Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


Artikulyatsion apparat tuzilishi va xarakatchanligini tekshirish



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə11/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Artikulyatsion apparat tuzilishi va xarakatchanligini tekshirish
Nutq apparati tuzilishi va harakatchanligini o‘rganish nutq potologiyasi tahliliga differensial yondashish hamda tuzatuvchi ta’lim yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga imkon beradi. Artikulyatsion apparat tuzilishini tekshirishda quyidagilarni hisobga oldik:

  • Lablar – normada, qalin, ingichka, yoriqliklar bor;

  • Tishlar – normada, yo‘q, orasi ochiq, mayda;

  • Jag‘lar – normada, oldi ochiq prikus, yoni ochiq prikus, progoneya, prorgnatiya;

  • Til – normada, uzun, kalta, yo‘g‘on, ingichka, yuganchaning kalta bo‘lishi;

  • Qattiq tanglay – normada, tor, chuqur, past, yassi, yoriqliklar bor;

  • Yumshoq tanglay – normada, yo‘q bo‘lishi, kalta, ikkiga bo‘lingan.

Artikulyatsion apparat harakatchanligini tekshirishda turli artikulyatsion mashqlardan foydalandik. Jumladan:

  • Lab mashqlari – lablarni kulgi holatiga keltirish, cho‘chchaytirish, tinch holat, lablar vibratsiyasi, lablarni ochish va birlashtirish;

  • Til mashqlari – og‘izni ochib tilni pastki labga chiqarish, tilni tepa labga ko‘tarish, tilni og‘izga tortish, tilni chiqarib navbatma-navbat og‘izni chap va o‘ng tomonlariga tekkazish, tilni chiqazib navbat bilan keng va tor holda ko‘rsatish, til bilan tepa pastki tishlarni yalash;

  • Og‘izni ochish va shu holda 5 sekund ushlab turish;

Arikulyatsion apparat harakatchanligini tekshirishda nutq apparati a’zolarining bir holatdan ikkinchi holatga o‘ta olish qobiliyatini ham tekshirildi. Bunda quyidagi mashqlardan foydalanildi:

  • Til va lab harakatlarini namunaga qarab ketma-ket takrorlash: lablarni cho‘chchaytirish, kulgu holatiga keltirish, tilni chiqarib tepaga, pastga, o‘ngga, chapga harakatlantirish;

  • Tovush va bo‘g‘inlar qatorini bir necha bor takrorlash (ketma-ketligi o‘zgartirib beriladi):

A-I-U; U-I-A; I-U-A;
KA-PA-TA; PA-TA-KA; TA-PA-KA;

  • Jag‘ mashqlari – pastki jag‘ni o‘ng va chap tomonga harakatlantirish;

  • Yumshoq tanglay mashqlari – esnash va yo‘talish imitatsiyalari, “A” tovushni keskin talaffuz etish, unli tovushlarni talaffuz etish (bunda havo oqimining bir maromda chiqishiga e’tibor qaratildi).

Mashqlar taqlid asosida og‘zaki ko‘rsatma bilan bajartirildi.
Nutq apparati harakatchanligini tekshirishda harakatlarning bor yoki yo‘qligi harakatning bajarilish darajasi, harakatni bajarilish sifati, harakatni aniq bajarish ko‘nikmasi, aritikulyatsiya a’zolarini ko‘rsatilgan vaziyatda uzoq vaqt ushlab tura olish qobiliyati, harakatlar sur’ati kabilarga ahamiyat berilib, bolalarni mashqlarni qay darajada bajarganliklariga qarab ball tizimida izoxlaymiz:
4 ball-topshiriqni bajardi;
3 ball-topshiriqni sekin bajardi;
2 ball-topshiriqni xato bajardi;
1 ball-topshiriqni bajara olmadi.

Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin