Birinchi bob bo‘yicha xulosalar Ushbu bobda rinolaliya nutq buzilishini o‘rganish tarixi va rinolalik bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari yoritildi.
Rinolaliya bo‘yicha dastlabki ilmiy ishlar vrachlar tomonidan yozilgandir. Jarroxlar tomonidan og‘iz bo‘shlig‘idagi anatomik nuqsonlarni korreksiyalashdagi qo‘lga kiritilgan yutuqlarga qaramay ularning hech biri faqat operativ aralashuv yordamidagina nutqni fonetik jihatdan yaxshilashda ijobiy natijalarga erisha olmadilar. Uranoplastikaning yagona o‘zigina rinolaliklar nutqidagi manqalanish ohangini bartaraf eta olmasligi amaliyotda tan olingandir.
Rinolaliya nutq kamchiligini o‘rganishda ikkita ya’ni nemis va fransuz oqimlari bo‘lib,ular rinolaliya nutq kamchiligini bartaraf etish bo‘yicha o‘zlarini tavsiyalarini beradilar.Bu oqim bir biriga qarama qarshi fikrlarni bildirmay, balki rinolaliya nutq kamchiligini bartaraf etishning samaradorligini oshiradigan fikrlarni ilgari suradilar.
Rus olimlaridan M.E Xvatsev, F.V.Rau, Z.G.Nelyubova, B.M.Grinshpun,
G.V.Chirkina ishlari xam taxlil etilgan. Bu bobda yana rinolalik boalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari xam ochib berilgan.
II Bob. Rinolalik bolalar nutqining fonetik-fonematik tomonini rivojlanishining o‘ziga xosligi 2.1. Rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqini eksperimental o‘rganish Avvalgi bobda keltirilgan maxsus adabiyotlar tahlili, quyidagilar zarurligiga ishontiradi: birinchidan, rinolalik bolalar nutqining fonetik-fonematik buziganligini har tomonlama, chuqur o‘rganish, ikkinchidan, olingan ma’lumotlardan bu toifa bolalar bilan tashkil etiladigan korreksion mashg‘ulotlarda nutqini rivojlantirish bo‘yicha metodikalar ishlab chiqishda foydalanish.
Tadqiqot maqsad va vazifalariga mos ravishda biz rinolalik bolalar nutqining fonematik – fonematik tomoninin eksperimental o‘rganishni rejalashtirdik. Eksperimentda 10 ta rinolalik bola ishtirok etdi. Eksprimenet Toshkent shahri Yunus – Obod tumanidagi 480 – sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borildi.
Rinolalik bolalar nutqining fonetik–fonematik kamchiliklarni mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish darajasini o‘rganish uchun biz tomondan ta’kidlovchi eksperiment o‘tkazildi.