Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə66/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

AYLANA
(Buysunish-dommintlik) va gorizontal o’q (Do’stona-muxoliflik). Alohida
interpersonal omillar qo’yidagi aspektlarda belgilanadi:
(9-rasm).
1) ichki aylana-adaptiv xulq;
2) o’ta aylana- o’zgalar ta’siri ostida pay do bo’luvchi xulq;
3) tashqi aylana-ekstremal holatdagi xulq. Rasmda raqamlar bilan quyidagilar
belgilangan:
1-rahbarlik qilishga moyillik. O’z ortidan ergashtirish hissining mavjudligi;
2-o’z-o’ziga ishonch, erkinlik hissining mavjudligi;
3-musobaqalashishga istak-hohishning mavjudligi;


4-agressivlik, qatiyatlilik;


5-samimiylik, to’g’ri so’zlik, tanqidiylik;
6-realistik tuyg’ularga ega, o’zini oqlashga moyil, nostandart hatti-harakat qiladi;
7-ehtiyotkorlik, sezgirlik, ziyraklik, kamtarinlik
8-oiladagi deyarli barcha vazifalarni bajarishga moyillik, tobelik xususiyatiga ega.
9-hurmat ko’zi bilan qarash, o’zgalarga mahliyo bo’lish, tobe bo’lish;
10-maslahat so’rashga tayyor, oilada yangilik kiritish istagining kuchliligi, o’z
yordamini ayamaslik, ishonuvchanlik;
11-hamkorlikda ishlashga moyillik, umumiy ishlarda qatnashishga bo’lgan
istakning kuchliligi. Mehribon, muruvvatli, saxiy;
14- dilkash. Sevgiga o’ch, mehribon;
15-yordamga tayyor, olishdan ko’ra berishga moyil;
16- ishni boshqarishga moyil, rahbarlik xususiyatlariga ega;
17- oilada ustunlik qilishga usta, uddaburon, qatiyatli;
18- maqtanchoq, kiborli, izzattalab;
19 - ekspluatatsiya qilishga moyil, barcha narsani inkor va shubha ostiga olishni
yoqtiradi;
20- jazolashni, do’q-po’pisa qilishni, masxaralashni yoqtiradi;
21- agressiv, g’animlarcha ish ko’rishni xush ko’radi;
22- qattiqqo’l, agressiv, cho’rtkesar;
23- barcha narsadan ko’ngli to’lmaydi, agressiv, shubhali hatti-harakatni xush
ko’radi;
24- xavotirli, o’zini qattiq tanqid ostiga oladi, ko’p vaziyatlarda o’zini aybdorlarcha
his etadi;


25- bo’ysunuvchan, irodasiz, subutsiz, bolalariga qattiqqo’llik qila olmaydi.


26- bo’ysunuvchan, gapga kiruvchan, ta’sirchan;
27- sadoqatli, izzatli, farzandlaridan ham shuni talab qiladi;
28-kompromissga moyil, kirishuvchan;
29- hatti-harakatlarida tizimsiz, o’rtoqlashishga moyil;
30-rahmdil, mehribon, muhabbatli;
31- Ma’suliyatli, ekstremal vaziyatda operativ hatti-harakat qiluvchi;
32- Pedant, dogmaga moyil, izzattalab.
O’zgaruvchanlar orasidagi munosabat aylanada kamayuvchi funktsiyani tashkil
etishini ko’zda tutsak, ballar yiьindisi (vertikal o’qdagi) AR omillar dominantalik
qiluvchi indeksda o’z aksini topadi. Aylana markazidan olingan ko’rsatkichlargacha
bo’lgan masofa shaxsning interpersonal xulqidagi adptatsiyaga yoki kam
adaptatsiyaga moyillikni bildiradi.
Yuqorida keltirilgan ota-onalarning interpersonal xulq kategoriyalariga qarab
oilada ular bilan ijtimoiy pedagogik tashxislash ishlarini olib borish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ota-onalarning interpersonal xulqini nafaqat 16 omillik
tizim bo’yicha, balki xulq omillarini sakkiz ko’rgazmali xulq kategoriyalari
bo’yicha ham tavsiflash mumkin. Buning uchun yonma-yon joylashgan qo’shni
omillar bittaga umumlashtirilib, izlanuvchi 8 kategoriyani topish mumkin (rasmga
qarang). Bu oilada ota-onalarni diagnoz qilishda ularing nafaqat intepersonal xulq-
atvorini, balki u yoki bu vaziyatga nisbatan bildirishadigan munosabatini ham
o’rganishga imkoniyat yaratadi. Masalari, AR kodli shaxsning A (dominantalik) va
R (tan olingan mashhurlik) omillari uchun quyidagi xususiyatlar ustunlik qilar ekan:
Hukm, kuch va ambitsiya (tez xafa bo’lish) xususiyatlarini namoyish etishadi.
Adaptatsion shaklda bu inson qobiliyatlariga asoslangan energetik mutasaddi xulq
va obro’ bo’lsa, ekstremal holatda avtokratik, diktat va pedantizmga xos xususiyatni


namoyish etishi mumkin. Bunday tipdagi ota-onalar IJ (harflar aylanadagi xulq


turlariga mansub belgilarni bildirishadi) xulqiga mansubligini namoyon etadi.
Savollar:
1.
Oilaning “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
2.
Oilada sog’lom muhitni tashxis etish qanday tashkil etiladi?
3.
Oilada pedagogik muhitni tashxis etishning o’ziga xosligi nimalardan iborat?
4.
Ota-onalarning interpersional xulqlaridagi asosiy kategoriyalar mazmunini
tasniflang.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin