Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2- bosqich 210- guruh talabasi Baxromova Go'zalning Ona tili o'qitish metodikasi fanidan tayyorlagan mustaqil talim ishi ifodali o’qishga o’rgatish



Yüklə 17,12 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü17,12 Kb.
#122094
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlan



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2- bosqich 210- guruh talabasi Baxromova Go'zalning Ona tili o'qitish metodikasi fanidan tayyorlagan mustaqil talim ishi

IFODALI O’QISHGA O’RGATISH.
Ifodali o‘qish. Ifodali o‘qish intonatsiya – ohang yordamida asarninng g‘oyasi va jozibasi to‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. “Ifodali o‘qish adabiyotni aniq va ko‘razmali o‘qitishning dastlabki va asosiy shaklidir.”, deb takidlaydi metodist olima M.A.Rabnikova. Demak “Ifodali o‘qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intinatiya orqali o‘quvchilarga ko‘zgazmali qilib ko‘rsatishdir. Ifodali o‘qishning asosiy tamoyili o‘qiladigan asar g‘oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir.
Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og‘zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg‘u nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig‘indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammmasi birgalikda asarning mszmunini, g‘oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.
O‘quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:

  1. Nutq jarayonida nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri taqsimlay bilish.

  2. Har bir tovushning to‘g‘ri artikulatsiyasiva diksiya (burro gapirish) malakasini egallash.

  3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash.

Bu shartlar faqat ifodali o‘qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham taluqlidir. O‘quvchining har qanday og‘zaki hikoyasi ifodali bo‘lishi zarur.
Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog‘lanadi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o‘z nafasini boshqara olish va ovozdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqa, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‘quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o‘qish (gapirish)ga, nutqda tez, o‘rtacha yoki sekin tempda tanlashga, biror tuyg‘uni ifodalashga o‘rganadilar. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda+ o‘quvchilar pauza va logik urg‘u bilan hamtanishtiriladi.
Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi:
1. Asarning aniq mazmunini tushunish unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g‘oyasini belgilash, ya’ni asarning g‘oyaviy-mavzuviy asosini , uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.
2. Matnning qaysi joyida to‘xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg‘uning o‘rnini, o‘qish tempini belgilab olish.
3. O‘qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta o‘qish.
Asarning mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o‘z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish uchun asarni o‘qituvchining ifodali o‘qishi muhim ahamiyatga ega.
Ifodali o‘qish san’ati va vositalari.
Ifodali o ‘qish alohida san’atdir. U kishidagi nutqiy ko‘nikma va malakalar bilan bog‘liq holda rivojlanib boradi. Hech kim tug‘ma notiq bo‘lib tug‘ilmaydi. Ifodali o‘qishni hamma ham o‘rganishi mumkin. Har bir matnda qanday mazmun aks etgan bo‘lsa, uning o‘ziga xos ohangini ham ifodalash zarur bo‘ladi. Bunda nafas olish, nafas chiqarish, tovushning rang-barangligi, baland-pastligi, talaffuzdagi o‘ziga xosliklar, hatto to‘xtam pauzalar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi. Ifodali o‘qilgan matnni tushunish ham oson bo‘ladi. Undagi har bir bitta sonning ma’nosi, uning nima uchun qo‘llanilayotgani o‘qishda ochiq seziladi. Ifodali o‘qish orqali muallif ko‘zda tutgan maqsad, ruhiyat va kayfiyatni to‘la darajada anglash imkoni paydo bo‘ladi. Uning vositasida asar qahramonlarning ruhiyati kechinmalari ham to‘laroq namoyon bo‘ladi. Xursand yoki hxafa bo‘lgan shod yoki qayg‘urayotgan odamning o‘ziga xos tuyg‘ularini ifodali o‘qish vositasida nozik darajada ilg‘ash mumkin.
Mazmundor va ifodali nutq hamma davrlarda hamma kishilarni o‘ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o‘rin egallab kelgan. Ifodali o‘qish, avvalo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot dastavval xalq o‘gzaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishiga esa og‘zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan. Qoshiq, ertak, doston, qissa kabi o‘gzaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyondasi bir paytning o‘zida ham ijodkor ham ijrochi edi. Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og‘zaki ijoddda qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa yozma adabiyotda ham muhim o‘rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
She’rni o‘qish metodikasi She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi. She’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o‘qitiladi. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda sujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r „biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati „kishining his-tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo‘1 keladi”. She’rni o‘qish darslarida asosiy ish turi ifodali o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o‘qiy oladi. She’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo‘llangan ish turlaridan foydalanish mumkin. Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog‘liq ekanligi unutiladi, she’r ma’nosining satrlar, so‘zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o‘quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag‘zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni uqish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi.
Boshlang'ich sinflarda ko'rgazmali ta’lim ning asosiy shakli she’rni ifodali o'qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o‘qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir etsin. So‘ngra she’rni mustaqil o‘qish topshiriladi. O‘qish oddiy bo‘lishi kerak. O‘qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g‘azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo‘l qo'ymaslik zarur. Bolalar she’rni o‘qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.

Ifodali o`qish muayyan intonatsiya yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Ifodali o`qishning asosiy vazifasi muayyan matnning mazmuni va emotsionalligini ohang orqali tinglovchiga yetkazib berishdir.


Ma’lumki, ifodali o`qiladigan asar matni qanchalik mukammal bo`lmasin, u talqin etilishiga qarab, muayyan ta’sir kuchiga ega bo`ladi, talqin jarayoni esa asarni ifodali o`quvchining jismoniy va ruhiy holatlaridir. Demak, talqin jarayonida ifodali o`quvchining butun vujudi talqin vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ijrochining jismoniy va ruhiy holatini chiniqtiruvchi mashqlar kompleksi nutq texnikasi deyiladi.
Nutq texnikasi, o`z ob’yekti va funktsiyasiga ko`ra to`rt muhim qismga bo`linadi: ovoz, nafas artikulyatsiyasi va diktsiya.
Ovoz inson oily nerv sistemasining mahsuli bo`lib, uning manbai tomoqda joylashgan tovush poychalaridir. Oliy nerv sistemasining muayyan signali bilan tovush paychalari titraydi, cho`ziladi, qisqaradi, g`oyat nafis harakatlar kompleksini bajaradi, natijada tovush paydo bo`ladi, tashqariga chiqqunchga qadar turli qaytargich (rezenator) larga urilib chiqqan tovush ovoz deyiladi.
Nutq so`zlash jarayonida ovozning balandlashi va pasayib turishi modulyatsiya deb yuritiladi.
Ovoz baland-pastligi, yo`g`on-ingichkaligiga qarab tepor, bariton, bas, soprano, metstso-soprano, alt kabi turlarga bo`linadi.
Ovozning nutq, tovush doirasida va muayyan vaqt birligi davomida tovlanishi ohang (intonatsiya) deyiladi.
Nafas nutq texnikasining muhim qismidir. Nafas ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Nafas uch turga – ko`krak, qorin yoki o`rta va diafrag`mal nafas turlariga bo`linadi.
Artukulyatsiya deb, nutq a’zolarining faol, passiv, normal harakat qilinishiga qarab artikulyatsiya yaxshi, yomon, normal bo`lishi mumkin.

Nutq so`zlanayotgan vaqtda nuqsonsiz bo`lgan artukulyatsiya normal hisoblanadi. Ammo ifodali o`qish uchun uning o`zi kifoya qilmaydi. Shunga ko`ra normal artikulyatsiya mashqlar vositasida takomillashtiriladi. Artikulyatsiyani yaxshilash uchun o`tkaziladigan mashqlar artikulyatsion gimnastika deyiladi. Ular quyidagilardir:



    1. Lab mashqlari


    2. Til mashqlari


    3. Jag` mashqlari


Diktsiya nutq mashqlarining talaffuz etish me’yorlaridir. Nutq tovushlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish, talaffuzni aniq va yorqinlashtirish maqsadida uyushtirilgan mashq diktsion mashq deyiladi.


SUR’AT
Nutqning muayyan tezlikda matn mazmuniga mos ravishda aytilishi sur’at deyiladi.


Sur’at uch turga ajratiladi:
    1. o`rtacha;


    2. tezlanuvchan;


    3. pasayuvchi sur’at (o`qituvchi she’riy va nasriy asarlardagi sur’at turlariga amal qilib ifodali o`qib izohlaydi).



TO`XTAM
To`xtam (pauza) ovozning vaqtincha to`xtatish (to`xtab qolish, dam olish, oraliq) bo`lib, bu davrda nutq a’zolari artukulyatsiyadan to`xtaydi va nutq oqimi uziladi. To`xtam davrida nafas olinadi va nutqning navbatdagi qismini talaffuz etishga hozirlik ko`riladi.


To`xtamdan turli maqsadlarda foydalaniladi. Shunga ko`ra u quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. nafasni rostlash to`xtami.

Nutqning bir nafas tugaguncha aytilgan qismidan so`ng yangi nafas olish uchun qilingan to`xtamni nafasni rostlash to`xtami deyiladi. Bu to`xtamda o`pkaga havo olinadi. Shuni ta’kidlash joizki, matnning duch kelgan joyida nafas rostlanmaydi.

  1. mantiqiy to`xtam.

Mantiqiy to`xtam nutqning mantiq tomoni bilan bog`liq bo`lib, so`z guruhlarini bir-biridan aniq ajratish, matnning ma’nosini to`la ochish uchun xizmat qiladi. Bu to`xtam mantiq qonunlariga bo`ysunib, sintaktik talablarga rioya qilinmaydi.

Orazin yopg`och ko`zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh.



  1. ruhiy to`xtam

So`zlovchining kuchli hayajonini, borliq voqea hodisalaridan olgan taassurotlarin ifodalovchi to`xtam ruhiy to`xtam deyiladi. (misollar she’riy va nasriy matnlar asosida keltiriladi).



  1. normal to`xtam.

Ritmik birliklarning bog`lanish o`rniga mos keladigan to`xtam normal to`xtam deyiladi. Normal to`xtam nutqning hajm va ohang jihatidan bir-biriga teng qismlari orasidagi to`xtalishdir. Normal to`xtam she’riy nutqda ko`zlangan mazmunni ohangni yuzaga chiqarishda muhim ahamiyatga ega.

Tog`lardagi qip-qizil lola!

Bo`lib go`yo yoqut payola!

Buloqlardan uzatadi suv!

El ko`zidan qochadi uyqu!





  1. tobe to`xtam

Tobe to`xtam sintaktik tobelik munosabatini ifodalaydi. Odatda, ergash gaplar tobelik to`xtami orqali bosh gapdan ajratiladi: Kimning aravasiga o`tirsang, o`shaning qo`shig`ini ayt.



  1. ogohlantiruvchi to`xtam.

O`zidan keyin nutqqa yangi qism kiritilishini ko`rsatish uchun xizmat qiladigan to`xtam ogohlantiruvchi to`xtam deb yuritiladi. Yozuvda bunday to`xtamni ko`rsatish uchun ikki nuqta qo`yiladi:

Bir qaraysan: bog`u ko`lda qayiqlar suzar,

Qayrag`ochlar soyalarin suvlarga cho`zar.



  1. ajratuvchi to`xtam.

Nutqda ishtirok etuvchi sintaktik birliklarni bir-biridan farqlashni ifodalaydigan pauza ajratuvchi to`xtam deyiladi. Bu to`xtam ikki xil.


  1. Sintaktik birliklarni ajratuvchi to`xtam.


  2. Gaplarni ajratuvchi to`xtam (misollar she’riy yoki nasriy asarlar yordamida keltiriladi).



  1. Kesim to`xtami

Predikativlik aloqasini ifodalovchi to`xtam kesim to`xtam deyiladi:


Uning otasi – tadbirkor.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G 'ulomova, Sharofat Yo ‘ldosheva, Sharoljon Sariyev -Ona tili o’qitish metodikasi Toshkent «NOSIR» nashriyoti 2009

  2. Hozir.org

  3. Wikipediya.uz

  4. Ziyonet.uz


  1. Birlashtiruvchi to`xtam.




O`rnida biriktiruvchi bog`lovchilarni qo`shish mumkin bo`lgan to`xtam birlashtiruvchi to`xtam deyiladi.
Yüklə 17,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin