Nizomiy nomidagi tdpu professional ta’lim fakulteti



Yüklə 0,98 Mb.
tarix28.04.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#104106
roxatoy (2)

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU PROFESSIONAL TA’LIM FAKULTETI TMJ-YO’NALISHI 102-GURUH TALABASI ALIMJONOVA ROXATOYNING MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI FANIDAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU O’ZBEKISTONNING YETTI MO’JIZASI

REJA

1.Registon ansambli (Samarqand shahri) 2.I.V.Saviskiy nomidagi san’at muzeyi (Nukus shahri) 3.Toshkent teleminorasi (Toshkenrt shahri) 4.Forumlar saroyi (Toshkent shahri) 5.Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (Samarqand shahri) 6.Ichan Qal’a majmui (Xiva shahri) 7.Go‘ri Amir maqbarasi (Samarqand shahri)

Registon maydoni O‘rta Osiyodagi eng mashxur maskan xisoblanadi. Uning markazida 3 madrasa: Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori me’moriy majmuasi joylashgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalgan. Hukumdor farmonlarinin tinglash uchun shahar aholisi maydonga yeg‘ilgan.

Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi - respublikadagi yirik muzeylardan. Muzeyga Savitskiyning sa'y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san'ati asarlari negizida asos solingan. Muzey xalq amaliy san'ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san'ati, o‘zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlarga ega.

Ushbu teleminora Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrni tashkil etadi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitkazilgan. Toshkent teleminorasi 1985-yilning 15 yanvarida ishga tushirilgan.

Amir Temur hiyobonining maydonida joylashgan Xalqaro forumlar saroyi, bugungi kunda O‘zbekistonning eng muhtasham binolaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Umumiy maydoni 33,7 ming kvadrat metr bo‘lgan bu saroyda davlatlar rahbarlarining uchrashuvlari, turli uchrashuv va tadbirlar, konferensiyalar o‘tkazilad

Siz bilgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi Registonning markazida joylashgan bo‘lib, 1424-1428-yillar mobaynida qurilgan. Ulug‘bek asosiy vaqtini ilmga bag‘ishlab, Samarqandda matematika va astronomiya fanining eng ilg‘or olimlarini to‘pladi va shaharning shimoliy-sharqida rasadxona qurishga farmon beradi. Mirzo Ulug’bek rasadxonasi astranomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy ilmgoh. U yerda olib borilgan kuzatishlar va tadqiqotlar tufayli 1018 ta qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning astranomik jadvali tuzildi. Shu davrda olib borilgan tadqiqotlar asosida matematika va astranomiya fanlariga oid ko’plab nodir asarlar yaratildi

Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Unga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari bo‘lmish madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan Ichan qal’ada joylashgan. Qadimda bu yerda xonlar yashagan. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham shahar o‘z tarixi va go‘zalligini saqlab qolgan.

Ushbu maqbara Amir Temur va Temuriylar avlodlari uchun bino qilingan. Rangbarang mazaykalar, och va to'q ko'k rangli g'ishtdan bunyod etilgan maqbara devorlari kishini hayratga soladi. Go‘ri-Amir maqbarasi quyosh nurida yorqin porlab, ajib ko'rinish kasb etadi

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin