Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh .M.Mirziyoev tashabbuslari bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. 3. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi eng avvalo, bolaning kelajagi, taqdiri uchun yuksak mas'uliyatni to'la anglab yetishi zarar. Faqatgina maktabgacha yoshdagi bola rivojining muhim qadriyat ekanli-gini tushunishgina emas, balki bola rivojlanishi qonuniyatlariga doir bi-limlarni ham egallashi juda muhimdir. Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojining uni o'rab turgan atrof-muhit bilan bog'liqligidir.Mazkur qonuniyat o'z navbatida maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisining quyidagi ikkita muhim funksiyasini belgilab beradi: