Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo



Yüklə 104,23 Kb.
səhifə3/13
tarix22.12.2023
ölçüsü104,23 Kb.
#189249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistr-hozir.org

Kurs ishining maqsadi: “Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish” mavzusini o‘qitishda talabalarning BMI, kurs ishi, mustaqil ishlarning metod va vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
- “Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda” BMI, kurs ishlarini tahlil qilish;
- “Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning” ilmiy-nazariy jihatlarini ochib berish;
- Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda ilmiy maqolalarni ahamiyatini tahlil qilish.
- Bakalavriat talabalarni o’qitishda mustaqil ishlar mavzulari tahlili va mazmuni o’rganish;
- “Pedogogik texnologiya” mavzusida mustaqil ish ishlanmasini ilova qilish;
Kurs ishining obyekti: “Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish” mavzusini o‘qitishda talabalarni tayyorlash BMI, kurs ishi va mustaqil ishlarni tashkil etish.
Kurs ishining predmeti: “Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda” geografiya ta’limida о‘qituvchilarini mustaqil ta’lim mazmuni, metod va vositalari.
Kurs ishining hajmi: kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan bо‘lib, xarita va chizmalar bilan boyitilgan uning umumiy hajmi 46 sahifadan iborat.
I BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA ILMIY TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISHNING UMUM GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
1.1 Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning ilmiy nazariy jihatlari
Geografik fanlar tizimi va uning tarkibiy qismi haqidagi ilmiy qarashlar. Fanning geografiyaiy rivojlanish bosqichlari. Geografik fanlarning tadqiqot ob’ektlari. Tadqiqot predmeti. Geografiya fanida fanlararo yondashishdan foydalanish. Tadqiqot masalalarining qamrovi va xususiyatlari. Geografik fanlarning umumiy fanlar tizimida tutgan o’rni. Geografiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi. Geografiya va ekologiya. Geografiya va statistika. Topografiya va kartografiya. Geografiya va siyosatshunoslik. Geografiya va fizika. Ijtimoiy fanlar va geografiya. Matematika, matematik modellashtirish. Geografiya fanining tarmoqlari va tuzilmalari. Tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy geografiya, siyosiy geografiya. Fanning rivojlanish tarixi. Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlar. Kichik hududlar geografiyasi. Geografik prognozlashtirish. Etnogeografiya. Geografiyada innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Geografik tadqiqotlar metodlarining turlari va yondashuvlari.
Geografik tadqiqotlar olib borish sharoitida zarur bo’ladigan ilmiy-bilish nazariyasi. Geografiyani o’rganish tamoyillari, uslublari hamda ularning xususiyatlari. Geografiya fanining tadqiqot uslublari va yondashuvlari. Geografik tadqiqotlar jarayonida ilmiy va geografiyaiylikka asoslangan xulosalarni chiqarish. Statistik tahliliy ma’lumotlarni jamlash va klassifikatsiyalash, ularni tahlil etish asnosida kartalar va diagrammalar tayyorlash, qiyosiy va ilmiy tahliliy taqqoslash, solishtirish olingan xulosalarni ilmiy ravishda bayon eta olish, statistik tahlil asosida ilmiy asoslangan prognozlar ishlab chiqish, tadqiq etilgan jarayon bo’yicha yig’ilgan ma’lumotlar asosida xulosalash. Mustaqillik sharoitida geografiya fanining metodologik masalalari. O’zbekistonda geografik fanlar tizimi rivojlanishining asosiy muammolarini tahlil etish. Geografik tadqiqotlar asosida respublikamiz hududiy-ma’muriy birliklarini taqqoslash. Tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlarni tahlil qilish va unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi. Tadqiqot olib borishda material yig’ish, tahlil qilish, bir tizimga keltirish. Geografiya fani haqidagi nazariyalar va falsafiy yondashuvlar, geografiya fani tadqiqotlari va ilmiy tadqiqot faoliyatining amalda qo’llanilishi. Tadqiqot jarayonida asosiy birlamchi ob’ektni aniqlash, u bo’yicha zaruriy tekshiruvlar olib borish, kartografik uslublar yordamida jarayonga xos xususiyatlarni ko’rsatish, ilmiy xulosalarini asoslab bera olish, ilmiy tavsiyalarni ilgari sura olish layoqatining mavjudligi, geografik tahlil jarayonida yangi ilmiy qarashlar va yangi g’oyalarni shakllantira olish.
Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning ilmiy nazariy jihatlari 7011101– “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya)” mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilarining geografiya fanining nazariy asoslari va amaliy ko’nikmalari, umumiy ilmiy uslublari, fanning dolzarb muammolari, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo’yicha layoqatlarini aniqlashga mo’ljallangan. Bakalavriatura bosqichida geografik fanlarni o’qitishning ilmiy-metodik muammolarini tadqiqot qilishda zarur bo’ladigan ilmiy-bilish nazariyalari, fanni o’rganish va anglash tamoyillari, tadqiqot uslublarining o’zlashtirganlik darajasini aniqlash. Shuningdek, magistraturaga kiruvchilarni falsafiy, mantiqiy yondashuv asosida fanning asosiy nazariyalarini tahlil qilish, geografik ilmiy tadqiqot uslublar, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari haqida ko’nimalar hosil qilish va tadqiqot natijalarini amalda qo’llay olish malakalari darajasini aniqlash. Geografiya fani yo’nalishlariga xos bo’lgan tadqiqotlar bo’yicha ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan tanishganligi darajasini oshirish. Geografiya va geografiya o’qitish metodikasi fanlarini tadqiq qilishning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiqot jarayonida geografiyaning aniq vazifalarni aniglay olish darajasini, mutaxassislik fani va tadqiqotlar sohasining ilmiy yo’nalishlari, tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalarini o’zlashtira olganliklarini tahlil qilish orqali ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish malakalarining mavjudligi ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini ko’rsatib berish.
Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda mutaxassislik bo’yicha bakalavr ta’lim bosqichida olgan geografik bilimlariga hamda fanlar bo’yicha mustaqil ta’limga tayyorgarlik jarayonlarida, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishi bajarish jarayonida o’rganib chiqilgan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, kartografik, statistik, tizim-tahlil kabi tadqiqot usullari orqali ma’lum bir geografik jarayonni tadqiq qilish va uning kelajak holatini ilmiy prognozlash, ilmiy tadqiqot ishlari va statistik hujjatlar bilan ishlash ko’nikmalarining shakllantirilganligi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqidagi umumiy tushunchalari, ilmiy mushohada qila olish va yangi g’oyalar shakllantira olish qobiliyati, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish mazmuni bilan tanishganligi, tadqiqot natijalarini tahlil qila olish qobiliyatining mavjudligi, fanning ilmiy va ta’limiy xususiyatlarini o’zlashtirish jarayonida o’zlashtirgan bilimlari va malakalarini aniqlashga yo’naltirilgan masalalarni qamrab olgan.
Geografik tadqiqotlar metodlarining turlari va yondashuvlari. Geografik tadqiqotlar olib borish sharoitida zarur bo’ladigan ilmiy-bilish nazariyasi. Geografiyani o’rganish tamoyillari, uslublari hamda ularning xususiyatlari. Geografiya fanining tadqiqot uslublari va yondashuvlari. Geografik tadqiqotlar jarayonida ilmiy va geografiyaiylikka asoslangan xulosalarni chiqarish. Statistik tahliliy ma’lumotlarni jamlash va klassifikatsiyalash, ularni tahlil etish asnosida kartalar va diagrammalar tayyorlash, qiyosiy va ilmiy tahliliy taqqoslash, solishtirish olingan xulosalarni ilmiy ravishda bayon eta olish, statistik tahlil asosida ilmiy asoslangan prognozlar ishlab chiqish, tadqiq etilgan jarayon bo’yicha yig’ilgan ma’lumotlar asosida xulosalash. Mustaqillik sharoitida geografiya fanining metodologik masalalari. O’zbekistonda geografik fanlar tizimi rivojlanishining asosiy muammolarini tahlil etish. Geografik tadqiqotlar asosida respublikamiz hududiy-ma’muriy birliklarini taqqoslash. Tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlarni tahlil qilish va unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi. Tadqiqot olib borishda material yig’ish, tahlil qilish, bir tizimga keltirish. Geografiya fani haqidagi nazariyalar va falsafiy yondashuvlar, geografiya fani tadqiqotlari va ilmiy tadqiqot faoliyatining amalda qo’llanilishi. Tadqiqot jarayonida asosiy birlamchi ob’ektni aniqlash, u bo’yicha zaruriy tekshiruvlar olib borish, kartografik uslublar yordamida jarayonga xos xususiyatlarni ko’rsatish, ilmiy xulosalarini asoslab bera olish, ilmiy tavsiyalarni ilgari sura olish layoqatining mavjudligi, geografik tahlil jarayonida yangi ilmiy qarashlar va yangi g’oyalarni shakllantira olish.
Geografiyada bilishning o’ziga xosligi va tamoyillari. Geografik tadqiqotlarda tarixiy manbalar bilan ishlash. Geografik jarayonlar va ularning mintaqaviy xususiyatlari. Geografik tadqiqotda umumfan uslublari. Geografik tadqiqotlarida maxsus uslublar. Geografiyada matematik uslublar. Geografik tadqiqotlarda fanlararo yondoshuv. Geografiya fani ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish tamoyillari va vazifalari. Tadqiqotlarning ilmiy metodologik jihatlari. Geografik jarayonlarni o’rganishda asos bo’luvchi manbalar xaqida tushuncha. Qadimiy manbalardagi ma’lumotlar bilan ishlash. Statistik ma’lumotlar bilan ishlash. Axborotning xaqqoniyligi va yetishmaslik muammosi. Ilmiy manbalar. Internet axborotlari va ma’lumotlari. Asosiy va qo’shimcha manbaalar. Tadqiqotlarni samarali olib borish muammolari, ilmiy ishlarni yozish usullari. Tadqiqot mavzusini tanlash, mavzuning o’rganilishi darajasini aniqlash, ish rejasini tuzish. Yig’ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va reja bo’yicha joylashtirish. Boblarni tuzish va joylashtirish usullari. Asosiy qismning yozilishi. Kirish va xulosa qismlarining yozilishi. TSitata, izox, ilova va qaydlarni to’g’ri tashkil etish usullari. Foydalanilgan adabiyotlarni matnga qayd etish tartiblari. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxatining tuzilishi. Ishning betlarini raqamlash va mundarijasini to’g’ri tashkil etish. Ilmiy ish annotatsiyasini tayyorlash. Ilmiy tadqiqot natijalari aks ettirilgan ilmiy maqola va tezislar tayyorlash.
Geografiya o’qitish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari va ilmiy tadqiqot bosqichlari, ilmiy tadqiqot o’tkazish shakllari, ilmiy-metodik tadqiqotlarga qo’yiladigan zamonaviy talablar. Sharq va G’arb olimlarining fanni o’qitishga oid qarashlari. O’quv jarayonining axborot ta’minoti va o’qitishning zamonaviy talablari. Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari. Geografiya fanlarini o’qitish bo’yicha qo’llanadigan ilmiy bilish metodlarining ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashdagi o’rni. O’quv mashg’ulotlari turlari va ularning o’quv jarayoniga tatbiq etilishi. Geografiya fanini o’qitishda o’qituvchining ilmiy-metodik, ijodiy yondoshuvi va mahorati. Geografiya o’qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar bo’yicha axborotlar oqimi va ularning tanlanishi. O’quv jarayonini loyihalashtirish, ilmiy-metodik tadqiqotlarda izlanish, qidirish ishlarining tashkil etilishi, ilmiy-metodik tadqiqotlar va o’quv jarayonida ilmiy bilish metodlarining joriy etilishi. Mavjud bilim va ko’nikmalar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini metodik jihatdan tashkil etish masalalari.

Yüklə 104,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin