Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Ilk o’spirinlik davrida mehnatga munosabat



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə4/5
tarix19.04.2023
ölçüsü46,98 Kb.
#100330
1   2   3   4   5
5-Axmedov Jasur Abdusalom o’g’li 203gr(1)

1.2. Ilk o’spirinlik davrida mehnatga munosabat
O‘spirinlik yoshi o‘qish, mehnat, muloqot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. Ilk o‘spirinlar shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning roli katta. Ilk o‘spirinlar mehnati faqat o‘zining moddiy natija berishi tomoni bilangina muhim emas. Bu yoshdagilarning mehnatini to‘g‘ri tashkil etish shaxsning kollektivizm, umum foydasi uchun qilinadigan mehnatga muhabbat, tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, qat’iyatlilik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi. O‘quvchilar umumiy mehnatda qatnashar ekanlar, mehnatni va mehnat kishilarini hurmatlash tuyg‘usini hosil qiladilar, ularda mehnat qilish ehtiyoji va istagi paydo bo‘ladi.
Mehnat jarayonida o‘quvchilarda yangi tuyg‘ular – o‘z mehnatidan quvonish, yaratilgan narsa bilan faxrlanish tuyg‘usi, ko‘p kuch-g‘ayrat sarflagandan keyin erishilgan g‘alabadan qanoat hosil qilish tuyg‘usi vujudga keladi. Ana shu yangi quvonchli emotsiya o‘quvchini yana bir marta bu tuyg‘ularni boshdan kechirish uchun tag‘in mehnat vaziyatiga jalb qiladi. Mehnatning ijtimoiy ahamiyati va uning natijalariga ijtimoiy baho berish – o‘quvchini mehnatga psixologik jihatdan tayyorlashning zarur tomonlaridan biridir.
Jamoada mehnat qilishda uning tarbiyaviy ahamiyati kuchli bo‘ladi. Jamoaviy mehnat, o‘zaro mehnat ma’suliyati ilk o‘spirin shaxsini tarkib toptirishda katta rol o‘ynaydi.Jamoa bo‘lib mehnat qilish o‘quvchilarning mehnatda hamkorlik va o‘zaro yordam ko‘rsatish tajribasini, bir-birlarini nazorat qilish tajribasini hosil qilishlariga imkon beradi, mehnatning umumiy natijalaridan shaxsiy manfaatdorlikni, o‘z xatti-harakatlarini jamoa manfaatlariga bo‘ysundirish odatini tarkib toptiradi. Ilk o‘spirinlik yoshi – mehnat hayotida o‘z-o‘zini aniqlab olish yoshi bo‘lib, bu vaqtda o‘quvchi o‘zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o‘zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo‘ladi. O‘smirlardan farqli ravishda ilk o‘spirinlar kasbni o‘ylab tanlaydilar, nima uchun shu kasbni tanlaganliklarini asoslab beradilar. Ularning ko‘plari o‘zlarining individual jismoniy va psixik xususiyatlarini biror kasb kishisiga qo‘yiladigan talablar bilan taqqoslamoqchi bo‘ladilar. Buning natijasida ilk o‘spirinlar amaliy jihatdan masalaga yaqinlashib qoladilar va o‘z qiziqishlari hamda imkoniyatlarini hisobga olib, haqiqiy kasblarni tilga ola boshlaydilar. Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik bilan unga bo‘lgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berish birga qo‘shilib ketgan vaqtdagina chin yurakdan tanlangan kasbgina kishiga ma’naviy qoniqish va jamiyatga foyda keltiradi. Ilk o‘spirinlar uchun xarakterli xususiyat – kasblarga keskin tanlab munosabatda bo‘lishdir.Ular ayrim kasblarni yuksak baholaydilar, o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida bu kasblarning ijtimoiy mavqei ulug‘dir. Boshqa kasblarning ijtimoiy mavqei juda past. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O‘spirinlik davriga kelib, juda ko‘p bolalarda o‘z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish ham o‘spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
O‘spirinning o‘quv mashg‘ulotiga munosabati o‘z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan fartaqil hayot bo‘sag‘asida turganliklarini anglaydilar. O‘quvchilarning o‘qishga ongli qarashi kuchayadi, bu qarash bevosita hayotiy ma’no kasb etadi. Ilk o‘spirinlar jamiyatning kelajakdagi mehnat hayotida to‘laqonli ishtirok etishning zaruriy sharti bilim, ko‘nikma va malkalarning mavjud fondi ekanligini, hosil qilingan mustaqil bilim egallash ko‘nikmalari ekanligini aniq ravshan his qiladilar. Bilimlarga ehtiyoj sezish hozirgi vaqtda ilk o‘spirlarning xarakterli xususiyatlaridan biridir.O‘quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o‘zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning o‘qishga munosabati ham o‘zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo‘la boshlaydilar. O‘spirin o‘quvchilarning o‘quv fanlariga munosabatlari quyidagi holatlarga bog‘liqdir:
Shunga ko‘ra har kim qobiliyatiga yarasha kasb-hunar tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan bo‘ladi. O‘spirinlar u yoki bu kasbni o‘z ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, o‘zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat kabi irodaviy hislatlarga ega bo‘lishlari kerak. Mehnat qilishda muqaddas burchni bajarish istagi, maqsadning aniqligi, hunar o‘rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘spirinlar aqliy rivojlanishida tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki inson biron bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak. Tasavvursiz hech qanday ishni to‘g‘ri rejalashtirish mumkin emas. O‘spirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘lsagina, u o‘z hayotidagi idealni tasavvur eta oladi, shunga ko‘ra uzoq va yaqin rejalarini tuzadi. Hozirgi yigit va qizlarni 30-40 yil avvalgi tengqurlari bilan solishtirganda, ularning umumiy saviyalari naqadar o‘sganligini ko‘rish mumkin. O‘spirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng va ko‘pqirralidir. O‘spirinlarning qiziqishlari aksariyat hollarda o‘zi tanlagan kasb va yo‘nalish shuningdek, hayotiy rejalariga asoslangandir. O‘spirinlik yoshiga kelib, yigit va qizlarning dunyoqarashlari yuksak pog‘onaga ko‘tarila boshlaydi. Bu esa o‘spirinning tashki olamni tushunishiga, baholashiga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga yordam beradi. O‘spirinlarning dunyoqarashi endi ularning ilmiy, falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir. Ma’lum bir kasbda faoliyat ko‘rsatishni boshlayotgan o‘spirin unga intellektual, ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. O‘smirlik davrining oxirlari va o‘spirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat ko‘nikma va malakalari rivojlanadi. Bu ko‘nikma va malakalari ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Har qanday kasbiy ko‘nikma va malakalarning o‘sishi, avvalo, o‘spirin intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun ham bu davrdagi o‘spirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. O‘zbekistonda E.G‘.G‘oziyev rahbarligida J.S.Iskenderov tomonidan pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllanishini baholashda test-reyting tizimidan foydalanishning samarali yo‘llari ishlab chiqildi. Pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllanish jarayoni shasxning umumiy yo‘nalganligi, kasbiy ustanovkalari, kasbiy tasavvurlari va imkoniyatlari mutanosibligi omillar asosiga qurilishi tadqiqot davomida dalillandi. Bu yoshdagi bolalar uchun muloqotga kirishish ehtiyojining mavjudligi ham juda muhim, lekin u yetakchi emas, faqat tanlagan kasb va yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ul bo‘lmagan o‘spirinlargina ko‘proq tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu yoshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kattalardek shug‘ullana oladilar.
Ilk o‘spirinlik davrini kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb hisoblash mumkin. O‘zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki noto‘g‘ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o‘spirinlar o‘z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.


Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin