Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə65/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

MAVZU YuZASIDAN SAVOLLAR: 
1.Tarbiya jarayonida tarbiya tamoyillarining ahamiyati qanday?
2.«Tarbiyaning maqsadga qaratilgan bo’lishi» deganda nimani tushunasiz?
3.Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyilining hozirgi kundagi
ahamiyati qanday?
4.Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadryatlar ustuvorligini ta’minlash nima uchun
zarur deb o’ylaysiz?
5.Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullarga nimalar kiradi?
6.Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash usullariga qo’yilgan talablar to’g’risidagi
fikr bildiring.
7. Individ, shaxs va jamoa tushunchalarini qanday tushunasiz?


8.Jamoaga qanday talablar qo’yiladi?


9.Sinf jamoasini jipslashtinsh va shakllantirish yo’llari nimalardan lborat, deb
o’ylaysiz? Bunda sinf rahbarining o’rni qanday?
10.Jamoa bola tarbiyasiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin?
11.Sinf rahbari o’quvchini va sinf jamoasini qanday yo’llar bilan o’rganishi
mumkin?
12-mavzu: OILARIING TARBIYaVIY IMKONIYaTLARINI TASHXIS 
ETISH. 
Reja:
1.
Oilariing “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati.
2.
Oilada sog’lom muhitni tashxis etish.
3.
Oilada pedagogik muhitni tashxis etish
Tayanch so’zlar: oila, tarbiya, tashxis, imkoniyat, odob, xulq, jamiyat
Oilariing “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati. Oila
jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’inidir. U o’zida oila a’zolarining ehtiyojlari,
qiziqishlari, muayyan tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-
onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat,
mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir
ko’rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Oilalar respublikamiz shahar va
qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlariadi. Ayni
paytda oilaviy hayot va oilaviy tarbiya o’zining milliy xususiyatlariga ham egadir.
Pedagogik tashxislashda oila tarbiyasi o’z milliy va demografik xususiyatlari bilan
bir-biridan farqlariishini hisobga olish zarur.
Oilaviy tarbiyada oilariing moddiy farovonligi, madaniy-ma’naviy saviyasi,
osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi.


Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir


turli hil yondashuvlar mavjud. SHulardan K.Leongard, Myunstenberg, Dembo
Rubinshteyn, Ye.Klimov, I.Grebennikov, A.Q Munavvarov, O.Musurmonovalar
tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma’rifiy
axborotli yondoshuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan kelib
chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma’lum tizim asosida yordam berish
maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar
asosida oilaning bola tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo’linmoqda.
Ma’lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o’z samarasini beradi,
shuning uchun muayyan ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy
pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko’rsatish, ya’ni oilada
valeologik sog’lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to’g’ri tarbiya berish
maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila tashxisi muhim ahamiyat kasb
etadi. Nag bir oilariing ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik
yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega.
Oiladaga sog’lom muhitni tashxis etish. Oilada sog’lom turmush tarzini
saqlashga doir ota-onalarning pedagogik-psixologik tayyorgarligiga bo’lgan
ehtiyojni tashxis etish bo’yicha maxsus amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:
-maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan
holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday
yordamga muhtoj ekanligini belgilash; 1) harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar
orasida oila tashxisini o’tkazishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish,
tahlil etish, ularing tavsifiga ko’ra ota-onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashxis
natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir; 2) tashxis asosida pedagogik
konsiliumlari tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish
ishlari amalga oshiriladi.
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning
psixologik holatini, muhitni o’rganishga doir «Oilada pedagogik muhimi aniqlash»,
«Tipik oilaviy hayot», «Tugallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik rasmi» nomli


mashhur metodikalardan foydalanish mumkin. Oilaviy tarbiyaning o’ziga xosligi


shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi,
uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga
tayyorlaydi.
«Oilaviy tarbiya doimo o’zining murakkab va ko’p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi
bilan ajralib turadi», deb ta’kidlaydi A. Munavvarov. Har bir oila o’ziga xos bir
olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga siьmagan olam, u tarbiya ishida
o’ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o’zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun
ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo’l-yo’riqlari mavjud emas.
Tashxislash jarayonida jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lmish oilarning
vazifalarini ham inobatga olish lozim. Bunda oilarning asosiy vazifalari,
funktsiyalari quyidagilardan iborat ekanligini qayd etib o’tish joiz. Bola maktabga
kelguncha oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir
ko’rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi
vazifalari bolalarning sog’ligini saqlashdir. Buning uchun bola to’yib ovqatlanishi,
gigiena talablariga rioya etishi lozim bo’ladi. Ota-onalar o’zlarining mehnat
faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo’lishlari shart. O’zaro oilaviy
jamoada yaxshi iborali so’zlashuvni tashkil etish lozim. Ota-onalar bolalarnning
maktab-o’quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya
qilsalar maqsadga muvofiqdir:
- bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo’l
qo’ymaslik;
- bolalarning mashg’uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish;
- bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o’rgatish, bolalarning g’ayrat
va chidamliligini oshirish;
- bolalarni vijdonli va rostgo’y bo’lishga, mustaqil ishlarga o’rgatish.
O’zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o’z-o’zini anglash, milliy
tuyg’u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o’z aksini topadiki,


o’zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o’rganishda bularni chetlab


o’tish mumkin emas. O’zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir ko’p
bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo’lishi; qarindoshchilik,
bir necha avlodlarning birgalikda yashashi.
Oiladagi pedagogik muhitni tashxis etish. Oiladagi sog’lom muhit, odamiylik,
insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ota-onaning o’zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g’amxo’rligi oiladagi
farzandlarning munosabatlarini to’g’ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida
muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi
fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro’zg’or yumushlarini o’rgatish ham
lozim. Ota o’g’lida to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik,
saxovatpeshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan
barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statistik ma’lumotlarga
qaraganda bugungi intensiv turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga
yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona 4-5 soat, ish bilan
mashg’ul deb qaraluvchi ota 12 minut, ona 3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan
ko’rinib turibdiki, bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror
topishida yetarli emas. Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki kam
vaqtni egallaydi. SHu sababli bugungi kunda ko’cha bezori, deviant xulqli bolalar
paydo bo’lmoqda.
Ma’lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining
zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar er va xotin, ota-onalar va bolalar,
aka-ukalar va opa-singillar o’rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli
bo’lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va
gunohkorlik to’yg’ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to’la
bo’lishi mumkin. Oilaviy hayotning «qorong’u tomonlari» televidenie va boshqa
ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko’rkam manzaralarga
ziddir. Oilariing buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni
hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o’ziga tortmaydigan ko’pgina salbiy


tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar


xarakteriga ta’sir etadi. O’zining salbiy oqibatlariga ko’ra, oilaviy hayotdagi
agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og’ir holatlar hisoblanadi.
Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o’tkazadigan salbiy ta’sirini baholash
juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o’rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli
ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo’qligiga, bolaning
ajralgan ota-onaga bo’lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko’rishib
turish imkoniyatining bor-yo’qligiga ko’p narsa bog’liq. Bular va boshqa bir qator
omillar bolaning ko’nikish jarayoniga ta’sir ko’rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy
ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish
holatlarining salbiy oqibatlari bolalar uchun nihoyatda og’ir kechadi. Tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so’ng, ko’p hollarda bolalar o’zlariga
kela olmay, xomush yurishadi.
Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo’yicha 1954 yili T.Liri, R.L.Laforje,
R.F.Sucheklar tomonidan ota-onalarning interpersonal xulqini tashxislash
metodikasi yaratildi. Mazkur metodikadan dunyoning ko’pgina rivojlangan
mamlakatlarida hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o’zining dolzarbligini
yo’qotganicha yo’q. Metodika mualliflarining fikricha, ota-onalarning oilada
individual interpersonal xususiyatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, inson doimiy ravishda tevarak-atrofdagilar bilan muloqatda bo’ladi, shu
sababli uning interpersonal xulqini 16 ko’rsatkich bo’yicha turkumlash mumkin.
Buni biz quyidagi chizma orqali tasvirlaymiz.
Ota-onalarning interpersonal xulqlaridagi asosiy omillar
A-ota-onaning oiladagi dominantalik xususiyati-hukm qilishadi; ish joyida
boshqara oladi, rahbarlik qila oladi, mustaqil qaror chiqaradi, o’z bolalarida hurmat
tuyg’usini uyg’otadi;
B-ota-onaning egotsentrik xususiyati-maqtanadi, kiborli, o’z-o’ziga o’ta oro beradi,
qat’iyati, o’ziga ishonchi komil, mustaqil;


S-raqobatlilik xususiyatiga ega, ekspluatatsiya qilishga moyil, ishonchsizlik


bildirishga usta, bolalarida pessimistik to’yg’ulari shakllantiradi;
D-agressiv, kinoyali va kinoyaomuz xulqga ega, kayfiyatli;
E- harakatchan, muxoliflarcha harakat qiladi, ochiq, tanqidiy hatti-harakatga ega;
P –tanqidiy shikoyatchi, jahldor, gina-qudratchi, haqiqatparvar, boshqalarga
o’xshamaydi;
G-shubhachi-ishonchsiz, o’zini o’zgalardan kam biladi, hushyor; Bolalarida
ishonchsizlik alomatlarining paydo bo’lishiga sabab bo’lishadi;
N-kamtarin o’z-o’zini tanqid ostiga oladi, o’zini aybdorlarcha his etadi, xulqida tez-
tez o’zgarishlar seziladi, orqa o’rinda bo’lishni yoqtiradi;
I – o’zini xo’rlangan, qimtilgan etib his etadi, kuchsiz iroda va xarakterga ega, o’z
ishini sidqidildan bajaradi, to’g’ri so’z bo’lishga harakat qiladi, o’zgalar fikrini ustun
qo’yadi; bolalaridan itoatgo’ylikni talab qilishadi;
U-konformli-tez muloqotga kirishadi, kirishuvchan, o’ta mehribon, nazokatga ega,
o’zgalar maslahati va rahbarligini tan oladi, o’zgalar g’alabasini chin dildan qabul
qiladi, bolalarining fikrini inobatga oladi;
K-giperkonfomili-kompromiss (yon berish)ga boradi, yordamga muhtoj,
farzandlarining fikrini tan oladi, ishonuvchan, takallufli;
L- kooperativ-kompromissga boradi, doim ko’chadi, mehribonlikka loyiq, oila
a’zolari bilan hamkorlikda ishlashni xush ko’radi, kirishuvchan;
M-giperafiliativ-do’stona munosabatda ish qilishni xush ko’radi, ko’ngilchan,
yoqimtoy, kirishuvchan, o’ta mehribon; bolalari bilan o’z tenqurlari kabi
munosabatda bo’lishadi;
N-giperprotektiv ota-onalar- yumshoq, o’ta his-hayajonga beriluvchan (ijobiy
munosabatda
bo’lishga loyiq), kirishuvchan, ko’ngilchan. Bolalarining
qiziqishlarini inobatga olishadi;


O-masuliyatli- bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilishadi, yordamga tayyor,


tashabbuskor, o’zgalar g’amini yeydi. Bolalarida ma’suliyatlilik hissini o’stirishga
moyil;
P-avtokratik-hurmat va izzattalab, pedant, dogmaga moyil, boshqaruvchilik
qobiliyatiga ega maslahat berishga usta, o’zgalarni o’rgatishni xush ko’radi;
Tajribalar ko’rsatishicha, har bir ota-ona interpersonal omillarning besh
bosqichini o’z boshidan albatta kechiradi. Ayniqsa, 1,2,5 bosqichlar muhim
ahamiyatga ega. 1-bosqich toifasiga mansub ota-onalar o’zgalar tomonidan qabul
qilingan xulq-atvor normalarini qabul qilishga tayyor kishilar deb baholanadi. 2-
bosqich guruhiga moyil insonlar esa ko’proq yaqin kishilarining ota-onasi, rafiqasi,
qarindosh-urug’i, do’stlari va hokazolarning axloq normalariga bo’lgan qarashlarini
inobatga oladi va mazkur qoidalarga binoan yashashga harakat qilishadi. 5-bosqich
insonlarning idealiga mos ravishda, o’zining axloqiy «Men»ini aks ettiradi.
Kuzatuvlardan aniqlanishicha, omillarning barchasi «Buysunish dominantaligi»
va «Do’stona-Muxoliflik» omillariga aloqador. Bundan shunday xulosa kelib
chiqadiki, barcha interpersonal omillar ushbu to’rtta bosqichga tobedir. Ularning
kombinatsiyasi shaxsning vertikal o’q orqali to’rtga bo’lingan aylanadagi bo’laklar
o’rnini belgilaydi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin