngra (16 — 18-asrlar) uning zaminida Shashmaqom, Xorazm va Fargʻona — Toshkent maqom turkumlari shakllanishiga sabab boʻldi. Maqom turkumlari tarkibida oʻnlab cholgʻu ("Saqili Islimxon", "Saqili Ashkullo", "Murabbai Komil", "Saqili Niyozjonxoʻja" kabi) va ashula ("Samandariy", "Karimqulbegi" singari) yoʻllari yuzaga keldi. Bastakorlik sanʼati, ayniqsa, 15 — 16-asrlarda ommaviylashgan: qator shoir, olim va boshqa ayni paytda bastakor ham boʻlgan. Abdurahmon Jomiy "Imoma" naqshi (yoki "Naqshi Mullo")ni, A. Navoiy bir qancha naqsh va peshravlar, Bobur "Chorgoh savti" yoʻllaridagi asarini ijod etgan. Bu davrga kelib bastakorlikning asosiy janr va shakllari, uslub va usullarining rivoji oʻz qiyomiga yetdi. Manbalarda, ayniqsa Darvishali Changiy (16 — 17-asrlar)ning musiqaga doir risolalarida amal, qavl, savt, chorzarb hamda jir, kor, tarona koʻrinishlaridagi oʻnlab asarlarning taʼrifi keltirilgan, bularning har birida ijod qilgan koʻplab bastakorlarning nomlari aytib oʻtilgan. Samarqand, Buxoro, Hirot, Toshkent, Xoʻjand, Qoʻqon, Xiva kabi shaharlarda xonandalik, aksariyatida sozandalik bilan birga oʻziga xos bastakorlik maktablari yuzaga kelgan. Mazkur ijodiy maktablarning yetuk namoyandalari oʻz asarlarida mahalliy folklor (ayniqsa, marosim va lirik mavzudagi qoʻshiqlar), maqom, katta ashula ijrochiligi va ijodkorligiga xos xususiyatlarni singdirishga intilganlar. Bastakorlik ijodi rivojining keyingi bosqichlaridan 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlanish davri diqqatga sazovor. Mazkur bosqichda Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852 — 1936) kabi anʼanaviy uslubda ijod etgan bastakorlar bilan yonma-yon Hamza ham oʻzining qoʻshiqlarini yaratdi. Bu qoʻshiqlarda shoir oʻzbek musiqa merosi tabiati, ohang va usullarini xalqaro, qator sharq xalqlari (ozarbayjon, tatar va boshqalar)ning musiqa folklori xususiyatlari bilan uzviy bogʻladi, marsh, vals kabi janrlardan keng foydalandi. 20-asr boshlarida oʻzbek bastakorlari T.Jalilov ("Dovruq"), Yu.Rajabiy ("Hammamiz", "Chamanzor" qoʻshiqlari) asarlari oʻzbek bastakorlik ijodining bir-biriga ulanib ketishida ijobiy rol oʻynadi. 20 — 30 yillarda taniqli sozandalar — changchi M.Harratov, tanburchi A.Umarov,xonanda K.Otaniyozov, gʻijjakchi M.Niyozovlar ham davr ruhini toʻlaqonli ifodalovchi kuy va qoʻshiqlar yaratishdi. Asrning 2-choragidan bastakorlarimizning Oʻzbekiston musiqa madaniyatiga qoʻshgan hissalari nihoyatda unumli boʻldi. Xususan 30 — 40 yillardan oʻzbek musiqali dramasi va komediyasi shakllanishida, 50 yillarda opera rivojida T.Jalilov va Yu.Rajabiylar hissasi katta. 20-asr oʻzbek qoʻshigʻi taraqqiyoti K.Jabborov, F.Sodiqov, I.Ikromov, N.Hasanov, S.Kalonov, M.Mirzayev, F.Toshmatov, soʻnggi yillarda F.Mamadaliyev, A.Ismoilov, Oʻ.Rasulov, A.Dadayev kabi bastakorlar ijodida shakl topdi. Bastakorlik sanʼati asta-sekin musiqa taʼlimi tizimiga kiritilmoqda, atoqli bastakorlar asarlari nashr etilib, bular ijrosi buyicha maxsus koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda, ayrimlarining ijodiga oid ilk tadqiqotlar yaratilmoqda.
O`zbekistоnda bastakоrlik an’analari juda qadim –qadim davrlarga bоrib taqaladi.Halqimizninig o’lmas musiqa mеrоsiga aylangan maqоmlar, dоstоnlar va bоshqa musiqa namunalari bastakоrlar tоmоnidan yaratilib, “ustоz-shоgird” an’analarida asrlardan-asrlarga еvrоpacha nоta yozuvi kirib kеlgandan kеyin mamlakatimizda kоnsеrvatоriya, musiqa bilim yurtlari va musiqa maktablari оchilib, yukоri malakali ijrоchilar, kоmpоzitоrlar еtishib chiqa bоshladilar. Kоmpоzitоrlarning kеksa avlоd vakillaridan M.Ashrafiy, M.Burhоnоv, S.Yudakov, D. Zоkirоv, T.Jalilоv, YU. Rajabiy, F. Sоdikоvlar, kеyingi avlоd vakillaridan R. Abdullaеv, M. Bоfоеv, M.Tоjiеv U. Musaеv va bоshqalar o`zbek musiqa san’ati dоng’ini оlamga tanitishda о’zlarining munоsib hissalarini qo’shdilar.
Foydalanilgan adabiyotlari
1.Soyibjon Begmatov Bastakorlar ijodi
Dostları ilə paylaş: |