Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Turli kasalliklarda psixoemotsional buzilishlar



Yüklə 49,72 Kb.
səhifə4/6
tarix28.04.2023
ölçüsü49,72 Kb.
#104364
1   2   3   4   5   6
farhodovna

1.2. Turli kasalliklarda psixoemotsional buzilishlar
Statistik ma`lumotlarga qaraganda, alkogolizmning o'rtacha umr ko'rish darajasi 15% ga qisqartiradi. Rossiyada har yili alkogoldan millionga yaqin odam vafot etadi. Alkogolizm (surunkali ichkilikbozlik, aroqxo’rlik) tez-tez va ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar iste'mol qilish tufayli paydo bo’lib, unga hirs qo’yish bilan kechadigan surunkali kasallik hisoblanadi. Bosh og’riqqa ehtiyoj, shaxsning o‘ziga xos o‘zgarishi somatik va ijtimoiy oqibatlar bilan o‘tadi. Alkogolizm sabablari spirtli ichimliklar ichishdir. Alkogolizm rivojlanish davrida odamlarga xushchaqchaqlik, ruhiy kayfiyat, ko’tarinkilik, quvnoqlik beradi. Alkogol ichilganda, odamning markaziy asab tizimi faoliyatiga tez ta’sir qiladi, bunda oliy asab faoliyati izdan chiqadi. Ichkilik ichgan odamda diqqat-e'tibor susayib, harakatlarini yo‘qotib qo’yadi. Bunda aqliy ish qobiliyat buziladi, gapirishlar qattiq bo’lib, maqtanchoqlik qiladi. Bularning hammasi oddiy mastlik holatiga olib keladi. Mastlik — bu alkogol bilan o‘tkir zaharlanish bo’lib, spirtli ichimliklarning psixotrop ta’siridan kelib chiqadi. Bu insonning ruhiy, vegetativ asab buzilishlariga olib keladi. Klinik manzarasi. Mastlikning quyidagi turlari mavjud: I. Oddiy mastlik holati bo’lib, uning 3 darajasi bor. 1. Yengil darajasida kayfiyatning ko’tarilishi, tetiklik, mamnunlik, shirixayollar paydo bo’ladi. Bunda nutqning baland bo’lishi, tezlashishi, imoishoralaming jonlanishi, harakatda aniqlikning yo’qolishi bilan xarakterlidir. Bu darajadagi ichgan odamlar bajarayotgan ishning hajmi, sifati pasayadi. Vegetativ belgilardan yuzning qizarishi yoki oqarishi, jinsiy maylning oshishi namoyon bo’ladi. Mastlikning yengil darajasida barcha voqealar bemorning xotirasida saqlanib qoladi. 2. O'rtacha og'ir darajasi ko'tarinki kayfiyat, jahldorlik, tajanglik, xafachilik bo‘lib7 turadi. Mast kishi o'z qobiliyatini yuqori baholaydi, o'z-o'zini tanqid qilish pasayadi. harakatning chuqurroq buzilishi, ataksiya va dizartriya namoyon bo'ladi. Fikrlashning susayishi. nutqning sekinlashuvi, birso'zni qayta-qayta takrorlashi paydo bo'ladi. Bemorning diqqat-e’tibori pasayadi. 3. Mastlikning og'ir darajasi karaxtlik belgilari paydo bo'lib koma holatiga tushadi. Bunda bemorlarda muvozanat buziladi, mushaklar atoniyasi, amimiya, dizartriya belgilari namoyon bo'ladi. Bemorlarda bosh og'riq, bosh aylanish, ko'ngil aynish, qusish, nafas olish va yurak qon-tomir faoliyatida o'zgarishlar bo'ladi. Natijada qo'l-oyoqlaming sovuq qotishi, ko'karib qolishi, haroratning pasayishi, tutqanoq xurujlari paydo bo'lib. ixtiyorsiz tagiga siyib yuborish va axlat chiqishi kuzatiladi. Mastlik holatining bu darajasida kishi xotirasi butunlay saqlanntaydi. II. Oddiy mastlikning o‘zgargan turi asoratli mastlik bo'lib, bunda ruiiiy buzilishlar kuchayib yoki pasayib ketadi. Oddiy mastlikning quyidagi o'zgargan turlari mavjud: 1. Eksploziv turi - mastlikka xos baland kayfiyat kamroq bo'lib, qisqa vaqt bo'ladigan jahldorlik, norozilik bilan almashinib turadi. 2. Disforik turida ruhiy taranglik, g'amginlik, jahldorlik, tushkunlikka tushish, atrofdagi kishilarga xavf solish paydo bo'ladi. 3. Isterik turida harakatning buzilishi bo'lib, qo'llarini qiyshaytirib, bezovtalanadi, bunda o'ziga yengil jarohat yetkazishi, isterik tutqanoq xuruji paydo bo'lishi mumkin. 4. Depressiv turi kayfiyatning pasayishi bo'lib, bemorlar ko'pincha yig'laydilar, g'amginlik, bezovtalanish, o'ziga suiqasd qilish fikrlari paydo bo'ladi. 5. Somnolensiya turida qisqa vaqt ko'tarinki kayfiyatdan so'ng uyqu kelishi va uxlab qolish mumkin. 6. Epileptoid turida epilepsiya xuruji va harakat qo'zg'alishlari kuzatiladi. 7. Paranoid turida harakat va nutq qo'zg'alishi kuchayib, atrofdagi kishilarni haqorat qiladi, urush va janjal qiladi. III. Kasallikka xos mastlik o'ta o'tkir o'tkinchi psixoz bo'lib, spirtli ichimlik ichish natijasida paydo bo'ladi. Hushning qorong'ilashuvi, uyquga ketish, ruhiy yoki jismoniy toliqish bilan kechadi. Bu holat erkaklarda bo'lib, qaltis harakatlar bilan o'tadi va to'liq amneziya bilan tugaydi. Alkogolni tez-tez iste'mol qilish natijasida odam unga o'rganib qoladi va surunkali alkogol kasalligiga olib keladi. Surunkali alkogol kasalligining quyidagi bosqichlari mavjud: 1. Asosiy belgisi ichkilikka xos moyillik (intilish) bo'lib. oddiy ichikilikbozlikdan kasallikka o'tishdan dalolat beradi. Birlamchi ichkilikka moyillik faqat ichkilik ichish bilan o'tadigan marosim paytida paydo bo'ladi. Bemorlar ichkilik ichish maqsadida turli marosimlarni o'ylab topadilar va tezlatadilar. O'zlari esa jonlanib ketadilar. Hamma ishlarni tashlab, ichkilik ichishga shoshiladilar, agar bemorlar oldida to‘siqlar paydo bo'isa, ularning ruhiyati, kayfiyati pasayib, jahllanadilar, qoniqarsiz bo‘lib qoladilar. Birinchi bosqichda bemorlar mast bo'lishlari uchun ichkilik miqdorini 2-3 barobar oshirib ichadilar. Ichkilikka chidamlilikning oshishi qavt qilishning yo'qolishi bilan kuzatiladi va mastlik holatiga olib keladi. Bemorlar bu mastlik holatidagi voqealarni xotirada saqlab qolmaydilar (giyohvand amneziya). 2. Kasallikning birinchi bosqichdagi belgilaming kuchayishi bilan abstinent belgi (bosh og'riq) paydo bo'ladi. Bunda bemorda mastlik tugashi bilan behollik va vegetativ o'zgarishlar kuzatiladi. Bosh og'riq, bosh aylanish, yurak urishi, vuz va ko‘z olmasining qizarishi, tinka qurishi, lanjlik paydo bo'lishi bilan davom etadi. Bu holat kecha-yu kunduz paydo bo'ladi. Agar bemorozgina ichsa, uning ahvoli yaxshilanadi. Alkogolizm rivojlanib borsa, abstinent holati ham og'irlashib boradi. Bunda vegetativ o'zgarishlar bilan birga somatik o'zgarishlar ham qo'shiladi. Bularga yurak qon-tomir urishining buziiishi, ishtahaning kamayishi. ich buzilishi, qayt qilish, qorindagi og'riqlar, asab ruhiy sohasida esa butun tanada titroq, xavotirlik, vasvasalar, o‘z-o‘zini ayblash, jahldorlik, ko'rolmaslik, yomon tush ko'rishlar, gallyusinatsivalar paydo bo'ladi. Abstinent holati 2—5 kun davom etib, bemorlar ertalabdan bosh og'riq uchun ichadilar. Bunda bemorni ichkilik ichishdan to'xtatib bo'lmaydi. Ichkilikka bo'lgan chidamlilik bir necha yil davom etadi. Bemorlarda mastlik holati o'zgaradi, eyforiva davri qisqarib, psixopatsimon holatiar uchraydi. Ichkilikbozlikning doimiy turida bemorlar har kuni hafta, oylar, yillar davomida ko'p ichadilar. Ichkiliklar orasi qisqa bo'ladi. Ichkilikbozlikning davriy turida yolg'on surunkali ichish bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi. Alkogolizmning ikkinchi bosqichida somatik kardiamiopatiya, jigarning yog' bosishi, gastrit va ijtimoiy (oila buzilishi, ish almashtirish) oqibatlar kuchli bo'ladi. 3. Ichkilikka bo'lgan chidamlilikning kamayishi kasallikning 3-bosqichga o'tishini bildiradi. Bunda bemorlar oz-ozdan kun bo'yi ichadi. Bir necha haftadan bir necha oyga cho'ziladi. Ichkilikning birinchi kuni ko'p ichib, oxiigi kunlari esa ichkilikka chidamlilik kamayib boradi. Jismoniy o'zgarishlar yuzaga kelib, butunlay ichmay qo'yadilar. Bemorlar uyatsiz, sharm-hayosiz, urishqoq, yolg'onchi bo'lib qoladilar. Bunda gepatit, yurakdagi o'zgarishlar tuzalmaydigan darajaga keladi. Kasallikning kechishi ichkilik ichgandan uning ikkinchi bosqichi boshlanguncha, 6—7 yil vaqt o'tadi. Bu tez rivojlangan turi hisoblanadi. O'ha rivojlangan turi 7—15 yilgacha, astasekin rivojlangan davrida 15 yildan ko'proq vaqt o'tadi. Davosi. Surunkali alkogolizm uch bosqichda davolanadi: 1. Zararsizlantirish (dezintoksikatsion terapiya). Umumiy davolash 40% 20 ml glukoza bilan 5% 5,0 askorbin kislotasi tomir ichiga 15 kun, unitiol 5% 3—5 ml 6—10 marta mushak orasiga; tiosulfat natriy 30% 15—20 ml 10-15 marta tomir ichiga; natriy xlor 0.9% 1—2 iitrtomir ichiga tomchilatib yuboriladi; gemodez. reopoligukin 400,0 ml tomir ichiga 4—5 kun, magneziy sulfat 25% 5—10,0 ml eritmasiga 40% glukoza qo'shib, tomir ichiga 14 kungacha beriladi. Vitamin Bp 1000 mg, B6 100 mg, nikotin kislota katta dozada beriladi. Abstinent holatlarda va surunkali davrlarda qo‘llaniladi. Abstinent holatida vegetativ astenik asab o'zgarishlarida nootrop dorilar. fenazepam 1—2 mg, seduksen 0,5% 2—4 ml, pirroksin 1—3 ml 2—6 marta qilinadi. Ruhiy o'zgarishlarda aminazin, tizersin, galoperidol, teralin, melleril, depressiyada amitriptilin buyuriladi. 2. Ikkinchi bosqichda davolash kasallikka, ichkilikka movillikni bartaraf etish, bunda psixoterapiya usullari ham qo‘llaniladi. Ichkilikka bo'lgan moyillikni bartaraf etish uchun psixotrop dorilar — karbiden 90—150 mg, neuleptil 30 mg, meleril 150 mg, teralen, etaperazin, pirogenal 250—1500 mpd buyuriladi. Spirtli ichimlikka jirkanchlik hissini uvg'otish maqsadida shartli reflekslarni keltirib chiqarish uchun apomorfinning yangi tayyorlanganidan 0,5% 0,2—1,0 ml gacha teri ostiga yuboriladi. Dori ta’sirida qayt qilish retleksi kuchayadi. Bemorga 30-50 ml spirt ichish tavsiya etiladi. Qayt qilishni kuchaytirish maqsadida qo‘shimcha emitin 0.05 mg, i pekakuana0,25—0,5 mg, mis kuporasi eritmasini 0,5—0,75 mg 150 ml distillangan suvda eritib, ichish buyuriladi. Bemor organizmida ichkilikka nisbatan chidamsizlik hissi uyg‘otiladi. Bunda teturam (antabus) dorisini 0,125-0,5 g dan har kuni 30 kun davomida beriladi. Dorining ta’sirini mustahkamlash maqsadida teturam - alkogol sinamasi qo'yiladi. Bu sinama o'tkazishdan 3—4 kun oldin teturam 1,0 g gacha oshirib boriladi. Bemor ichgandan so‘ng behushlik, yurak sohasidagi og'riq, qon bosimining oshishi, tutqanoq xurujlari kuzatiladi. Bu o'zgarishlarning oldini olish maqsadida, sinov oldidan bemorlarga 8,4% bikorbanat natriy, 10% kalsiv xlor eritmasini 10% glukozada aralashtirib, tomir ichiga yuboriladi. Bemorlarga ichkilikka qarshi chidamsizlikni keltirib chiqarish uchun metronidazol (trixopol) 1000—2000 mg har kuni 3—4 hafta davomida; furazolidon 300—800 mg 10 kun davomida; siamid 50—100 mg 5-6 kun, nikotin kislota 100-400 mg 3-4 hafta davomida berib boriladi. Bu usulni uzoq muddat qo'llash moMjallanganda, mushak ichiga esperal va radeter dorilari jarrohlik yo‘li bilan kiritiladi. 3. Uchinchi bosqichda davolash — natijalarni barqaror qilish, kasallik qaytalanishining oldini olish usullaridir. Bunga psixoterapiya usullari. psixotrop dorilari qo'llaniladi. Kasallik qayta avj olishining oldini olish uchun teturam 0,25—0,75 g, trixopol 0,75—1 g, nikotin kislotasi har kuni 1—3 ov davomida berib boriladi. 1-2 oy origach, bu kurs yana qaytariladi. Alkogol psixozi yoki ichkilik jonsarakligi o'tkir, to‘satdan boshlanadigan, bemorning o'zi va atrofdagilar uchun xavfli kasallikdir. Boshning shikast 1 anishi, yuquntli kasal 1 iklar, uzoq uyqusizlik, og‘ir ruhiy kechinmalar lining paydo bo'lishiga olib keladi. Kasallikdan oldin uyquning buzilishi, bemorning vahimali tushlar ko'rib chiqishi kuzatiladi. Ko'proci crkaklarda nchravdi. Buning kclib chiqishida miyato'qimalari ichkilik ta’sirida zaharlanadi. Unda moddalar almashinuvi buziladi. Alkogol psixozi, asosan, abstinent holatida boshlanadi. Alkogol psixozining klinik manzarasi deliriy, gallyutsinozlar, vasvasalar, ensefalopativa ko'rinishida bo'ladi. Bundan tashqari, psixozlarning aralash va o'zgargan turlari kuzatiladi. Alkogol deliriy (oq alahlash) turi uch bosqichda bo'ladi: 1. Emotsional va harakatlar hayajonlanish, ko‘p gapirish, fikrlar va so'zlarning ko'payishi, imo-ishoralarning kuchavishi, o'ta sezuvchanlik, kayfiyatning tez o'zgarishi, uvqusizlik va vegetativ o'zgarishlar paydo bo'ladi. 2. Yuqoridagi o'zgarishlarga ko'rish illuziyasi va gallyusinatsiyalari qo'shiladi. 3. Tashqi hodisalarga vaqt va joyga bo'lgan mo'ljallarning yo'qolishi qo'shiladi. Deliriy psixozdagi bemorlarda gallyusinatsiyalar hosil qilish, masalan, bemor vumuq ko'zlari ustiga barmoq bilan sekin bosib, ularga harxil ko'rinish gapirilganda, ularda ko'rish gallyusinatsiyasi paydo qilish mumkin. Bemor toza qog'ozda liar xil yozuvlami ko'rishi mumkin yoki uzib qo'vilgan telefon bilan gaplashadi. Deliriyda liar doim titroq, gandiraklash, yurakning tez urishi, ko'p terlash holatlari kuzatiladi. Alkogolli deliriy 2—8 kun davom etadi va chuqur uvqu bilan tugallanadi. Deliriyning quyidagi turlari bor: 1. Gi pnogagik turida uyqu oldidan bemor ko'zlarini yumganda, salmasimon ko'rish gallyusinatsiyalari paydo bo'ladi va bemor ko'zini ochsa, bu holat yo'qoladi. 2. Deliriysiz deliriy (qaltirash alomati)da butun tanada titroq bo'lib, bezovtalik, o'zini yo'qotish, harakatlanish, qayoqqadir chopish holatlari kuzatiladi. 3. Aralash turida sahnasimon ko'rish gallyusinatsiyalari, vasvasa g'oyalari va so‘z, eshitish holatlari kuzatiladi. Alkogolli gallyutsinozlar. Kasallik kechishi o'tkir, o'rtacha o'tkir va surunkali turlarga bo'linadi. O'tkir turi bir necha soatdan birnecha haftagacha yoki 1 oygacha davom etadi. Bu birdan boshlanib, kechqurun yoki tunda uyqusizlik, eshitish gallyutsinozlari kuzatiladi. O'rtacha og'irlikdagi turi bir oydan olti oygacha cho'ziladi va eshitish gallyutsinozlari bo'ladi. Surunkali turi olti oydan oshib ketadi. Bunda eshitish gallyutsinozlari doimiv bo'lib, bemorlar bu ovozlar bilan bahslashadilar, urishadilar, keyinchalik bu ovozlarga ko'nikib qoladilar. O'zlari tinchlanib, keyinchalik ish qobiliyatlarini tiklab oladilar. Alkogolli vasvasali psixozning quyidagi turlari mavjud: 1. Alkogolli paranoid (ta’qib qilish vasvasasi). Bemorda bosh og'rikuchayadi, bezovtalanish, hayajon, qo'rqish, harakat qo'zg'aluvchanligi namoyon bo'ladi. Bemorga har qanday kishi ta'qibchi bo'lib tuvuladi. Те/ orada koTish va eshitish illuziyalari paydo bo'ladi. Bemoriar ta'qibchilardan qochishi voki o'zlariga jarohat vctkazishi mumkin. Kechga borib esa delirioz belgilar, eshitish gallvusinatsiyalari paydo bo'ladi. 2. Rashk vasvasalari ko'proq erkaklarda uchraydi. Bemorlarda o'z xoto'ynash topib olgandek fikrlar paydo bo'ladi. Ular, ko'pincha, dalil va ashyolar qidirib, xotinlarining orqasidan kuzatib, kiyimlarini tekshirib vuradilar. Bemoriar o'z xotinlariga nisbatan tan jarohati yetkazishlari mumkin. Alkogolli ensefalopatiya o'tkir ruhiy o'zgarishlar, somatik (terining oqarib qolishi, ko‘z oqining sarg'ayishi, haroratning ko'tarilishi, yurakning tez urishi, qon bosimining pasayishi, hushdan ketish, jigarning kattalashishi) va asab tizimidagi (titroq, gandiraklash, mushaklar tortishi yoki bo'shashi, nistagm, ko'rishning pasayishi. patologik reflekslarining paydo bo'lishi. ensa mushagining qotishi) o'zgarishlar kuzatiladi. Korsakov psixozi surunkali alkogol psixozida kuzatiladi. Bunda xotiraning pasayishi, jovni. vaqtni, atrof-muhitni bemoriar bilmaydi, konfabulyatsiya va polinevritga xos belgilar paydo bo'ladi. O’tmishda bo'lib o'tgan voqealar esda bo'ladi. kasbga, mehnatga bo'lgan qobiliyat saqlanib qoladi. Alkogol falaji ko'proq erkaklarda uchraydi. Ruhiy o'zgarishlar, fikrlash, bilimlar, o'z-o'ziga tanqidiy qarashlar kamayadi. Eyforiyada hazillar, o'ziga ishonish kuchi yuqori bo'ladi, xotira buzilishlari kuzatiladi. Davosi. Alkogolli psixoz zaharlanish bosqichida bemorlarni davolashda gemodez, reopoligukin 400,0 ml 2 mahal kuniga, 5% 400,0 ml glukoza eritmasini tomir ichiga tomchilatib quyish buvuriladi. 30% 10,0 ml natriy tiosulfat, 5% 5—10,0 ml unitiol, 10% 10,0 ml kalsiy xlor, 25% 10,0 ml magneziy sulfat dorilari tavsiya etiladi. Bemor qo'zg'alganda, seduksen. GOMK; alkogolli vasvasalar, galyusinatsiyalarda aminazin, galoperidol o'rtacha dozada, bular hamma vaqt vitaminlar bilan birga beriladi. Miya shishganda mannit, laziks hamda kokarbaksilaza, askorbin kislotasi, eufillin yaxshi yordam beradi. Jigar zararlanganda metionin, essensial 3-4 mahal buvuriladi. Alkogolli ensefalopatiyada vitaminlar, pirasetam, aminazin, ensefabol, asefenlar bilan birga bosh miyada qon avlanishini yaxshilovchi dorilar — kavinton, stugeron yoki sinnarizin, sermion buyuriladi. Alkogolizmga qarshi davolashni psixoz tugagandan bir necha oydan kevin boshlash mumkin. Giyohvandlik Giyohvandlik zaharli moddalarga organizmning o'rganib qolishi natijasida yuzaga keladi. Giyohvand moddalar, asosan, bir marta iste’mol qilganda kayfberuvchi va surunkali iste’mol qilganda esa jismoniy va ruhiy ko'nikish hosil qiluvchi moddalardir. Giyohvand moddalarni uzluksiz iste'mol qilish giyohvandlikka olib keladi. Giyohvand moddalar iste’mol qilinganda, asosan, asab tizimi faoliyatiga ta'sir qilib, lining ish faoliyatini buzadi. Ya’ni eslash, fikrlash, sczish, gapirish qobiliyatining pasayishiga olib keladi, natijada, ularning ish qobiliyati yo'qoladi. Giyohvand moddalarni qavta iste’mol qilganda, organizmda ruhiy moyillik, ya’ni shu moddalarga nisbatan kayf, mastlik hoiatlari yuzaga keladi. Bunda, ayniqsa, bolalarda o'qishga bo'lgan qiziqish yo'qoladi. Jismoniy moyillik esa organizmning giyohvand moddalarga bo'lgan moyilligi ortishi natijasida, giyohvand modda iste’mol qilmagan taqdirda, organizm me’yoriy faolivat ko'rsatmasligi mumkin. Buning oqibatida qo'l-oyoq bo'g'inlarida, mushaklarda kuchli og‘riq, qaltirash, tirishish hoiatlari bo'lib o'tadi. Bemorlarda bezovtalik, yaxshi uxlamaslik, injiqiik, bosh og‘riq, tez-tez ich ketish, qattiq qo'rquv hoiatlari kuzatiladi. Bu holatlar giyohvand moddalar qabul qilgandan keyin tezda o'tib ketadi. Bu moddalarni surunkali iste’mol qilish natijasida organizmda jismoniy moyillikning kuchayishi, ya’ni o'zini o'zi boshqara olmasligi, nazorat qilishi yo'qoladi. Bundan keyin kayf qilish ucluin entas, balki shu moddalarsiz organizmning me’yoriy faolivat ko'rsatmasligi natijasida tura olmaslik holatlariga olib keladi. Giyohvand moddalarni surunkali iste’mol qilish homilador ayol organizmiga va homilaga zararli ta’sir qiladi. Buning natijasida homila rivojlanishining dastlabki uch oyligida asab tizimi, barcha tana a’zolari va to'qimalari shakllanib borayotgan davrda ularga salbiy ta’sir qilib, tug'rna nuqsonlar paydo bo'lishiga olib keladi. Bunda homila rivojlanishi susayadi, homilaning erta tushishi, o'lik tug'ilishi, bolaning aqliy zaif bo'lib qolishi, mayib-majruh tug'ilishiga sabab bo'ladi. Giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu ijtimoiy: bularga bolalarni oilada noto'g'ri tarbiyalash, tevarak-atrofdagi chekuvchilarning ta’siri va ularga bolalarning qiziquvchanligi, kayfiyatga tez beriluvchanlik hamda turli xil qiyinchilikdan qochishidir. Giyohvand moddalarni uzoq muddat iste’mol qilganda kishi unga o'rganib qoladi. Bemorlar ko'proq og'riq qoldiruvchi dorilar (promedol, morfin, omnopon, barbituratjni qabul qilgandan keyin unga organizm o'rganib qoladi. Agar bemorlar bunday dorilarni qabul qilmasa, organizmda abstinensiya (xumor tutish) belgilari paydo boiadi. Bular bosh og'riq, lanjlik, tajanglik, yurak o'ynashi, kayfiyat va ruhiyatning yomonlashuvi, ich ketish, uyqusizlik va vahima bosish belgilari paydo boiadi. Abstinensiya davrida bemorlar giyohvand moddalarni qo'lga kiritish uchun harakat qiladilar va jinoiy ishlarga ham qo'l uradilar. Ba'zi bemorlar darddan qutulish uchun shifoxonaga yotib oladilar. Og'riqqa chidolmasdan morfin qilishlarini so'raydilar. Vaqt o'tishi bilan morfin miqdori kamlik qiladi va qondirmay qo'yadi. Giyohvandlikka o'rganib qolgan bemorlaming ishtahasi yo'qoladi, terisi quruq, shilviragan, qo'l barmoqlarida titrash (trem or), bo'g'im - mushaklarda og'riq, uyqusi buzilgan, yurakning o'ynab turishi, ish qobiliyatining susayishi va irodaning pasayishi kuzatiladi. Bemorlarda ko‘pincha yolg'on gapirish, kulish yoki vig'lash hamda xotiraning pasayishi namoyon boladi. Nasha chekilganda eyforiya, fikrlashning tezlashishi, hirsning kuchayishi, illuziyalar (kichik ariq xuddi katta ariq bo'lib ko'rinadi), bachkanalik, kulgili holatlar, tashnalik, ochlik paydo boladi. Giyohvandlikda kuchli astcniya — xavotirlanish, mushaklar uchishi, ich ketish, tutqanoq xurujlari, talaffuzning buzilishi, titroq, muvozanat yo'qolishi holatlari kuzatiladi. Toksikomanlar. Bularda tabiiv va sun’iy zaharlovchi moddalarni iste’mol qilish natijasida organizmda shu moddalarga nisbatan moyillik, xumortutish holatlari kuzatiladi. Bu holat ko'pincha psixotrop dorilar bilan uzoq davolangan bemorlarda kuzatiladi. Bu dorilardagi xumor holatlarida bosh og‘riq, bosh aylanish. yurak urishining tezlashishi, titroq bosish, behushlik holatlari, tutqanoq xurujlari va psixoz holatlari kuzatiladi. Psixotrop dorilar uzoq muddat iste'mol qilinganda ularga chidamlilik oshadi, xumor holatlari (qo'rquv, uyqusizlik, ko'p terlash, titroq) paydo bo‘ladi. Miya faoliyatini tetiklashtiruvchi dorilar (kofein) iste’mol qilganda, bemorlarda tetiklashish, kuchga to'lish, yengillashish kabi holatlar kuzatiladi. Bu holatlar qisqa vaqtdan keyin bo'shashish, tushkunlik, bosh og'riq, tananing qaqshashi bilan tugallanadi. Shuning uchun bemorlar qayta shu dorilardan olishga majbur bo'ladilar. Bundan tashqari, bemorlarda vasvasalar. eshitish, ko'rish gallyusinatsiyalari ham kuzatiladi. Parkinsonizmga beriladigan dorilar (siklodol, parkopan, romparkin, artan) ko’p dozada berilib borilganda bemorlarda eyforiya, mastlik, gallyusinatsiyalar boMishiga olib keladi. Bu moddalarning do/.asi oshib ketganda qo'rqinchli ko'rish gallyusinatsiyasi, deliriy yoki ovoz eshitish gallyusinatsiyasi, o‘tkir sezish, ta’qib qilish vasvasasi bilan o'tadigan psixozlar kuzatiladi. Xumor holatida qo'l va tananing titrashi, mushaklardagi og’riq hamda tortishishlar, yurakning tez urishi, bo‘g‘im va umurtqa pog'onasidagi og'riqlar, xavfsirash, qo'rqish belgilari namoyon bo'ladi. Benzin, bo'yoq, lok erituvchilar, yelimlar, kremlar ko'pincha hidlaganda natasyo'li orqali o'tkir zaharlanishga, mastlik holatiga olib keladi. Bunda eyforiya, gallyusinatsiyalar paydo bo'ladi. Agar bemorlar bu moddalarni 2—3 kun iste'mol qilmasa, yurak o'ynashi, qon bosimining o'zgarishi, qo'l titrashi, qovoq uchishi, tanada shishlar paydo bo'lishiga olib keladi. 5—7 kunga kelib esa depressiya, apatiya, bo'shashish, astcniya belgilari uchraydi. Davosi. Kasallik 3 bosqichda davolanadi. 1. Organizmdagi zaharli toksinlarni suyuqliklar quyish natijasida chiqarib yuborish, organizmni umuman mustahkamlash va tetiklashtirish, giyohvand moddalar qabul qilishni to'xtatish. 2. Giyohvand moddalarga qarshi qaratilgan usullar. 3. Xumor holatini to'xtatib turuvchi davolash usullari. Xumor holatlarida tinchlantiruvchi dorilardan pirroksan buyuriladi. Bu uyqusizlik va giyohvand moddalarga bo'lgan intilishni kamavtiradi. Dori 5— 7 kun davomida beriladi. Xavotirlanish, xavfsirash, qo'rqish, uyqusizlikda hamda vegetativ o'zgarishlarda elenium, seduksen, sibazon, relanium, rudotel, qoMlaniladi. Depressiyada tazepam, nozepam, frenalon, galoperidol; giyohvand xumor holatida sulfazin 5,0—10,0 ml 2—4 kun 1 marta kuniga, 5-6 marta takrorlash kerak. Pirogenal 250—1000 mpd kunora, tiosulfat natriy 30% 5—10,0 ml, magneziy sulfat, unitiol, vitaminlar; astenik holatlarda kalsiy glitserofosfat 0,2 g, fit in 0,25 g 3 mahal ichish uchun beriladi. Bezovtalik, uyqusizlikda tizersin, dimedrol, pi pollen hamda 2,5% 1,0-3,0 ml aminazin 5—7 kungacha har kuni beriladi. Bundan tashqari, elektr uyqu, psixoterapiya, oyoqlami iliq suvda ushlab turish yaxshi natija beradi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tamaki chekish (kashandalik). Eng ko‘p uchraydigan hamda butun dunyo bo'yicha keng tarqalgan, ko‘pgina xalqlarning kundalik turmushiga singib ketgan zararli odat. Chekish erkaklarva ayollarorasida hamda hozirgi davrda ko’proq yoshlar va bolalarda ko’proq uchramoqda. Chekishning xotinqizlar orasida odat boMishi bu aholi o'rtasida har xil nasi va irsiy kasalliklarning ko’payishiga olib kelmoqda. Tamaki chekkanda organizmga o’tadigan zahar bu nikotindir. Chekish vaqtida organizm nikotinga astasekin o'rganib boradi va kashandalarda o’tkir zaharlanish hollari yuz bermaydi. Nikotin eng avval asab tizimiga ta’sir qiladi. Chekishga birinchi marta uringan kishilarda chekkan vaqtida birdan ko'ngil aynish, qusish, bosh aylanish, bosh og’riq, quloq shang’illashi, yurakning tez urishi, badanni sovuq ter bosish, teri rangining oqarib ketishi, uxlab qolish hamda holsizlanish belgilari namoyon bo’ladi. Tamakini chekib yurgan kishilarning ttafas a’zolari. yurak qon-tomir tizimida, oshqozon-ichak yoMlarida bir qancha kasalliklar paydo bo'ladi. Chekish kasalliklarni og'irlashtiradi va Lining sog'ayishini kechiktiradi. Chekish ateroskleroz, yurak sanchig'i, infarkt miokardning avj olishiga olib keladi. Yurak ishemik kasalliklarining boshlanishida muhim ahamiyatga ega. Kislorod kelib turishi va uning gemoglobin bilan birikishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun to'qimalarda kislorod o'tishi kamayadi. Surunkali bronxit kasalligining ko'payishiga olib keladi. Chekadigan kishilarda oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi chekmaydiganlarga nisbatan ikki baravar ko‘p uchraydi.. Ayollar homiladorlik davrida cheksa, nikotin homilaning rivojlanishiga ta’sir qilib, homilaning erta tushishi, o‘lik tug‘ilishi va homila rivojlanmay, mayibmajruh tug'ilishiga olib keladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, chekish odat bo'lgan mamlakatlarda, saraton kasalligi ko‘p uchrab, o‘lim hollari tobora ko'paymoqda. Chekadigan kishilar yon-atrofdagi odamlarga ham zararli ta'sir ko‘rsatadi. Tamaki tutuni ta’siridan yurak sanchig'i boshlanib qolishi voki astmasi bor bemorlarning nafasi qisilib qolishi rnumkin. Davosi quyidagilardan iborat: 1. Nikotin abstinenlini bartaraf elish va tamaki hidiga salbiy reaksiya hosil qilish. 2. Qolga kiritilgan natijalarni mustahkamlash va quwatlab boruvchi doriiami davom ettirish. Chekish to'xtatib qo'yilganda abstinensiya belgiiari: odamning aqliy va jismoniy ish qobiliyatining kamayishi, lanjlik, xafachilik, uyquning buzilishi, tajanglik, bosh og‘riq, quloq shang'illash holatlari. Chekuvchilarda bu holatlar chekkan vaqtda o'tib ketadi. Chekishni tashlayotgan kishilarga dorilar bilan psixoterapiya, refleksoterapiya, fizioterapiya usullari birgalikda qo'llaniladi. Dorilardan tabeks, lobesil, pilokarpin bcriladi, bu dorilar nikotin xumorini kamaytiradi. Tamakiga bo'lgan maylni bosish uchun seduksen, tazepam, fenazepam, etaperazin, neuleptil, teralen buyuriladi. Bular bilan birga neyroleptiklar berish yaxshi samara beradi. Lanjlik holatlarida esa vitaminlartavsiya etiladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, chekuvchilarning aksariyati bu odatga hech qachon berilmagan odamlarga qaraganda 10-15 yil kamroq yashaydi.Birgina Rossiyada har yili 350 mingdan ortiq odam tamakidan vafot etadi, bunga faol chekuvchilar ham, tutun hidini nafas olishga majbur bo'lgan passivlar ham kiradi.3



Yüklə 49,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin