Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


I.Bob Psixoemotsional buzilishlar haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 49,72 Kb.
səhifə3/6
tarix28.04.2023
ölçüsü49,72 Kb.
#104364
1   2   3   4   5   6
farhodovna

I.Bob Psixoemotsional buzilishlar haqida umumiy tushunchalar.
1.1.Hissiyot patalogiyasi
His-tuyg'u (emotsiya) buzilishi uch turga bo'linadi: 1. Maniakal holatida bemorlar kayflari chog" bo'1ib yuradilar, doimo xushchaqchaq, xursand, o'zliaridan o'zlari mamnun bo'ladilar. Bemorlar o'zlariga yuqori baho berib yuboradilar, har qanday ishlarni yengil va oson deb bilishadi. Tasavvurlar tez-tez almashinib turadi. Bemorlar qo'zg'alish holatida juda kam uxlashadi, charchoqni sezishmaydi, serharakat bo'lib qolishadi. His-tuyg'uning shunday yengil darajada buzilishi gipomoniakal aloniat deyiladi. Bu holat maniakal-depressiv psixioz kasalligida uchraydi. 2. Depressiv alomatda bemorlarning harakatlari kam, nutqi sekin, sust bo'lib, dunyo ko'ziga qorong'i bo'lib ko'rinadi. Bundav holatda bemorlarda o'zini o'zi ayblash fikrlari paydo bo'lib, ovqat veyishdan bosh tortib, yaxshi uxlay olmaydilar. Bunday bemorlar o'zini o'ldirishgaeha yetib boradi. Depressiv alomatda g'amginlik holati ertalab kuchli bo'ladi, kechqurun bemorlarning ahvoli biroz yaxshilanadi. 3. Xavotirga soladigan depressiv aloniat. Bunda bemorlarda ma’yuslik ustiga qanday bo'lmasin biror falokatni kutib, xavotirga tushish qo'shiladi. Bemor besaranjom bo'lib, hadeb gapiraveradi. Biror ish bilan shug'ullana olmaydi, ovqat yemay qo'yadi, uxlay olmaydi. Bunday bemorlar xavotirga tushib, o'z-o'zini o'ldirishgaeha yetib boradilar. Bu holat presenil psixoz kasalligida kuzatiladi. Talvasa alomatlari. Talvasa xuruji 2 xil boiadi: 1. Epilepsiya (quyanchiq) talvasalari. Bunday talvasa epileptik tutqanoq deb ataladi. Boshqa kasalliklar — bosh miya jarohatlari, bosh miya qon tomir aterosklerozi, bolalarbosh miya falajligi. miya zaxmida kuzatiladigan tutqanoqlar epileptiform tutqanoq yoki epileptik turdagi tutqanoq deb ataladi. Epilepsiya tutqanog'i va epileptform tutqanoq xuruji tutib c]olgan vaqtda bemor to'satdan o'zidan ketib, yiqilib tushadi, rangi oqarib, so'ngra ko'karadi. Bemor birdan hushidan ketadi va tonik, keyin klonik qaltirash xuruji boshlanadi. Bunda bemorning butun tanasidagi mushaklar vaqtivaqti bilan qisqarib-bo'shashib turadi. Tonik talvasada mushaklar uzoq tortishsa, klonik talvasada esa mushaklar vaqti-vaqti bilan qisqarib, bo'shashib turaveradi. Bemordagi bu holat — talvasa, tonik talvasa 30—40 soniyadan so'ng klonik talvasa bilan almashinadi. Klonik talvasa 1—5 daqiqa 130 davom etadi va shu bilan tutqanoq xuruji tugaydi. Shundan so‘ng bemor uxlab qoladi yoki karaxt bo'lib qayerda yotgani, nima bo‘lganligini anglab yetmaydi. Bunda bemorlarning asab tizimini tekshirib ko‘rganimizda ko‘z qorachiqlarning yorug‘likka javob reaksivasi bodmaydi, reflekslar yo'qoladi. Bemorlar tutqanoq xuruji vaqtida yiqiiib, bar xil shikastlanishlar olishi mumkin. 2. Isterik talvasalar. Bemorlar biror tashqi ta’sirga uchrashi natijasidakelib chiqadi. Bu tutqanoq epilepsiya tutqanog'iga qaraganda sekinroq bo'ladi. Bemor xuruj paytida qulay joyga yiqiladi. Bunda bemorning hech yeri shikastlanmasdan, es-hushini batamom yo‘qotmasdan yiqiladi. Bemorlarni tekshirganimizda ko‘z qorachig'i yorug'likka javob beradi, reflekslar chaqiriladi. Bunday xuruj soatlab davom etishi mumkin, epilepsiya xuruji uzoq davom etmaydi. Isterik talvasada epileptik tutqanoqdagi kabi oldin tonik, keyin klonik tortishishlar bo'lmavdi. Ba’zan ongi torayadi, lekin isteriva xurujida bemor atrofdagilar diqqat-e'tiborini sezsa, isteriya uzoq vaqtgacha cho‘zilishi mumkin. Korsakov (amnestik yoki xotiraning buzilishi) alomati. Bu bemorlarda o‘tmishdagi hodisalar xotirada saqlanib qolgani holda, hozir bo‘lib turgan hodisalarning esdan chiqib qolishi bilan xarakterlanadi. Bemorning xotirasi pasayib ketadi, bugun nima ovqat yegani, kim bilan uchrashganini mutlaqo eslay olmavdi. Berilgan savollarga javob qaytarmaydi, eshitgan savollarini tez unutadi. Bunda bemorlar bir necha daqiqa nima ish qilib turganini esdan chiqarib qo‘yishadi. Bu alomat bosh miya aterosklerozi, qarilik psixozi, bosh miya shikastlanishi, yuqumli kasalliklar va zaharlanishlarda kuzatiladi. Galyutsinator — paranoid alomat. Bunda bemorlarda gallyutsinatsiya va vasvasalar bo‘1ib turadi. Bemorlar ko'pincha kimdir ularni ta’qib qilayotganini, ularga ta’sir ko‘rsatavotganini aytishadi. iVlasalan, bemor devor orqasida boshqa odamlar uni o’ldirish rejasi to'g’risida gapirayotganini eshitadi. Ba’zan bemorlar bundan qochishga urinishadi, eshiklarni bekitib olishadi, boshqalarni yordamga baqirib chaqirishadi. Bu holat shizofreniya, alkogol psixozlari, bosh miya zaxmi va boshqa kasalliklarda uchraydi. Aqli pastlik (tentaklik, esi pastlik) alomati. Bunda bemorlarda aqliy qobiliyatning pasayishi, xotiraning susayishi kuzatiladi. Bemorlar yangi ma’lumotlami qabul qila olmaydilar, eskilarini esa unutib yuboradilar. Zehn va farosat juda pasayib ketadi. Bemorlar oddiy turmush masalalarini ham yecha olmaydilar. Mana shular tufayli ularning yurish-turishi va qiliqlari be'mani bo‘lib qoladi. Bularbosh miyaning organik kasalliklarida uchraydi. Nevrasteniya alomati (nevrotik, astenik). Bunda bemorlar tashqi ta’sirlardan juda bo‘shashib, holdan toyadigan bo‘lib qolishadi. Tashqi ta’sirlar (ovoz, yorug‘lik, issiq-sovuq)ga ortiqcha sezuvchanlik, har qandav hodisalardan ta’sirlanish (xafachilik yoki xursand bo‘lish) jismoniy toliqish oqibatida paydo bo'ladi. Bu holatga tushgan bemorlar tajang, betoqat. tcz charchab qolish. xotiraning susayishi, asabiylashish, jismoniy toliqish, ish va aql qobiliyatining pasayishi va ruhiyatning tez-tez o'zgarib turishi bilan xarakterlanadi. Bunda bemorning uyqusi buzilib turadi, tezda uxlay olmavdi, barvaqt uyg'onib ketadi. Bemorning uyqusi yuzaki, uyqudan keyin odam o‘zini dam olgandek sezmaydi. Kunduz kunlari bemor bo'shashib, mudrab yuradi. Bemorda bosh og‘rishi, saiga terlash, holsizlik, ishtahaning yo'qolishi bo'lib turadi. Bu holat yuqumli kasalliklar, turli xil zaharlanishlardan so'ng va bosh miya aterosklerozi, shizofreniya, surunkali kasalliklar hamda nevrastenivada kuzatiladi. Ipoxondrik (rniyadan ketmaydigan) alomatlar. Bemorlar o ‘z salomatligining ahvolidan xavotirlanib, o'zlaridagi yo‘q kasalliklarni topib, davolanmasam o‘lib qolaman, deb o'ylashadi. Bemorlar ko‘pincha qorin va yuragi og‘rib turishidan noliydi va kayfiyati buzilib yuradi. Shifokor siz sog'lomsiz, hech qanday kasalligingiz yo'q, deb avtsa ham ular ishonishmaydi yoki boshqa shifokorga borib uchrashadi. Ular bu kasallik to‘g‘risida turli xil kitoblarni o'qib chiqishadi. Mivadan ketmaydigan o‘rinsiz shubha, xavotir va qo'rqinchli fikrlar dismorfofobiya deb ataladi. Isteriya alomati. Bemorlar qattiq ovoz bilan yig'lab yoki kulib atrofdagilardiqqatini toitishga harakat qiladilar. Bu holat tezlik bilan ikkinchi bir holatga o'tib turadi. Bemorlar o‘zlarining xatti-harakatlarida aql-idrok bilan ish ko'rmay, balki his-tuyg‘ulariga qarab ish ko‘rishadi. Bemorlar o'zlariga ko‘proq e'tibor berish, atrotdagilardan aj'ralib turish va ko'zga tashlanishga harakat qiladilar. Bunday bemorlar xomxayol bo'lishga moyil bo'lishadi. Tashqi ta’sirlar tufayli talvasa xurujlari tutib turishi mumkin. Bu holat kalla bosh miya jarohatlarida, shizofreniya va zaharlanishlardan keyin kuzatiladi. Bu alomat bosh miya po‘stloq osti sohasining zaiflashuvi natijasida kelib chiqadi. Kandinskiy—Klerambo alomati (ruhiy avtomatizm, tashqi ta’sir, yotsirash, qamrab olish alomatlari). O'z shaxsiy ruhiy jarayonlarning o‘zligiga yoki o‘z shaxsiga tegishlikning yo'qolishi. Ruhiy va jismoniy ta’sir vasvasa bilan birga namoyon bo'ladi. Ruhiy avtomatizm 3 turga bo'linadi: assotsiativ turga mentizm — boshqarib bo'lmaydigan, ixtiyordan tashqari sodir bo'ladigan fikrlar, o'ylar, xayollarning beto'xtov oqishi mansubdir. Xayollar, fikrlar mazmuni juda og'ir bo'lib, ulardan bemorlar qutula olmavdilar, xayol va fikrlarni miyada yig'ib ololmaydilar. Ba’zan bemorlar ko'z oldiga har xil xayollarni keltirib, xuddi ko'rib tuigandek bo'ladilar. Bu fikran ko'rinishlaming mazmuni o'ylangan xayollar mazmuniga mos keladi. Fikr ochiqlik belgisi — bemopga atrofdagi odamlar uning fikrlarini bilayotgandek tuyuladi. Fikrlar jarangdorligi belgisi — bunda bemorning fikrlari ichki nutqqa aylanadi. Bemorning xayol, fikrlari baland tovush bilan chiqayotganday bo'lib, bemorga atrofdagilar ularni eshitayotganday tuyuladi. Mayl buzilishlari. May! instinktiv (tug'ma his-tuyg‘u)lar asosida paydo boladi va shakllanadi. Instinktiv xulq (ovqat qidirish, tashnalikni qondirish, jinsiy juft qidirish) va instinktiv harakatlar (ovqatlanish, ichish, jinsiy aloqalar) tafovut qilinadi. Faqat instinktiv harakatlar, ya'ni tugallash aktlari instinktiv hisoblanadi. Mayl — hayotiy muhim sharoitlarni istashga va ulardan qochishga undaydigan holat bo‘lib, u shu sharoitlarda instinktiv harakat bilan yuzaga chiqaolishi mumkin. Mayl qandaydir bir tug'ma holat emas. Mayl vaqti-vaqti bilan paydo bo'ladi va yo'qoladi. Maylning belgilari, shakli har xil va ko'pincha maylning qondirish tabiatiga bog'liq bo'ladi. Asosiy mayl — ochlik, tashnalik, jinsiy mayl. Eng oddiy ehtiyojlar: uyquga, harakatga bo'lgan ehtiyojlar va boshqalar. Mayl buzilishlari turli-tuman bo'lib, ayniqsa, ovqatga bo'lgan mayl buzilishlari ko'proq uchraydi. Ishtahaning turg'un bo'lntasligi ovqatdan bosh tortish bilan kechadi, bu maylning susayishi bemomi juda holdan toydiradi, bunga anoreksiya deyiladi. Ovqatdan butunlay bosh tortishda zaharlanish vasvasa g'oyalariga yoki shu ovqat yeb bo'lmaydigan mahsulotlardan tayyorlangan, deb ishonch hosil qilishlari mumkin. Ovqatdan bosh tortish depressiv hoiatlarda, stupor, isterivaning har xil turlarida uchraydi. Shuni e'tiborga olish kerakki, ko‘p hollarda anoreksiya himoya qiluvchi fiziologik holat bo‘lib, organizm lining yordamida kasalliklaiga moslashadi va uni yengadi. Hozirgi vaqtda psixiatriya amaliyotida qo'IIanilayotgan ochlik bilan davolash shunga asoslangan. Ovqatga maylning zo'rayishi bulimiya, yeb to'ymaslik akoriya, ko‘p ovqat yeyish polifagiya. Bular progressiv falajlikda, idiotiyada, qarilik psixozlarida va ba’zi nevrozlarda uchraydi. Ovqatga bo'lgan maylning homilador ayollardagidek bo'lishi (kesak, tuz va boshqa narsalarni yeyish) shizofreniya kasalligida uchraydi. Odatda, mayl buzilishlari diensefal sohaning kasalliklarida uchraydi. Bundahech bosilmaydigan tashnalik (polidipsiya, potomaniya). Bu vaqtda bemorlar bir kunda 20 l va undan ko'p suv ichadilar. Bemorlar organizmni sovitish yoki isitishga urinish, uyquchanlik va uyqudan, ovqatdan, suv ichishdan, siyishdan, hojatdan qanoatlanmaslik hamda havo yetishmaslikdan juda qiynaladilar. Bu holat, odatda, qo'rqish hissi bilan kechadi.2



Yüklə 49,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin