Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti I bosqich 103-guruh talabasi Mengliqulova Hojaroyning maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish fanidan oraliq nazorat ishi.
1.“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi haqida tushuncha
“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib,
I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1.
Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan.
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.Maktabgacha talim tizimida ushbu dasturni qo’llash umumiy miqyosdagi amaliy tajriba hisoblanadi va ushbu tizimni qo’llashda mamlakatimizdagi boshqa talim tizimlari va ijtimoiy institutlarning integratsion faoliyati zarurdir. Zero bir bolaga yeti mahalla ota-ona degan naql bejizga xalqimiz orasida mashhur emas. Shu nuqtai nazardan “Ilk qadam” davlat dasturining har bir maktabgacha talim muassasasida amaliyotga tadbiq etilishi bugungi kundagi sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni malum tizimga soluvchi omil sifatida faoliyat olib boradi. 2. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni bajaradi. Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi.