Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo



Yüklə 104,23 Kb.
səhifə12/13
tarix22.12.2023
ölçüsü104,23 Kb.
#189249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistr-hozir.org

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  1. “О‘zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5611-son, 2019-yil 5-yanvar.


  2. Abduxalikov K.A. Mountain and Mountain Tourism in Uzbekistan: Potential and Development Factors International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2000-005X Vol. 3 Issue – 2019, Pages: 32-35.


  3. “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi Toshkent viloyati bо‘limi hisoboti.




Xulosa
XXI asr, shubhasiz, xalqaro munasabatlarda butun dunyoni qamrab oladigan asr bo‘ladi. Bunday sharoitda integratsiya jarayonini xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren davlatlar davrasini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozasi deb emas, balki ayrim mintaqalarda ham, shuningdek, umuman, butun sayyoramiz ko‘lamida sobitqadamlik, barqarorlikning qudratli omili, deb hisoblamoq zarur.
O‘zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko‘hna karvon yo‘li - Buyuk ipak yo‘lida joylashib, tashqi dunyo (G‘arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo‘nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo‘l ochildi. Endilikda O‘zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integrasiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihani amalga oshirishga qodir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strate­giya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo‘nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investisiyalar oqimi kengayishiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo‘lga qo‘yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqa poydevori barpo etish yo‘lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Chet el investisiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko‘pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko‘lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning tex­nologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xo­rijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda.

Yüklə 104,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin