Mavzuni dolzarbligi. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish jiddiy masala bo‘lib, uning huquqiy asosi, amalga oshirish mexanizmlari, iqtisodiy tayanchi qonunchilikda belgilab berilgan. Huquqiy asosiga e’tibor qaratsak, mustaqillikning ilk kunlarida “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlat siyosati tushunchasi nimalarda aks etishini bilsak, asosning muhim ahamiyatini angal olamiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish bu – ta’lim, tarbiya, kasbga tayyorlash, malakasini oshirish, turli yo‘nalishlarni tashkil etib berish, sog‘lig‘ini saqlash, yoshlarni jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni, xususan Konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishda maqbul bo‘lgan sharoitni yaratib berishdan iboratdir. Uning strategik yo‘nalishlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi tabiiydir. Ayniqsa globallashuv jarayonida dunyo hamjamiyatida yoshlarga e’tibor kuchaytirilishi yoki aksincha e’tiborning susayib ketish hollari kuzatilgan. Ayni vaqtda mamlakatimizda e’tibor ortdi. Bu oddiy ko‘rinishi mumkin, lekin yoshlarga oid davlat siyosatini yuritishning strategiyasi, qolaversa yoshlarni baxtli hayot kechirishi uchun uning formulasi ishlab chiqildi. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi tamoman yangi qonun qabul qilindi, unga ko‘ra davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tashkil etilib, davlatning bu sohadagi siyosiy mavqeyi, o‘rni belgilab berildi. Qonunning 4-moddasida asosiy prinsiplar belgilangan bo‘lib, amaliyotda mazkur prinsiplarning to‘laqonli ishlayotganligini bir nechta misollarda ko‘rish mumkin. Masalan, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish prinsipi asosida bugun ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydigan turli markazlar, iqtisodiy forumlarning sanog‘ini sanamasak ham bo‘ladi. Birgina davlat tomonidan rag‘batlantirilib borilishining o‘zi amaliyotda ko‘plab uchraydi.Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;yoshlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qiladi, ularning bandligini ta’minlashda ishtirok etadi;yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha tizimni tashkil etadi;yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, o`qituvchi-pedagogning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Kelajakda buyuk “davlatni sog`lom mafkurali, ma’naviy barkamol avlod barpo eta olishini nazarda tutib, komil insonni tarbiyalash borasidagi izlanishlarni istiqbolda ham davlat siyosati darajasida uzluksiz kuchaytirib borish va umumxalq harakatiga aylantirish” avj olgan hozirgi tarixiy sharoitda bolalikning ilk pog`onalaridanoq yoshlarda ijtimoiy qimmatga ega faoliyatni tarbiyalash, bolalarda o`qish-o`rganishga nisbatan ehtiyojni kuchaytirish, ularni ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilaridan faol sub’ektlariga aylantirish dozarb muammo bo`lib qolmoqda.