Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo



Yüklə 104,23 Kb.
səhifə6/13
tarix22.12.2023
ölçüsü104,23 Kb.
#189249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistr-hozir.org

Mustaqil ishi mundarija, kirish qismi, asosiy bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’ladi. Uning barcha qismlari bir biri bilan o’zaro bog’langan va mustaqil ishi mavzusini ochib berish maqsadiga xizmat qilishi lozim.
Amaliy ma’lumotlarni yig’ish, tartibga solish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida mustaqil ishi rejasiga aniqlik kiritilishi yoki u o’zgartirilishi mumkin.
Mustaqil ishini tayyorlashga bo’lgan talablar
Mustaqil ishi hajmi qo’lda yozilgan tekstda 10-25 bet doirasida bo’lishi kerak.
Mustaqil ishi uning rejasiga muvofiq alohida qismlarga (boblar va paragraflarga) bo’linadi. Bu qismlarning nomi qisqacha bo’lib, mazmuniga mos tushishi va tekstga simmetriya ravishda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan yuqoridagi o’ng burchakda raqamlanishi lozim.
Mustaqil ishi quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga olishi lozim:
• titul varag’i;
• mundarija;
• kirish;
• kurs ishining eng muhim masalalarini birlashtiruvchi asosiy qism;
• xulosa;
• foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
• ilovalar.
Mustaqil ishi A4 (210*297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1 yoki 1.5 interval orqali yoziladi va uni yozishda quyidagi hoshiyalar o’lchamiga rioya qilish lozim:
chap hoshiya – 30 mm.
o’ng hoshiya – 15 mm.
pastki hoshiya – 20 mm.
yuqorigi hoshiya – 20 mm.
Mustaqil ishi raqamlash titul varag’idan oxirgi betgacha hamma varaqlarni o’z ichiga olishi lozim. Titul varag’i birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo’yilmaydi. U 1-ilovada keltirilgan shakl bo’yicha to’ldiriladi.
Mustaqil ishidagi barcha illyustratsiyalar (grafiklar, rasmlar, diagrammalar va h.k.) o’z nomiga ega bo’lishi va bu nom uning yuqori yoki past qismiga yozilishi lozim. Barcha formulalar arab raqamlari bilan raqamlanishi kerak. Formula raqami uning to’g’risida varaqning o’ng tomonida qavs ichida ko’rsatiladi.
Mustaqil ishning vaziflari va tashkiliy shakllari
  1. Hujjatlarni yig'ish;


  2. Axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;


  3. An'anaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;


  4. Elektron o'quv adabiyotlari va ma'lumotlar omboridan ma'lumotlar yig'ish;


  5. Internet tarmog'ida yoritib borilayotgan informatsion axborotlardan maqsadli foydalanish;


  6. Qo’shimcha adabiyotlar va manbalar to'plab borish;


  7. Fandan ma'lumotlar omborini tashkil etish;


  8. Mustaqil ishda o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;


  9. O’quvchi tomonidan ishlab chiqilgan g'oyani asoslash va mutaxassis ishtirokida himoya qilish.


  10. Chet tilida nashr etilgan adabiyotlarni yig’ish va uni tarjima qilish hamda undagi ma’lumotlardan mustaqil ishni yosishda foydalanish.





Yüklə 104,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin